O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

 
SIOFORNING TA`SIR MEHANIZMI 
Sioforning ta’sir mexanizmi. 
Qari va keksalarda insulinoterapiyaga o’tish hamma vaqt katta javobgarlikni talab qiladi, 
chunki tashqaridan yordam, parhezga amal qilish va ovqatni regulyar qabul qilish –
xxxxxhavfli asorat-gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uy 
sharoitlarida glikemiyani bemor o’zi mustaqil yoki qarindoshlari yordamida nazorat qilish 
muhimligini tushuntirish kerak. Insulinoterapiyaga ko’rsatma bo’lib qari va keksa qandli 
diabet bilan og’rigan bemorlarda quyidagilar hisoblanadi: 
-ketoatsidoz, prekoma, giperosmolyar va laktatatsidotik koma 
-qandli diabet dekompensatsiyasi 
-dietoterapiyaga (rezistentli) va PSP ga rezistentlik 
-ifektsion kasalliklar 
-xirurgik aralashuvlar va travmalar 
-jigar va buyrak funktsiyasining og’ir buzilishlarida 
-trofik yaralar 
-og’ir polineyropatiya va retinopatiya 
-oshqozon-ichak buzilishlari, qusish va ich ketishlari bilan birga kuzatilganda
-o’tkir, makrovaskulyar asoratlar (insult, miokard infarkti, gangrena va boshqalar). 
Hozirgi vaqtda insulinning turli ko’rinishlari mavjud: sintetik qisqa ta’sirli odam insulini, 
uning ta’siri 2-5 soatdan so’ngdan so’ng cho’qqiga chiqadi, ta’siri 8 soat davom etadi:oraliq 
ta’sirga ega bo’lgan insulin, masalan NPX 4-12 soat ta’siri cho’qqiga chiqadi, uzoq ta’sir 
qiluvchi insulin, (ultralente) 24 soat ta’sir qiladi. Odam insulini preparatlari-qisqa ta’sirli 
insulin 
va 
NPX 
insulinini 
saqlovchi 
tayyor 
eritmalar 
ko’rinishida 
chiqariladi.
Yengil anoreksigen 
ta`sirga ega 
XS va TG darajasini 
kamaytirib, ularning 
ichakda so`rilishini 
kamaytiradi 
Siofor 
Insulin 
ta`sirini 
kuchaytiradi insulinga 
to`qima 
retseptorlari 
sezuvchanligini 
noshiradi 
insulin 
rezitsentlikni 
kamaytiradi. 
To`qimalarda 
glyukoza 
utilizatsiyasini 
yaxshilaydi 
jigarda 
uning x.b. tormizlaydi. 
Boshqa 
barcha 
BGlarga 
nisbatan 
gipogilikemik xolatiga 
kamroq olib keladi. 


74 
Insulin farmakokinetikasi. 
Insulin turlari 
Ta’sir boshlanishi,soat Ta’sir kuchayish 
vaqti,soat 
Ta’sir 
davomiyligi,soat 
Oddiy tez ta’sir 
qiluvchi insulin 
0,5 
2,5-5 

NHP ning oraliq 
ta’siri 
1,5 
4-12 
24 
70% NHP,30% oddiy 
0,5 
2-12 
24 
Uzoq ta’sirga ega 
bo’lgan (insulin 
ultralente) 

10-30 
36 
Hozirgi vaqtda qari yoshdagi bemorlarda insulinni 0,2dan 0,5 ED/kg tana vaznigagacha 
bo’lgan dozasidan boshlash tavsiya etiladi. Yoshga, asoratlar borligiga , interkurrent 
kasalliklar va metobolik nazorat darajasiga qarab dozalar individual tanlanadi.Unga yuqori 
bo’lmagan giperglikemiya kuzatilgan bemorlarda boshlang’ich davo maqsadida insulinni 
sutkalik dozasini 1 in’ektsiyada yuborish tavsiya etiladi. Agar bemorda och qorinda yuqori 
giperglikemiya kuzatilsa, NPH insulini uyyyqudan oldin (0,2ED/kg tana vazniga) yuboriladi. 
Ayrim holatlarda NPH ning kechki in’ektsiyasini sulfonilmochevinaning maksimal sutkalik 
dozasi bilan birga kombinatsiya qilib yuborish mumkin; Bunday kombinatsiya tana vazni va 
giperinsulinemiyani oshishiga olib keladi. Agar och qorindagi giperglikemiya kasallik klinik 
ko’rinishida asosiy symptom hisoblanmasa, NPH insulini nonyshtadan yarim soat oldin (0,2 
dan 0,5 ED/kg tana vazniga) buyuriladi, past giperglikemiyali kasallarda eng past dozadan 
boshlab bemorning mustaqil glikemiya nazorati ko’rsatkichlariga mos ravishda har kuni 
dozasini 10-20%ga oshirish kerak. Peroodik ravishda qisqa ta’sirga ega bo’lgan insulinning 
ko’p bo’lmagan miqdorini nonushtadan so’ng giperglikemiya nazorati uchun (20-30% umimiy 
dozadan) qo’shib boriladi. Qari bemorlarda quyidagi insulinteapiya sxemasi, ya’ni kuniga 
insulinni 2ta in’ektsiyasi rejimi qo’llaniladi. Bu rejimda NPH 1ta insulini yoki qisqa insulin 
bilan birga nonushtadan va kechki ovqatdandan yarim soat oldin yuboriladi. Sutkalik dozasini 
0,2ED/kg( tana vazniga) dan boshlash kerak, kechki va ertalabki dozalar o’zaro nisbati 50:50 
yoki 60:40 ga teng bo’ladi. Qari bemorlarda ko’pinch tayyor aralashmalar qo’llaniladi, chunki 
ularni ishlatishda qullayliklar mavjud.(shprits-ruchka). Bu insulin preparatlari qo’llanilganda 
gipoglikemiya kam uchraydi, lekin uning sutkalik ehtiyoji oshishi mumkin, bu esa tana 
vaznining oshishiga va pyeriferik giperinsulinyemiyaga olib keladi. Ayrim hollarda ko’p 
martalik insulin in’yektsiyalar ryejimi qo’llaniladi.. Bu qaror bemorga bog’liq bo’lib, 
individual ravishda qabul qilinadi. Har asosiy ovqat qabul qilingandan oldin qisqa ta’sirli 
insulin yuboriladi, 1ta NPH in’ektsiyasi-kechqurun yuboriladi. Insulinoterapiyaning 4 martalik 
rejimi 3ta pryeprandial qisqa ta’sirli insulin va 1ta NPH in’yektsiyasini (uyqudan oldin) o’z 
ichiga oladi. 
Boshlang’ich sutkalik doza 0,3 Ed/kg tana vazniga tyeng bo’lib, kyeyin doza pre va post 
prandial glikyemiyaga mos ravishda tanlanadi.
ularni ishlatishda qullayliklar mavjud.(shprits-ruchka). Bu insulin preparatlari qo’llanilganda 
gipoglikemiya kam uchraydi, lekin uning sutkalik ehtiyoji oshishi mumkin, bu esa tana 
vaznining oshishiga va pyeriferik giperinsulinyemiyaga olib keladi. Ayrim hollarda ko’p 
martalik insulin in’yektsiyalar ryejimi qo’llaniladi.. Bu qaror bemorga bog’liq bo’lib, 


75 
50% sutkalik doza NPHga to’g’ri kelsa, 50%i qisqa ta’sirli insulinning 3ta in’yektsiyasiga 
bo’linadi, u asosiy ovqat qabul qilishdan oldin 12, 18, 20% nisbatlarda (nonushtadan, tushlik 
va kyechki ovqatdan kyeyin) qabul qilinadi, kyeyinchalik glikyemiya darajasiga mos 
ravishda o’zgarishi mumkin. Insulinoterapiyaning istalgan rejimi, qari bemorlarda ularning 
individual ehtiyojlariga mos va chuqur qayta ishlovdan o’tgan bo’lishi kerak. Har doim eng 
oddiy rejimni tanlash kerak, biroq og’ir holatlarda ko’p martali in’ektsiyalar rejimi ham 
buyuriladi. 
Qandli diabetning kompyensatsiya kriteriyalari (mmol/l). 
Ko’rsatkichlar 
Yaxshi 
O’rtacha 
Salbiy 
Och 
qorinda 
glikemiya 
4,4-6,7 
<7,8 
>7,8 
Ovqatdan keyingi 
glikemiya 
4,9-8,9 
<10 
>10 
HbAlc 
6%(<7,5%) 
aglyukozuriya 
Qandli diabet kompenstsiya kriteriyalari % 
Tekshirish vaqti 
Glyukoza darajasi 
Ideal 
Mumkin bo`lgan 
Nonushtadan oldin och 
qoringa 
70-90 
70-110 
Kun davomida ovqatdan 
oldin 
70-105 
70-130 
Ovqatdan keyin 1 soat 
o`tganda 
100-160 
100-180 
Ovqatdan keyin 2 soat 
o’tganda 
80-120 
80-150 
Diabetda favqulodda holatlar. 
Giperglikemiya 
(qonda glyukoza miqdorinnig oshishi). 
Sabablar: ortiqcha ovqat eyish, insulin va diabetga qarshi boshqa dori vositalar dozasining 
etarli emasligi, kasallik, stresslar. 
Kasallik boshlanishi: sekin-asta, diabetik komaga o’tishi mumkin. 
Simptomlari 
1.
tez-tez siyish; 
2.
ko’rishning buzilishi; 
3.
terining qurishi; 
4.
uyquchanlik; 
Nima qilish mumkin? 
1.Glyukozani qondagi miqdorini tekshirish. 
2.Agar glyukoza miqdori 200mg/gl dan yuqori bo’lsa va 2kun davomida bu daraja saqlansa. 
Gipoglikemiya 


76 
(qonda glyukoza miqdorining kamayishi). 
Sabablari: etarlicha ovqatlanmaslik; insulin va diabetga qarshi boshqa preparatlar dozasini 
oshirish. 
Kasallik boshlanishi: birdan; gipoglikemik shok yoki hushdan ketish rivojlanishi mumkin. 
Simptomlari: 
1.titroq. 
2.yurak urib ketishi. 
3. terlash. 
4. bosh aylanishi. 
5.bezovtalik. 
6.ochlik hissi. 
7.ko’rishning buzilishi. 
8.tez charchash. 
9.bosh og’rig’i. 
10. ta’sirchanlik. 
Nima qilish mumkin?-Yarim stakan yoki oddiy alkogolsiz ichimlik yoki 1stakan sut, yoki 1 
nechta yumshoq konfetlar (shokolad bo’lmasligi kerak). 
Keyin 30 minut davomida qonda glyukoza miqdorini tekshirish. Agar simptomlar 
yo’qolmasa vrachga murojaat qilish. 
Engil (istalgan buterbrod) biror egulik va yarim stakan sut ichiladi. 
- Qandli diabetning paydo bo'lishida irsiy omillar, infeksiya, ruhiy zarbalar, semirish 
katta ro`l o'ynaydi. Butun Jahon Sog'likni Saqlash tashkilotining tavsiyasiga binoan 65 
yoshdan oshgan bemorlarda uchraydigan bu kasallik "Qarilik diabeti" deb ataladi. 
Qandli diabet ko'pincha semizlik bilan birga kechadi. Semizlikda qandli diabet tana og'irligi 
normal bo'lgan bemorlarga qaraganda 4 barobar ko'proq uchraydi. Qandli diabetda insulin 
yetishmovchiligi oqibatida uglevod, lipid, oqsil, vitamin, suv - tuz almashinuvi buziladi. 
Normada qonda glyukoza miqdori 3,34-5,55 mmol bo'ladi. Kasallik klinikasi og'irligiga 
qarab qandli diabet yengil, o'rtacha og'ir va og'ir turlarga bo'linadi. Engil turi - qonda 
glyukoza 7,77 mmol/l. gacha bo'ladi, bunda parhez va uglevodlarni cheklash bilan 
kifoyalaniladi. O'rtacha og'ir turida glyukoza miqdori 12,21 mmol/l. gacha bo'lib, kuniga 20-
60 TB insulin, parhez bilan qand pasaytiruvchi sulfanilamid preparatlari tayinlanadi. Og'ir 
turi qonda glyukoza 12,21 mmol/l.dan ortiq bo'lib, katta dozalarda insulinoterapiya 
o'tkaziladi. Yoshi qaytgan va keksa kishilarda qandli diabet belgilari aniq ifodalanmaydi. Bu 
esa kasallikning erta diagnostikasini kechiktiradi. Keksalarda bu kasallikning o'ziga xos 
alomatlari tana og'irligining pasayishi, ko'p siyish, teri qichishishi, yiringli kasalliklarning 
paydo bo'lishi hisoblanadi. 
Keksalar immuniteti pasayganligi sababli diabetik bemorlarda pnevmoniya, o`tkir 
respirator kasalliklar og'irroq kechadi. Ayniqsa tuberkulyoz kasalligi bunday bemorlarda tez 
paydo bo'ladi. 
Parhez bilan davolash kasallikning barcha turlarida buyurishadi. Uglevodlar miqdori 
cheklanadi, yetarli miqdorda oqsillar va yog'lar tavsiya etiladi. Bemorlarga "Parhez №9" 
buyuriladi. Sutkali rasionda uglevodlar 50%, oqsillar 30%, yog'lar 30% ni tashkil etadi. 
Insuilin 
bilan 
davolashda 
yurak 
tomir 
yetishmovchiligiga, 
ishemik 
kasallarda 
gipoglikemiyaga yo'l qo'ymaslik kerak. Qonda qand miqdorini pasaytirishda peroral 
preparatlardan sulfanilamidlar va biguanidlar (butamid, siklamid, bukarbon, glibenklamid, 
adebit, glyukofag) ishlatiladi. Bunda qondagi leykositlar va trombositlar soni kuzatib 
boriladi. Qandli diabetning asoratlaridan gipoglikemik koma, insulin miqdorini oshirib 


77 
yuborganda paydo bo'ladi. Bemorda holsizlanish, bo'shashish, qaltirash, sovuq ter bosishi, 
ochlik, bosh og'rig'i, bezovtalik kuzatiladi. Bunday holatda darhol shirin choy, pichenye, 
bulochka, konfet beriladi, venadan 50 ml. 40 % glyukoza eritmasi yuboriladi. 
Yuboriladigan insulin miqdori etarlicha bo'lmasa, diabetik koma ro'y berishi mumkin. 
Bunda moddalar almashinuvi chuqur izdan chiqib, qonda keton tanalari to'planib qoladi. 
Bemorda bo'shashish, apatiya, uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qayt qilish, chanqash, 
ishtahaning yo'qolishi kuzatiladi, og'zidan aseton hidi keladi, odam hushidan ketadi. Diabetik 
komada 100 TB da insulin, organizmning suvsizlanishiga qarshi izotonik natriy xlor eritmasi, 
vitaminlar yuboriladi. 
Qandli diabet bilan og'rigan bemorlar dispanser kuzatuvida turadilar. hamshira 
bemorning qoni va siydigada glyukoza miqdorini muntazam tekshirib boradi.
Semizlik - turli to'qima va organdarning yog' bosishi bo'lib, erta qarishning alohida 
omillaridan biridir. Keksalar ularda energetik sarf va moddalar almashinuvining pasayishi 
sababli semizlikka moyil bo'ladi. Semizlik kam harakatlanish, ortiqcha ovqat yeyish, irsiyat 
oqibatida yuzaga keladi. 
Semizlik uchta darajada farq qilinadi: 
1 daraja: yengil - tana og'irligi 20-30% ga. 
2 daraja: o'rtacha - tana og'irligi 30-40% ga. 
3 daraja: yuqori -tana og'irligi 40 % ga ortib ketadi. 
Bemorlar nafas qisishidan, hansirashdan, bosh og'riqlaridan, uyquchanlikdan, zidiyatdan 
nolishadi. Tez-tez ochlik hissi paydo bo'lib, qaltirash bosadi, odam bo'shashadi va ovqat 
iste'mol qilgach bu belgilar yo'qoladi. Qonda xollesterin, trigliseridlar soni ortib, glyukoza 
miqdori pasayadi. Semizlikni davolashda engillashtiruvchi parhez, harakat faollashishini 
oshirish, suv muolajalari, kaloriyasi past ovqatlar, ishtahani pasaytiruvchi moddalar - 
dezapimon, Meforin buyuriladi. 
Vaziyatning oldini olish uchun sabzavot, mevalar, surgi vositalari tayinlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin