78
Psixonervologik o'zgarishlar asabiylashish,
uyqusizlik, tez charchash, depressiya,
yig'loqilik, qo'rquvda ifodalanadi. Patologik klinaksni davolash kompleks tarzda olib
boriladi. Tinchlantiruvchi, sedativ vositalar (bromidlar, kofetamin, tiroksazin, rudotel) kichik
dozalarda tayinlanadi.
Vegetotrop vositalardan bellaspon, bellataminal beriladi.
Neyrovegetativ distoniyada
pantokrin, jenshen, fitin, vitaminlar tayinlanadi. Gormonal davo erkaklarga quyidagicha:
testobromlesit sxema bo'yicha 6 hafta davomida qabul qilinadi, 2 hafta 1 (bitta) tabletkadan 3
mahal ovqatdan keyin til ostiga, 2 hafta 1 tadan 2 mahal va 2 hafta 1 tadan 1 mahal
tayinlanadi. Davo kursini 3-4 oyda qaytarish mumkin. Bu davo o'tkazilgach yurak va tomir
sistemasiga aloqador o'zgarishlar bartaraf etiladi.
Prostata bezining adenomasi va arterial bosim yuqori bo'lganda boshqa gormonal
vositalardan testobromestrol qo'llanadi, bu preparatni 1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal 1-1,5
oy ichiladi. Metiltestosteron 1 oy (5 mg) 1-2 tabletkadan
3 mahal til ostiga qo'yiladi. Ayollarda garmonal davo quyidagicha: agar
menstrual sikl
saqlanib qolgan bo'lsa bisekurin 0,05 mg. dan kuniga 1 tabletkadan 21 kun ichiladi. Davo
kursini har 7 kun o'tgach qaytarish mumkin. Oksiprogesteron kapronat (2,5% li)muskul
orasiga 1ml.dan 4 kun qabul qilinadi. Davo kursini 2 haftada, 1 oyda, 3 oyda qaytarish
mumkin.
Testrosteron propionatni 25 mg. dan muskul orasiga haftada 3 marta 2 hafta mobaynida
qo'llash mumkin. Davo kursini 2-3 oyda qaytarish mumkin.
Davolashning umumiy chora tadbirlarida faol harakatlanish, rasional ovqatlanish,
jismoniy tarbiya, fizioterapevtik muolajalar, vannalar yaxshi naf beradi.
Podarga moddalar almashinuvi kasalliklariga kirib, bunda
urat kislotasi almashinuvi
buziladi. Podarga bo'g'imlarda urat kislotasi to'planib, ularda yallig'lanish, destruktiv -
sklerotik o'zgarishlar keltirib chiqaradigan surunkali xastalikdir. Urat kislotasi qonda ortiqcha
to'planib buyraklarda ham yig'ilishi mumkin. Spirtli ichimliklar, go'shtli taomlar, tvorog,
balig’ni ko’p iste'mol qilish podarga kasaliga sabab bo'ladi.
Kasallik qo'l yoki oyoq bo'g'imlarida, panjalarda qattiq og'riq bilan bo'g'imlarning
shishib ketishi va qizarishi, tana haroratining ko'tarilishi bilan ifodalanadi.
Kasallikning tez-tez huruj tutib turadi. Kasallik uzoq vaqt davom etib bo'g'imlar
deformasiyaga uchraydi. Davosida go'sht mahsulotlari, no'xat, loviya, shirinliklar
taqiqlanadi, ishqoriy
mineral suvlar ichib turish, massaj, issiqlik, gimnastika, kurortlarda
davolanish maslahat beriladi.
Sinxofen (atofan) 0,5 gr dan kuniga 3 marta ovqatdan oldin 5 kun ichiladi, urodan 1
choy qoshidan kuniga 3 marta, etamid 0,35 gr.dan 4 marta 10-12 kun tayinlanadi. Asta-
sekinlik bilan ko’paytirib borish lozim. Bemor reabilitasiyasida mehnat bilan mashg’ul
bo’lish muhim o’rin egallaydi, bemorlarni ruhan tetiklashtiradi. Bunday bemorlarga mehnat
sharoitini yengillashtirish, qatiy sharoitlar yaratish kerak.
Dostları ilə paylaş: