27
YURAK QON TOMIR KASALLIKLARIDA GERIATRIK YORDAMNI
TASHKIL QILISH
Aholi sonining qariyalar hisobiga ortib borishi geriatrik yordamni to’g’ri tashkil qilish,
uning tibbiy va ijtimoiy asoslarini bilishni taqozo etadi. Qariyalarga yordam ko’rsatish,
sog’liqlarini tiklash faqat tibbiy choralar
bilan cheklanib qolmay, balki masalaga ijtimoiy
nuqtai nazardan yondoshish kerak.
Bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish bilan bir qatorda, uning ish qobiliyatini tiklashga,
ruhiy tetikligini oshirishga va qizil Yarim Oy jamiyati bilan aloqani o’rnatishga
yordam
bermoq kerak. Yolg’iz yashaydigan, o’ziga o’zi xizmat qila
olmaydigan qariyalar uchun
qariyalar uyi tashkil qilingan bo’lib, ularda barcha shartsharoitlar yaratilgan. Geriatriyada
qon aylanish doirasining yoshga aloqador o’zgarishlari
va kasalliklari, qon tomirlarining
morfologik o’zgarishlari kuzatiladi. Yirik qon tomirlari devorlarida sklerotik o’zgarishlar,
muskul qavatining atrofiyasi va elastikligining susayishi namoyon bo’ladi.
Bu esa qon
tomirlarining kengayishi va qisqarishi qobiliyatini pasaytirib,
qon aylanishini izdan
chiqaradi, arterial bosim ko’tariladi. Miokarddagi sklerotik o’zgarishlar yurak
qisqartirishlarni kamaytiradi.
Elektrokardiogrammaning barcha usullarida T tishchaning
amplitudasida kamaygan
bo’ladi, I, II, avl, V3V6 usullarda keksa yoshdagi kishilarda T tishcha doimo musbat bo’lib,
ST segment esa izochiziqda bo’ladi. Bu esa yurakning ishemik kasalliklari diagnostikasi
uchun muhim ahamiyatga ega. Kasallikda yurak tomir kasalliklaridan o’lim
ko’rsatkichlarining ortib borishi avvalo ateroskleroz va uning asoratlari, arterial gipertoniya
va bu kasalliklar kechishining
uziga xos xususiyatlari, davosi va parvarishining
murakkabligiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: