O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Diabetik nefropatiya. 
Diabetik nefropatiya –buyraklarning diffuz zararlanishi bo’lib, bunda diabetik 
mikroangiopatiya rivojlanishi mumkin. Bu xavfli asorat bemorlarda kuchayuvchi buyrak 
etishmovchiligiga, oxir oqibatda uremiyadan o’lishiga olib keladi. Qandli diabet bilan 
og’rigan bemorlarning yarmida diabetik nefropatiya klinik belgilari kuzatilib, 10 yil davom 
etishi bilan namoyon bo’ladi. U sekin-asta rivojlanib uzoq vaqt bilinmasligi mumkin. 
Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet 5% diabetik nefropatiya bilan birga ilk aniqlanishi 
mumkin. Kechki stadiyalarda uning avj olishini to’xtatish mushkul. Diabetik nefropatiya 
hozirga vaqtda qandli diabet bilan oq’rigan bemorlar nogironligi va o’limining etakchi 
sababchisi bo’lib qolmoqda.
Patogenez. Diabetik nefropatiya rivojlanishi glikemiyaning nazoratsiz keskin tebranishlari
diabet 1-tipidagi ummunologik buzilishlar, irsiy moyillik bo’lganda avj oluvchi 
mikroangiopatiyalar rivojlanishi va buyrakda qon aylanish buzilishi (giperfiltratsiya)
keyinchalik specifik intrakapillyar glomeruloskleroz (o’choqli yoki diffuz) shakllanishi bilan 
boq’liq. 
Qandli diabet rivoglanishi bilan erta bosqichlarda kuchaygan koptokcha filtratsiyasi sekin-
asta pasayib, oxirgi stadiyada tez kuchayuvchi suruncali byurak etishmovchiligiga olib 
keladi. Koptokcha afferent arteriollalar gialinozi va sklerozi giporenimik gipoaldosteronizm 
sindromi rivoglanishiga olib keladi. Diabetik nefropatiya asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, 
uning buyrak tosh kasalligi, pielonefrit, siydik pufagi atoniyasi, prostata bezi adenomasi 
bilan birga kelishi hisoblanadi. Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet 42% hollarda 
pielonefrit bilan birga uchraydi. Qarilik va immunodeffitsit holatlar pielonefritning og’ir 
kechishiga sabab bo’ladi.
Diabetik oyoq sindromi. 
 
Bu sindrom bemorlarda angio va neyropatiyalar bilan namoyon bo’ladi. Diabetik oyoq – 30 
- 80% qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda turli ko’rinishlarda aniqlanadi. Bemorlarning 
bu guruhida oyoqlar amputaciyasi 15 marta ko’p uchraydi. 
Diabetik nefropatiya bosqichlari. 
Bosqich 
Klinik-laborotor tavsifi 
Rivojlanish muddatlari. 
Buyraklar
Giperfunkciyasi 
-koptokchalar 
filtratsiyasi 
tezligining oshisi>140 ml/min. 
-buyrakda qon aylanishning 
oshishi
-buyraklar gipertrofiyasi 
normoalbuminuriya(<30mg/sut 
Diabetning ilk davrida paydo 
bo’ladi. 
Boshlang’ich
struktur o’zgarishlar. 
-koptokcha kapillyarlarida BM 
qalinlashishi. 
-mezangiumning kengayishi 
-normoalbuminuriya; 
-yuqori 
koptokchalar 
filtraciyasi 
tezligining 
saqlanishi. 
1-5 yil 


61 
Boshlanuvchi nefropatiya 
-mikroalbuminuriya 
(30-300 
mg/sut); 
-normal yoki yuqori KFT. 
-tranzitor AD oshishi 
5-15 yil 
Rivoglangan nefropatiya 
-proteinuriya; 
-KFT normada yoki biroz 
pasaygan. 
-AG 
10-15 yil 
Uremiya 
-KFTning pasayishi<10ml/min) 
AG barqaror bo’lishi 
-intoksikatsiya 
Diabetik oyoq sindromi qandli diabetning eng kech asoratlaridan bo’lib, qon tomir, periferik 
nervlar, yumshoq to’qimalar, bo’g’im, suyaklar zararlanishi, teri qoplamlarining surunkali 
yaralari va suyak-destruktiv o’zgarishlar shakllanishi bilan boradigan anatomo-funkcional 
o’zgarishlar murakkab kompleksidan iborat bo’ladi. 
Diabetik oyoq sindromi rivoglanishi patogenezida 3 ta asosiy faktor: neyropatiya, oyoq 
tomirlari zararlanishi va infektsiya rol o’naydi. Oxirgi faktor 2 ta oldingi faktorga olib keladi. 
Harorat, og’riq, taktil va vibratsiya sezgilarning pasayishi yurish mexanikasining 
o’zgarishiga olib keladi. Oyoq panjasi bitta joyga tayanishi tufayli maksimal bosim 
nuqtalarini yaratadi. Teri qoplamlarining quruq va sezgir joylarida giperkeratoz maydonlari 
surunkali yaralar paydo bo’lishi tufauli infektsiyalanishi mumkin. Qari va keksa bemorlar 
diabetik oyoq panjasi kuzatiladigan bemorlar kontingentiga aylanadi, chunki ular hamma 
vaqt ham oyoq panjasining tagini, barmoqlararo oraliqlarni mustaqil ko’ra olmaydi, kerakli 
poyafzal tanlashda va oyoqlarni to’g’ri parvarish qilishda qiynalishadi.
Diabetik panja xavf gyryhlariga kiradi: 
- periferik tomirlar kasalliklari
- distal polineuropatiyalar; 
- o’tkazilgan amputatsiyalar; 
- gipertoniya va giperxolesterinemiya; 
- diabetik nefropatiya (ayniqsa surunkali buyrak etishmovchiligi stadiyasida) ; 
- ko’rlar va sust ko’ruvchilar; 
- yolg’iz qariyalar; 
- alkogol iste’mol qiluvchilar va chekuvchilar. 
Neyropatik o’zgarishlar ustunligiga yoki periferik qon tizimidagi buzilishlarga qarab diabetik 
panjaning 3ta asosiy klinik formalari: neyropatik, ishemik, aralash (neyroishemik) turlari 
ajratiladi. 
Diabetik panjaning ko’rinishlaridan biri bo’lgan neyropatik turidagi osteoartropatiyaning 
(Sharko bo’g’imi) rivojlanishida giperglikemiya sharoitida osteoklastlar aktivligining 
oshishi, suyakning tasirlanishi va patologik sinishlar shakllanishi yotadi. Jarayon bir 
tomonlama bo’lib, zararlangan bo’g’im yuzasida qizarish, panja deformaciyasi va og’riqning 
bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Rentgenogrammada suyak destrukciyasi, bo’g’im 
yuzalarining buzilishi, subxondral skleroz, osteofitlar, bo’g’im ichki sinishlari aniqlanadi. 
Agar sinishdan bir necha kun o’tsa, rentgennogrammada o’zgarishlar kuzatilmaydi, faqat 
skanerlash vaqtida anchagina o’zgarishlar aniqlanishi mumkin. 60% holatlarda old kaft usti 


62 
va kaft usti-kaft bo’g’imlari, 30% holatlarda kaft-barmoq bo’g’imlari, 10% boldir-tovon 
bo’g’imlari zararlanishi mumkin. Keksa va qari bemorlarni davolashda diabetik oyoq panjasi 
rivoglanish stadiyalarini hisobga olish juda muhimdir.
Quyidagi bosqichlar farq qilinadi:
O – bosqich - oyoq panjasida ochiq jarohatlar yo’q, giperkeratozlar yumshoq to’qimalar 
autolizini niqobi ostida paydo bo’lishi mumkin. 
1 - bosqich-yuza, oyoq panjasining noinfektsiyalangan jarohatlari. 
2 – bosqich - chuqur infekciyalangan oyoq panjasining jarohati yumshoq to’qima va 
paylarning zararlanishi bilan. 
3 – bosqich - oyoq panjasi chuqur jarohati, osteomielit va qon aylanish buzilishi bilan. 
4 – bosqich - oyoq panjasi qismlari va barmoqlari gangrenasi. 
5 - bosqich tarqalgan gangrena. 
0 - 3 guruhlar neyropatik xarakterdagi o’zgarishlar bilan namoyon bo’ladi va konservativ 
davoga muhtoj bo’ladi. 
4 - 5 guruhlar neyroishemik tabiatga ega bo’lib, operativ davoga muhtoj bo’ladi. 
Diabetik panja markazi tavsiyalariga binoan bemorlar 2 - bosqichida statsionar 
sharoitlarida davo olishlari mumkin, lekin 3 - bosqichida albatta stasionar davo olishi shart. 
Diabetik oyoq panjasi kuchayishida asosiy metabolik faktor bo’lib giperglikemiya 
hisoblanadi, shuning uchun davolashda asosiy yutuq uglevod almashinuvining adekvat 
korrekciyasiga bog’liq. 
Qari insonlarda periferik tomir va nervlar zararlanishi, oyoq panjasi deformatsiyasi 
kuzatilsa, ular havf guruhiga kirib 1 yilda 1 martagacha tekshiruv va ko’rikdan o’tishi kerak, 
bu tekshiruvlar teri qoplamlarini ko’rish, og’riq, taktil, harorat va vibratsion sezgisini 
baholashni o’z ichiga olishi kerak. 
Qon oqimini baholash zarur, bunga magistral tomirlar pulsaciyasi, boldir - elka indeksini 
aniqlash (AQB oyoqlarda/AQB qo’llarda, normada oyoqlarda balandroq bo’ladi), RVG, 
angiografiya kiradi. Diabetik panjani oldini olish uchun bemorlarni o’z-o’zini nazorat 
qilishga o’rgatish qonun-qoidalarga amal qilish katta ahamiyatga ega. 
Diabetik panjada oyoqlarni parvarish tamoyillari: 
-glikemiya nazorati; 
-oyoqlarni ko’zdan kechirish va palpatsiya; 
-oyoqlarni parvarish qilish; 
-oyoq kiyim tanlash; 


63 
Diabetik oyoq 
Sindromi 
Qandli diabet 
kompensatsiyasi 
Oyoqlarni umumiy ko’zdan kechirish va paypaslab ko’rish –oyoq panjasini zararlanishini 
aniqlaydigan eng oddiy va effektiv usul hisoblanadi. Quyidagi belgilarga ahamiyat berish 
zarur: oyoqlarning rangi-qizil (neuropatik shishlar yoki Sharko artropatiyasida), rangpar, 
cianotik (ishemiyada), pushti rangda og`riqli simptomatika va pulsatsya yo`qligi bilan birga 
kelishi (og`ir ishemiya), deformatsiyalari: hallux valgus, hallux varus, oyoq panjasi matarzal 
suyaklarning boshchalarini bo`rtib chiqishi, Sharko artropatiyasi; shishlar; ikki tomonlama-
neyropatik-yurak yoki buyrak etishmovchilligi sababli kelib chiqqan bir tomonlama 
infekcialangan zararlanish yoki Sharko artropatiyasi sababli kelib chiqqan shishlar paydo 
bo’ladi; tirnoqlar holati-neyropatiya va ishemiya tufayli atrofik bo’ladi, zamburug’li 
zararlanishda tirnoqlar rangining o’zgarishi kuzatiladi; giperkeratozlar –oyoq panjasining 
ko’proq bosim ta’sir etadigan maydonlarida ayniqsa kuchli ifodalangan bo’ladi, masalan 
metatarsal suyaklar boshchalari proekciyasi sohasida ko’proq kuzatiladi; yaralar DP ning 
neyropatik turida tovon sohasida, ishemik turida akral nekroz shaklida kuzatiladi; pulsaciya-
oyoq panjasi usti va orqa boldir arteriyasida susaygan yoki ishemik turda xatto aniqlanmaydi, 
neyropatik turida esa normada bo’ladi; terining holati-quruq, ingichkalashgan(neyropatiya) 
bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin