O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi o‘rta maxsus professional ta‘limning



Yüklə 2 Mb.
səhifə245/286
tarix16.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#182976
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   286
Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING

        1. - FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo‘yicha KASB KASALLIKLARI

NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI


Kvalifikatsiya raqami va nomi:

5.71.01.01. Umumiy amaliyot feldsher –


akusheri.


O‘quv rejadagi tartib raqami:

3.26



Ajratilgan auditoriya soat:

54



Toshkent 2021 yil

Tuzuvchi:

D. A. Jabborova


2 – Respublika tibbiyot kolleji “Gigiena” kafedrasi


mudiri

Taqrizchilar:

T.J. Kamolov


YUnusobod tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi saqlash xizmati bosh


shifokori

F.I. Salomova


TTA “Atrof-muhit gigienasi” kafedrasi mudiri



          1. O‘quv dasturi umumiy talablari




Dastur nomi


Kasb kasalliklari


Ajratilgan soat


54


Mavzular soni


9


Dasturning maqsadi

Kasb kasalliklari fanini o‘qitishdan maqsad – o‘quvchilardan kasb kasalliklari fani bo‘yicha mutaxassislik amaliyotida kerak bo‘ladigan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va kasb kasalliklarini oldini olish bo‘yicha profilaktik usullarni egallagan yuqori malakali – sanitar vrach va epidemiolog yordamchisi tayyorlashdan iborat.




O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

Ish joyida zararli omillarning ta’sirida ishlovchilar orasida yuzaga keladgan kasb kasalliklarini aniqlash, oldini olish usullarini, sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari tuman va tarmoq Sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligini saqlash xizmati markazlarida ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini sanitariya holatini o‘rganish, gigienik


baholash va profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini olib borish kabi bilimlari shakllanadi.


Bilimlar
  • kasb kasallklarining nazariy etio-patogenetik asoslar kasb kasalliklarining barvaqt ko‘rinishlarini aniqlash usullari va dagnostikasi;


  • ko‘p uchraydigan kasb kasalliklarining tasnifi asosiy ko‘rinishlari;


  • kasb kasalliklarida etiotrop, antidot va boshqa davolash usullari;


  • kasb kasalliklarida bemorlarning mehnat layoqati ekspertizasi;


  • kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan texnologik, sanitar- gigienik va tibbiy profilaktik chora-tadbirlar;


  • bemorning kerakli hujjatlar to‘plami, davolash rejasini belgilash va mehnat layoqatini to‘g‘ri ekspertiza qilish, olingan ma’lumotlarni sanitar vrach bilan birgalikda taxlil qilish.




Ko‘nikmalar
  • kasb kasalliklarining umumiy diagnostik usullari;


-.kasb kasalliklarini oldini olishda profilaktik tibbiy ko‘riklar, normativ hujjatlarni to‘ldirish;


  • kasbiy kasallik varaqasini to‘ldirilish qoidalari;


  • nogironlik guruhlarini aniqlash;


  • kasb kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni sog‘aytirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;


  • pnevmokonioz, bronxitlar, bronxial astma, ishlab chiqarish angio-, tayanch-harakat apparati, vibratsiya (tebranish), koxlear nevrit, terining kasbiy kasaliklari, simob, qo‘rg‘oshin va uning birikmalaridan, organik eritmalaridan, pestitsidlardan o‘tkir va surunkali zaharlanish ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, tashxisi, mehnat ekspertizasi;


  • kasb kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarni ishlab chiqish;


  • dastlabki va davriy profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish va nazoratini o‘tkazish.







Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin