O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Asab sistemasi
. Organizm qarishida miya oralig’i kamayadi, miya pushtalari 
yupqalashadi, egatchalari kengayadi, qorinchalar bo’shliqlari kattalashadi. Neyronlarda 
distrofik va atrofik o’zgarishlar ro’y beradi. Markaziy nerv sistemasidagi yoshga bog’liq 
o’zgarishlar oqibatida qarilik belgilari namoyon bo’ladi: aqliy va jismoniy qobiliyatning 
pasayishi, organizmning ichki muhiti faoliyatining buzilishi, xotira pasayishi kuzatiladi. 
I. P. Pavlovning fikricha, qarilikda miyadagi qo’zg’alish va tormozlanish 
jarayonlarining bir-biri bilan almashishi sustlashadi, shartli reflekslar paydo bo’lishi 
qiyinlashadi. Shartsiz reflekslar xarakteri ham o’zgaradi, analizlar faoliyati pasayadi. 
Psixika
. Qarilikda inson ruhiy faoliyati - bilish, idrok, fikr qilish, tafakkur, emotsiyalar 
pasayadi. Yoshga aloqador o’zgarishlar, ya'ni moddalar almashinuvining buzilishi, jinsiy 
bezlar funksiyasining susayishi, endokrin muvozanatining buzilishi natijasida involyutsion 
psixozlar paydo bo’ladi.
Bemorlar ko’nglida xavotirlanish, bezovtalanish, besaramjonlik, gunohkorlik, vasvasa 
paydo bo’ladi, ruhiyati beqaror bo’lib qoladi. Xotira pasayadi, sekin-asta aql pasayishi 
rivojlanadi, o’z joniga suiqasd qilish hollari kuzatiladi. 
Buyrakda qon aylanishi, filtratsiya, reabsorbsiya pasayadi. Suyak va bo’g’imlarda 
osteoxporoz, osteoxondroz va atrofik o’zgarishlar sodir bo’ladi. 
Qarish jarayonida neyrogumoral mexanizm
. Qarish jarayonida organizmdagi barcha 
funksiyalarning neyrogumoral boshqaruvi buzilishi, moddalar almashinuvining izdan 
chiqishi, gipotalamolimbik sistemasining disfunksiyasi kuzatiladi. 
MODDALAR ALMASHINUVINING BUZILISHI 
 
Endokrin sistemasi
. Qarilikda endokrin bezlarida atrofik va sklerotik o’zgarishlar 
paydo bo’ladi, sekretor funksiyalar pasayadi. Gipofizda bazofil hujayralar soni ko’payib, 
asidofil hujayralar soni kamayib ketadi. Bu hujayralarda DNK miqdori kamayadi, kolloid 
to’planadi. 
Qalqonsimon hujayralarida DNK miqdori kamayib ketadi. Me'da osti bezida destruktiv 
o’zgarishlar oqibatida yirik orolchalar kamayib, mayda orolchalar ko’payadi. B-hujayralar 
soni 
kamayib, 
qandli 
diabet 
rivojlanadi. 
Striopallidar 
sistemada 
katexolamin 
almashinuvining buzilishi parkinsonizm rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Organizm qarishining asosini moddalar almashinuvining izdan chiqishi tashkil etadi. 
Qarishning birlamchi mexanizmlari genetik apparatdagi siljishlar bilan bog’liq holda 
kechadi. Bu nuklein kislotasi almashinuvining konsentratsiyasi pasayishi bilan ifodalangan. 
Buning natijasi sifatida oqsillar almashinuvi, fermentlar miqdori va faolligi buziladi
energiya almashinuvi kamayib, kislorodning to’qimalarda o’zlashtirilishi progressiv 
ravishda pasayadi, to’qimalar nafas olishi (tkanevoe dgxanie) kamayadi. 


16 
Qarish jarayoni neyrogumoral regulyatsiyasidagi yoshga aloqador o’zgarishlar, qarish 
jarayonining asosini tashkil etadi. Natijada organizmda moddalar almashinuvi va hujayralar 
funksiyasi izdan chiqadi. Qarilik bilan birga kechadigan ateroskleroz oqibatida bemorning 
ruhiy va emotsional dunyosida
nevroz, maqtanchoqlik, laqmalik, ezmalik, xotiraning pasayishi, kabi o’ziga xos belgilar 
namoyon bo’ladi. 
Gipotalamus funksiyasining izdan chiqishi gomeostazning buzilishiga, ya'ni organizm 
ichki muhiti haqidagi ma'lumotlar MNSga keladi, gormonal regulyatsiya ham izdan chiqadi. 
Tibbiyot xodimlari gerontologik bemorlarda kechadigan kasalliklarning o’ziga xos 
xususiyatlarini bilishlari lozim.
Ularni qanday parvarishlash, davolash, ular bilan qanday suhbatlashish zarurligini 
bilishlari, ularda o’zlariga nisbatan ishonch uyg’otishlari kerak. 
Qari odam tekshirilganda, ko’pincha unda birdaniga 5-6 ta kasallik aniqlanadi. Bular 
yurakning ishemik kasalligi, aterosklerotik ensefalopatiya, gipertoniya kasalligi, o’pka 
emfizemasi, umurtqa pog’onasi osteoxondrozi, katarakta, quloq og’irligi, prostata bezi 
adenomasi va boshqalar. 
Qari odamlar organizmida surunkali kechadigan kasalliklar ko’proq uchraydi, ammo 
o’tkir va yuqumli kasalliklar ham uchrab turadi. Ular organizmidagi patologik jarayon juda 
sekinlik bilan rivojlanadi va tibbiy yordamga kech murojaat qiladilar. O’tkir kasalliklar 
klinikasi esa organizmning qarshilik qobiliyati pasaygani sababli sust ifodalangan bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin