O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Xolesistitlar
- o’t pufagining yalliglanishi bo’lib, o’tkir va surunkali shakllari farq 
qilinadi. O’tkir xolesistitning kelib chiqishida asosiy rolni infeksiyalar o’ynaydi. Keksa 
yoshdagi bemorlarda o’tkir xolesistitning klinik belgilari sust rivojlanadi. Yallig’lanish 
jarayoni tez tarqalib, o’t pufagining flegmonasi yoki gangrenasini keltirib chiqaradi. 
Bemorning umumiy ahvoliga qarab jarrohlik usulida davolanadi. Konservativ davo uchun 
ta'sir doirasi keng bo’lgan antibiotiklar, spazmolitiklar, og’riq qoldiruvchi dorilar 
tayinlanadi. Og’riqlarni tez qoldirish maqsadida Vishnevskiy usuli bo’yicha paranefral 
zonalarga novokainli blokadalar qilinadi. 2-3 kun ichida konservativ davodan naf bo’lmasa 
jarrohlik yo’li bilan xolesistektomiya o’tkaziladi. 
Surunkali xolesistit
- keksalarda yoshlikda orttirilgan kasallikning davomi hisoblanib, 
ko’proq to’la ayollarda uchraydi. Surunkali xolesistit toshli va toshsiz bo’lishi mumkin. 
Keksalarda toshsiz xolesistit kam uchraydi va klinikasida dispeptik belgilar namoyon 
bo’ladi. O’ng qovurqalari ostida og’riqlar kuzatilib o’ng ko’krak va yelkaga o’tib turadi. 
Og’riqlar yog’li va o’tkir ovqatdan keyin kuchayadi. 


32 
Surunkali xolesistit ko’pincha surunkali gastrit, pankretit, kolit bilan birga kechadi. 
Bunday hollarda diagnostika qiyinlashadi. O’n ikki barmoqli ichakka zond solib olingan B 
o’t porosiyasi laborator tekshirilganda leykositlar, shilimshiqlar, epiteliy hujairalari ko’zga 
tashlanadi. Gohida o’t suyuqligida lyambliylar ham topilishi mumkin. Sog’lom odamda B 
va S qismining o’t suyuqligida leykositlar va shilliq bo’lmasligi, ekma qilinganda esa o’t 
steril bo’ligsl kerak. Surunkali xolesistitni davolashda spazmolitiklar, o’t haydovchilar, 
lipotroplar, vitaminlar, nitrofuran preparatlari, antibiotiklar; lyambliylar topilganda esa, 
trixopol buyuriladi. Parhez bilan davolashga alohida e'tibor beriladi. Yog’li, qovurilgan, 
achchiq, sho’r taomlarni cheklab qo’yib, spirtli ichimliklar taqiqlanadi. Fizioterapevtik 
muolajalar, sedativ, spazmolitik, o’t haydovchi vositalar yaxshi ta'sir ko’rsatadi. Parafin, 
torf, balchiq applikasiyalari, diametriya, induktotermiya, ultratovush buyuriladi. Mineral 
suvlar va balneologik kurortlar tavsiya qilinadi. O’tkir pankreatit me'da osti bezining 
o’tkir yallig’lanishi bo’lib ushbu xastalikka chalinganlarning 66%i keksalar hisoblanadi. 
Kasallikka sabab o’t yo’li kasalliklari, yog’li taomlarni, spirtli ichimliklarni muntazam 
iste'mol qilishdir. Kasallik klinikasida epigastral sohada bo’ladigan og’riqlar intensivligi 
uncha kuchli bo’lmaydi. Og’riqlar yurak sohasida paydo bo’lib, miokard infarkti
klinikasini beradi. Bemor ko’ngli aynib qayt qiladi. Qon tarkibida leykositoz, diastaza 
miqdori
ortib ketadi. Keksalarda ko’proq seroz pankreatit nekrotik yoki yiringli formalariga o’tib 
ketadi. 
Bemorni davolash uchun 3-5 kun ochlik tayinlanadI; vena orqali izotonik natriy xlor 
eritmasida glyukoza yuboriladi. Og’riq qoldirish maqsadida atropin sulfat, no-shpa, 
papaverin, galidor tayinlanadi. Me'da osti bezi fermentlari aktivligini pasaytiradigan trasilol, 
kontrikal buyuriladi. Shokka qarshi vena orqali 5-2 l. 5% li glyukoza eritmasi, teri ostiga 
kofein, mezaton, kamfora, kordiamin yuboriladi. 
Yallig’lanishga qarshi antibiotiklar beridadi O’tkir pankreatit keksalarda ko’proq o’lim 
bilan tugaydi. Shu kasallik bilan o’lganlarning 70% ini 50 yoshdan oshgan bemorlar tashkil 
etadi. O’tkir pankreatitning oldini olish uchun jigar va o’t yo’li kasalliklarini yaxshi 
davolash, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik kerak. 
Hamshira o’tkir pankreatit bilan og’rigan bemorlarni muntazam nazorat qilib, kasallik 
qaytalanishining oldi olinishiga ko’maklashishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin