O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Me'da yara kasalligi
. 60 yoshdan oshgan bemorlarning 20% ida me'da yara kasalligi 
uchraydi. Yara kasalligi 2 xil bo’ladi: 
1) "Eski" yara, bu bemor yoshligida orttirgan kasalligi. 
2) "qarilik" yarasi, bu bemor keksayganda paydo bo’ladigan kasallikdir. 
Qarilikda paydo bo’lgan yara katta o’lchamda, yuqorida, kardial sohada joylashgan 
bo’ladi. Me'da qon tomirlaridagi sklerotik o’zgarishlar, shilliq pardadagi atrofik 
o’zgarishlar, surunkali me'da kasalliklari qarilikda yara paydo bo’lishi uchun sharoit yaratib 
beradi. 
Kasallik klinikasi kam ifodalangan bo’lib, diagnoz qo’yishni qiyinlashtiradi. Yara 
kasalligi instrumental tekshiruvda yoki yara asoratlar berganda, perforasiya yoki qon 
ketganda aniqlanadi. Keksalarda yaraning bitishi qiyinroq bo’ladi. Davolashda parhez 
tayinlanadi. Bunda xolesteringa boy va yog’li taomlar, achchiq choy, kofe, spirtli 
ichimliklar ichish taqiqlanadi.Ovqat vitaminga boy bo’lishi kerak, konservativ davo uchun 
vitaminoterapiya, tinchlantiruvchi, anabolitik vositalar, biostimulyatorlar, spazmolitiklar, 
antasid vositalar, almagel metilurasil, solkoseril tayinlanadi. Fizioterapevtik muolajalardan 
5% li novokain yoki 1% li benzogeksoniy eritmasi bilan epigastral sohada elektrofarez 
tavsiya etiladi. 
Perforasiya, yaradan qon ketish, stenoz kabi asoratlar jarroqlik usulini qo’llashga 
majbur qiladi. 
Surunkali gepatit
jigar qujayralaridagi yallig’lanish, distrofik o’zgarishlar bilan 
xarakterlanadi. Keksalardagi surunkali gepatit yoshlikda orttirgan kasalligi oqibatidir.
Surunkali gepatitning 4 xil formasi farq qilinadi: 
1. Surunkapi aktiv gepatit. 
2. Persistlovchi surunkali gepatit. 
3. Xolestatik gepatit. 
4. Agressiv gepatit. 
Kasallarda surunkali aktiv gepatit og’irroq kechadi, darmonsizlik, tez charchash, 
ishtahaning yo’qolishi, ko’ngil aynishi, mudroq bosishi, qon ketib turishi, badan 
sarg’ayishi, assit paydo bo’lishi mumkin, bunda jigar kattalashishi kuzatiladi. Ko’p 
holatlarda surunkali aktiv gepatit jigar sirroziga olib keladi. Qonda umumiy oqsillar miqdori 
ko’payib ketadi. 
Persistlovchi surunkali gepatitda bemorning o’ng qovurqalar osti og’rib turadi, yog’li 
ovqat iste'mol qilganda, spirtli ichimlik ichganda og’riqlar kuchayishi mumkin. Surunkali 
gepatitda bioximiyaviy tekshiruv o’tkazilganda umumiy oqsil miqdori kamaygani, sulema 
va timol sinamalari musbatlashgani, bilirubin, lipidlar miqsori oshgani, qon fermentlari 
AlAT va AsAT kuchaygani kuzatiladi. 
Surunkali gepatitni davolashda parhezga katta e'tibor berish kerak. Bemorlarga 5-
parhez qo’llanadi. Yog’lar cheklanib, oqsilga boy, kaloriyali, oson hazm bo’ladigan 
ovqatlar tayinlanadi. Mineral tuzlar, o’t haydovchi qaynatmalar, antibiotiklar, spazmatiklar, 
lipotrop vositalar, vitaminoterapiya buyuriladi. Surunkali aktiv gepatitda kortikosteroidlarni 
qo’llash mumkin. Bemorlarga sanatoriy va kurortlarda davolanish, dam olish tavsiya etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin