79
KEKSA VA QARI YOSHDAGI BEMORLAR REABILITASIYASI
Tibbiyot xodimlari geriatrik bemorlarga profilaktik reabilitasiya tadbirlarini o’tkazishni
bilishlari va uddalashlari kerak. "Reabilitasiya" yoki sog’liqni
qayta tiklovchi davo
choralarining maqsadi geriatrik bemorlarni va nogironlarni oddiy turmush tarziga qaytarish,
moslashtirish, begona odamlarga muhtojlikdan qutqarishdir.
Reabilitasiya murakkab jarayon bo’lib to’rt turdan iborat:
1. Tibbiy reabilitasiya - bemorlarni davolash.
2. Psixologik reabilitasiya - bemorlarni ruhiy depressiya, tushkunlikka tushish holatidan
chiqarish.
3. Ijtimoiy reabilitasiya - jamoatchilik va oila davrasidagi hayotini tiklash.
4. Mehnat reabilitasiyasi - mehnatga layoqatligini qisman yoki to’liq tiklash.
Bemorlarni davolashning o’zi tibbiy reabilitasiya hisobtanib, uning muvaffaqiyati davo
nechog’li erta boshlanganiga bog’liq. Reabilitasiyaning barcha
turlari bir-biri bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, bemor sog’liqini tiklashga qaratilgan. Keyuaygan bemorlarni
reabilitasiya davrida. Izdan chiqqan
funksiyalarining tiklanishi, ko’rsatilgan davoning hafi
juda sekinlik bilan namoyon bo’ladi. Reabilitasiya davrida geriatrik
bemorlarga tibbiyot
xodimlarining muomalasi,
xatti-harakatlari, ularning soqayishiga ishonch qissini uyqotishi
katta aqamiyatga ega. Bosh miya o’tkir qon aylanishning buzilishidan
keyingi parez yoki
falajliklarda, travmalarda ertaboshlangan reabilitatsiya tadbirlari,
harakatlar, mashqlar
organizm funksiyalarini tiklanishga yordam beradi. Mashqlarni
asta sekinlik bilan
ko’paytirib boorish lozim. Bemor reabilitatsiyasida mehnat bilan mashg’ul bo’lish muhim
ro’l
egallaydi, bemorlarni ruhan tetiklashtiradi. Bunday bemorlarga mehnat sharoitini
yengillashtirish va qulay sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: