O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


MIOKARD INFARKTINI DAVOLASH VA PARVARISH QILISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

MIOKARD INFARKTINI DAVOLASH VA PARVARISH QILISH 
 
Birinchi navbatda og’riq xurujini to’xtatish kerak. Teri ostiga 1-2 ml. morfin va 0,5 ml. 
atropin sulfat yuboriladi. Arterial bosimni ko’tarish maqsadida kofein, mezaton, kordiamin 
buyuriladi. Yurakning toj tomirlarida tromblar hosil bo’lishini to’xtatish maqsadida geparin 
2-3 kun davomida qar 6 soatda 5000-10000 TB dan muskul orasiga yuborib turiladi. 
Fibrinolitik vositalar bilan davolash keksa yoshdagi bemorlar infarktida yaxshi naf 
beradi ammo bu usulni 70 yoshdan keyin qo’llash tavsiya qilinmaydi. 
Bemor funksional karavotga yotqiziladi va ahvoli muntazam kuzatib boriladi, teri 
gigienasiga katta ahamiyat beriladi, yotoq yaralarining oldi olinadi. Yengil va oson hazm 
bo’ladigan ovqat tayinlanadi. Birinchi 24-48 soat mobaynida qimirlamay yotish rejimi, 7-12 
kundan keyin esa asta-sekin harakatlanuvchi rejimga o’tish tavsiya qilinadi. 


26 
Kasallikning 5-8 qaftasida uyga javob berish mumkin. Stasionardan chiqarilgandan 
keyin doimiy jismoniy harakatlar, piyoda sayr qilish mashqlari tavsiya etiladi, chekish va 
spirtli ichimliklarni ichish, asabiylashish, og’ir jismoniy mehnat qilish, yugurish 
taqiqlanadi. Bemor ambulatoriya sharoitida elektrokardiografiya qildirib turishi, B-
andenoblokatorlar, aspirin ichib turishi maslahat beriladi. Yurak ritmi buzilishiga qarshi 
novokainamid, obzidan, aymalin, kaliy tuzlari, kokarboksilaza buyuriladi. 
Miokard infarkti bilan og’rigan bemorlar dispanser hisobida bo’lib, doimiy vrach va 
hamshira nazoratida turadi. Hamshira va vrach bemorlarni uyiga borib xabar olib turishi
bemorning qarindoshlariga uning parvarishi, ovqatlanishi va hayot kechirsh tarzi bo’yicha 
kerakli maslahatlarni berib borishi kerak. 
Aritmiyalar.
Yoshi qaytgan va keksaygan odamlarda kardiosklerozning belgilaridan 
biri aritmiyalardir. Bunga sabab yurakda qon aylanishining yetishmovchiligi va miokard 
ishemiyasidir. Ko’pincha 50 yoshdan o’tgan bemorlarni yurakning organik o’zgarishlari 
oqibatida ekstrosistoliyalar bezovta qiladi, ya'ni ularda yurakning vaqtidan ilgari qisqarishi 
kuzatiladi. Bunda bemorga xuddi yurak ishi to’xtab qolgandek bo’lib seziladi. 
Ekstrasistoliyani davolashda koronar qon tomirlarni kengaytiruvchi, miokardni qon bilan 
ta'minlaydigan, yurak yetishmovchiligini bartaraf etadigan vositalar tayinlanadi. Buning 
uchun digitalis preparatlari, strofantin, sedativ moddalar va trankvilizatorlar buyuriladi. 
Novokainamid muskul orasiga 5-10 ml.dan, lidokain 10 ml.dan beriladi. Ektrasistoliyani 
bosish maqsadida ovqatdan keyin kuniga 3-4 marta 20-30 ml.dan 10% li kaliy xlor eritmasi 
meva suvlari bilan ichib turiladi. 
Paroksizmal 
taxikardiyalar-ateroskelerotik 
kardioskleroz, 
miokard 
infarkti, 
gipertoniyada kuzatilib, yurak ritmining birdan tezlashib, yurak qisqarishlarining minutiga 
180-250 tagacha yetib qolishi va birdan sekinlashib, asliga kelib qolishidan iboratdir. 
Kasallik yurak o’ynog’i xurujlari bilan kechadi. 
Keksa yoshdagi bemorlar bunday aritmiyalarni boshidan juda og’ir kechiradilar. 
Bunday hollarda strofantin, aymalin, novokainamid, kaliy xlor va stasionar sharoitida 
xinidin buyuriladi. Qorinchalarning pir-pir uchishi, ya'ni fibrillyasiyasi klinik o’lim 
hisoblanib, bunda yurakdan qon otilib chiqmay qo’yadi. Geriatrik bemorlarda ham elektr 
defibrillyasiyasini o’tkazish mumkin. 
Geriatrik bemorlarda yurak va koronar qon tomirlarining sklerotik o’zgarishlari 
oqibatida yurak o’tkazuvchanligi buzilishi, ya'ni blokadalar ko’p kuzatiladi. Blokadalarni 
davolashda mezaton, kofein, belladonna, atropin qo’llanadi. Qorinchalar ritmi keskin 
susayib qolganida (30 tadan kam bo’lganda) Adam-Stoks-Morgani sindromi boshlanadi, 
keskin bradikardiya munosabati bilan miyada qon aylanishi buzilishi mumkin. Bunda teri 
ostiga izadrin yoki efedrin, mezaton va kortikosteroidlar, elektrokardiostimulyasiya 
buyuriladi. Hamshira bunday bemorlarga juda katta e'tibor berib turishi va ularni 
tinchlantirishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin