29
Ingichka va yo’qon ichak devorlaridagi atrofik o’zgarishlar ichaklarning uzayishiga
olib keladi. Undagi ovqatning so’rilishini pasaytiradi. Yosh qaytgan sari gepatositlar soni
kamayib, jigar massasi kichraya boradi. Bu esa jigarning antitoksik vazifasi va moddalar
almashinuvi buzilishiga olib keladi. O’t pufagi muskul qavatining tonusi pasayib, uning
hajmi kattalashadi, qisqarishi susayib o’tning dimlanib qolishiga sabab bo’ladi. Bu holat
keksalarda o’t-tosh kasalligini rivojlantiradi. Me'da osti bezining atrofiyasi oqibatida asinoz
qujayralar kamayib o’rnini biriktiruvchi to’qima egallaydi, asinoz hujayradagi sekretor
granulalarning pankreatin shirasini ishlab chiqarishi kamayadi. Me'da osti bezining
orolchalaridagi B-hujayralarining kamayib ketishi keksalar qonida glyukoza miqdorining
ortiqroq bo’lishiga sabab bo’ladi. Yoshi qaytib qolgan erkaklarning 75-78 %ida
qizilo’ngach raki kuzatiladi. Qizilo’ngach rakiga divertikullar, kuyish, ezofagitlar sabab
bo’ladi. Bemorlar tish orqasida achishish, og’riq, og’zidan so’lak oqishi, ovqat yutishning
qiyinlashib qolganidan shikoyat qiladilar. Bunday bemorlarni faqat konservativ davolash
mumkin. Og’riq qoldiruvchi, spazmolitik, narkotik dori vositalari buyuriladi.
Dostları ilə paylaş: