40
Tayanch - xarakat tizimining yosh bilan bog`liq o’zgarishlari fiziologik -
anatomik xususiyatlari. Keksa va qariyalardagi bo’g`im sindromida hamshiralik ishi.
TAYANCH HARAKAT ORGANLARIDAGI YOSH BILAN BOG’LIQ
O’ZGARISHLAR VA KASALLIKLAR
Tayanch harakat apparatining suyak va tog’ay to’qimalarida, boylamlarida yosh
o’tishi bilan distrofik- destruktiv o’zgarishlar, osteoporozlar paydo bo’ladi. Suyak, tog’ay
apparatining qarish jarayoni odam bo’yining pasayishi bilan ifodalanadi. Bunga umurtqa
pog’onasining egilishi, umurtqalararo diskning va suyak tog’aylarining yupqalashuvi sabab
bo’ladi.
Osteoporoz
jarayonida suyak to’qimasida ro’y beradigan distrofik o’zgarishlar har o’n
yilda ortib boraveradi. Suyakning mustaqkamligi va turli cho’zilish, egilish, qisilishlarga
chidamliligi pasayadi, shu bois keksalarda suyak sinishi ko’p kuzatiladi. 60 yoshda barcha
suyak sinishining yarmidan ko’pida son suyagining bo’yinchasi sinishi kuzatiladi.
Umurtqa osteoxondrozi
- umurtqalararo disklarning distrofik destruktiv o’zgarishlari
oqibatida kelib chiqadi. Geriatrik bemorlarning 95-98% ida bu kasallik uchraydi. Diskning
xiqildoqsimon yadrosi juda qisilgan bo’lib, doimo kengayishga qarakat qiladi. Umurtqa
tanasiga tushadigan zarblarni bilintirmaydi. Fibroz halkalari va gialin plastinkalarda
yoriqlar va uzilishlar paydo bo’ladi. Disklarning bu destruktiv o’zgarishlari oqibatida
umurtqalararo kamgak torayib qoladi. Bel dumqaza osteoxondrozi klinikasida lyumbago
yoki lyumbalgiya, ya'ni to’satdan bel soqasidagi qattiq oqriqcha oyoq og’rig’i qo’shilishi
kuzatiladi. Og’riqlar yurganda, kishi yo’talganda, aksa urganda zo’rayadi.
Umurtqa pog’onasi yon tomonga qarab qiyshayib qoladi, lasseg simptomi
tekshirilganda og’riqlarning kuchayishi kuzatiladi. Umurtqa pog’onasi rentgenogrammasida
diagnoz tekshirib ko’riladi. Bo’yin osteoxondrozida yelka kamari va qo’llarda og’riqlar
kuzatiladi. Osteoxondroz bilan og’rigan bemorlarning o’rinboshi qattiq bo’lishi kerak,
bemorga og’riq qoldiruvchi dorilar, spazmolitiklar, tiamin, sianokobalomin buyuriladi.
Paraverterbral novokain bilan blokadalar qilish mumkin.
Fizioterapevtik muolajalardan diadinamik toklar, ultratovushlar, novokain bilan
elektroforez, vodorod sulfidi va rodonli vannalar, massaj tavsiya etiladi. Defromasiyalovchi
osteoartroz - asosan yoshi qaytgan va keksa odamlarda uchraydigan kasallik. Bu kasallikda
tog’ay to’qimasida degenerativ va destruktiv o’zgarishlar boshlanib, keyinchalik suyaklar
reaktiv holda o’sib ketadi, natijada bo’g’imlar funksiyasi ishdan chiqadi. Odamning semirib
ketishi, bo’g’imlar travmasi osteoartrozni paydo qiladi. Bo’g’im tog’ayi yupqalashadi,
yoriladi, osteofitlar va suyak o’siqlari paydo bo’ladi. Kasallik sekin-asta rivojlanadi.
Bemorlar bo’g’imlarda og’riq, qarsillashidan noliydilar. Bo’g’imlar harakati qiyinlashadi,
agar oyoq bo’g’imida bo’lsa, bemor oqsoqlanib yuradi. Rentgenologik tekshiruv
o’tkazilganda suyakni turtib chiqib qolgan osteofitlar, osteoporoz kuzatiladi. Davolash
maqsadida analgetiklar, butadion, reoperin, indometasin buyuriladi. "V" guruh vitaminlari,
rumalon, elektroforez, balchiq va suv muolajalari tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: