21
Keksa va qariya yoshdagi bemorlar yurak - qon tomirlari tizimining o’ziga xos
anatomik - fiziologik xususiyatlari. Keksa va qariya yoshdagi bemorlar yurak - qon
tomirlari tizimi kasalliklarini parvarishlashda hamshiralik jarayoni.
Yurak tomir sistemasi. Bizning mahalliy sharoitimizda yoshi katta odamlarda yurak
kasalliklari ko’proq uchraydi.
Yurak tomir kasalliklarining rivojlanishiga irsiy moyillik, nosog’lom
turmush tarzi,
noto’g’ri ovqatlanish, ichki va tashqi muhit omillari turtki bo’ladi.
Ovqat tarkibida uglevodlar, oqsillar va mikroelementlar nisbatining noto’g’ri bo’lishi,
o’ta yog’li ovqatlarni iste'mol qilish, tamaki, nos chekish, spirtli ichimliklarni ichish,
asablarni zo’riqtirish, kam harakatlanish va hokazolar kasalliklarning kelib chiqish omili
hisoblanadi.
60 yoshdan o’tgan odam yuragining vazni kamayadi, bo’shliqlari kengayadi, endokard
qalinlashadi, kardiomiositlar atrofiyaga uchraydi. Qon tomirlarining ichki qavati
qalinlashadi, elastikligi kamayadi. Yurak qisqarishlari ritmi sekinlashadi, gemodinamika va
kardiodinamika o’zgaradi. EKG da P,R,T
tishchalari kichrayadi, yurak o’tkazuvchanligi
pasayadi. Miokardning qisqarish qobiliyati va undagi energetik jarayonning sustlashishi
yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Qon aylanishining gipotalamik regulyasiyasi
buzilishi, qonda vazopressin miqdorining ortib ketishi, buyraklarda qon aylanishining
pasayishi arterial gipertenziyaga olib keladi. Koronar qon tomirlarining sklerozi esa
yurakning ishemik kasalliklariga sabab bo’ladi. Shuning
uchun yurak muammolari bor
bo’lgan qari odamlarda yengil jismoniy harakatlardan keyin qiynalib nafas olish, hansirash,
uyquda astmaga o’xshash xurujlarning kuchayishi (yurak astmasi), pulsning tezlashuvi,
uning kuchsiz va notekis bo’lishi, peshindan so‘ng oyoq shishlari kuchayishi belgilari
uchraydi.
Qon aylanish sistemasida - ateroskleroz holati vazomotor o’zgarishlarga sababchi
bo’ladi. Bular odamning boshi va yuziga qon quyilib kelishi bilan ifodalanadi, arterial
bosim ko’pincha ko’tariladi.
Yurakda
miokardioskleroz qayd etiladi, bu esa yurak faoliyatini susaytiradi, qon
aylanish sistemasining yetishmovchiligiga, organlarning ozuqa moddalariga va kislorodga
to’yinmasligiga va ma'lum bir klinik simptomlarning kelib chiqishiga sababchi bo’ladi.
Bular bosh aylanishida, xotiraning pasayishida,
uyquning buzilishida, oyoq qo’llarning
kuchsizlanishi, qaltirashida va boshqa belgilarda namoyon bo’ladi.
ATEROSKLEROZ -
Keksalikdagi yurak xastaliklarining asosini aterosklerotik
o’zgarishlar tashkil etib, u geriatriyaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi.
Ateroskleroz
45-59
yoshlarda
boshlanib,
organizmning
qarishini
tezlashtiradi.
Aterosklerozni rivojlantiruvchi omillar quyidagilardir:
1. Bemorning yoshi, jinsi.
2. Qonda xollesterin va lipoproteidlarning oshib ketishi.
3. Arterial bosimning oshib ketishi.
4. Chekish va spirtli ichimliklar ichish.
5. Qandli diabet.
6. Ovqat omillari, semizlik.
7. Asabiylashish, ko’p hayajonlanish.
8. Irsiy omillar.
9. Kam harakatlanish.
22
10. Qon ivuchanligining izdan chiqishi.
Ateroskleroz rivojlanishidagi asosiy omil giperlipoproteinemiyadir. Aterosklerozning
ko’p uchraydigan belgilari: aorta sklerozi, kardioskleroz, miya tomirlari sklerozidir.
Aterosklerozning oldini olish uchun uni keltirib chiqaruvchi omillar bilan kurashish
kerak. 40 yoshdan oshgan barcha bemorlarda xolesterin, trigliserid va lipoproteidlar
miqdori tekshiriladi va ateroskleroz aniqlanadi. Bemorlarga xolesteringa boy bo’lmagan
ovqat va turmush tarzini o’zgartirish buyuriladi.
Antisklerotik moddalar. Bu moddalar 3 guruhga bo’linadi.
1. Xolesterinni ichaklardan so’rilishiga qarshilik qiluvchi moddalar: diosponin,
polisponin, dengiz karami.
2. Xolesterinni parchalovchi moddalar: linetol, araxiden, xolesteramin.
3. Xolesterin hosil bo’lishiga qarshilik qiluvchi moddalar: klofibrayt, miskleron,
atromiden.
Bundan tashqari o’t
haydovchi vositalar, lipotrop moddalar (xolin, metionin, lesitin),
yod preparatlari, askorbin kislotasi ham xolesterin miqdorini kamaytiradi. Nikotin kislotasi,
V12, V6, Ye, R vitaminlari aterosklerozning oldini olish va davolashda qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: