O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi


Insulinga bog’liq bo;lmagan qandli diabetda ichki a’zolarning zararlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Insulinga bog’liq bo;lmagan qandli diabetda ichki a’zolarning zararlanishi. 
Patologiyada hayot uchun muhim a’zolar funksiyasi ertami kechmi buzilishi mumkin. Eng 
asosiy o’zgarishlar organizmning 2ta muhim strukturalari qon va nerv to’qimasida 
rivojlanadi. Neyropatiya bilan birga rivojlanuvchi mikro va makro angiopatiyalar insulinga 
bog’liq bo’lmagan qandli diabet asoratlari rivojlanishidan dalolat beradi.
Diabetda yurak-qon tomir sistemasining zararlanishi. 
Qari va keksa bemorlarda qon-tomir zararlanishlari orasida yurak-qon tomirlari , miya va 
oyoqlar 
tomirlarida 
aterosklerotik 
o’zgarishlarining 
kuchayishi 
bilan 
boradigan
makroangiopatiyalar ko’proq kuzatiladi. Insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet bilan 
og’rigan bemorlarda yurak ishemik kasalligi va gipertenziya 2-3 marta, oyoqlar gangrenasi 
20 marta ko’p uchraydi. 50% xolatlarda insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabetda arterial 
gipertenziya, 30% yurak-qon tomir patologiyasi ilk kuzatilishi mumkin. Yurak 
yetishmovchiligining rivojlanish ehtimoli bu kasallikda oshib boradi. Qandli diabetda qon-
tomir kasalliklari 70% holatlarda o’limga olib keladi. 
Qandli qiabetda erkaklar va ayollar o’rtasida yurak ishemik kasalligi uchrash chastotasi 
o’rtasidagi farq yo’qoladi. Qandli diabet bilan og’rigan ayollarda bosh miyaga qon quyilishi 
boshqa ayollarga nisbatan 6 marta ko’p uchraydi. Bu kasallikdagi metabolik siljishlar mikro, 
makroangiopatiyalar, shuningdek miokard metabolizmi buzilishiga olib keladi.
Diabetik makroangiopatiyaga erta va tarqalgan ateroskleroz deb ham qaraladi, chunki 
haqiqiy aterosklerotik o’zgarishlardan hech qanday spetsifik farqi yo’q. Qon tomirlarning 
aterosklerotik zararlanishining havf umumiy faktorlariga giperlipidemiya, gipertenziya, 
chekish, tana massasining oshishidan tashqari yana buyrakning diabetik zararlanishi tufayli 
kelib chiqqan proteinuriya, giperinsulinemiya, giperglikemiya ham kiradi. Qandli diabet 
bilan og’rigan keksa va qari bemorlarda yurak ishemik kasalligi klinikasi xususiyatlariga: 
kam ifodalangan og’riq sindromi, o’tkir miokard infarktining atipik formalari chastotasining 
oshishi, fermentemiyaning yoqolishi, EKG ko’rsatkichlaridagi sekin dinamika, asoratlar 
chastotasi va kasallik qayta rivojlanishiga moyillikning oshishi kiradi. Ishemiyaning 
kuchayishida nafaqat glikemiya darajasi, balki uning o’zgarish tezligi ahamiyatga ega. Qari 
va keksa yoshdagi bemorlarda glukoza miqdorining nostabil bo’lishi xarakterli. Qancha yosh 
o’tkan sari qandli diabetning kechishi davomiyligi, tromboembolik asoratlar, ritm 
buzilishlari, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi, chap qorincha postinfarkt anevrizmasi 
uchrashi shuncha yuqori bo’ladi. 
Organ va sistemalarning qo’shilgan zararlanishlarida oshqozon-ichak trakti reflektor falaji
psixozlar rivojlanishi mumkin.


60 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin