O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Shaxslararo muloqotni aniqlash testi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Psixologiya

 
Shaxslararo muloqotni aniqlash testi. 
“O`zgalarni tinglay olasizmi?” 
Quyida berilgan savollarga keltirilgan javoblarning o`zingizga mosini tanlab belgilang. 
1. Sizningcha suxbatlashishdan maqsad nima? 
a) suxbatdoshni yaxshiroq o`rganish; 
b) biror masala bo`yicha o`z fikrini bildirish; 
v) fikr almashish va muhokama qilish. 
2. 
Sizga bolalar «Bulutlar qayerda uxlaydi?», «Buvilar kichkina bo`lishganmi?» tarzida 
savollar berishadimi? 
a) 
ha, tez-tez; 
b) 
hech kachon; 
v) 
ba‟zan. 
3. 
Ertalab ishga yoki o`qishga ketayotib, qo`shiq xirgoyi qilasizmi? 
a) 
ha, doimo bir xil ashulani; 
b) 
ha, odatda har xil ashulani
v) 
yo`q, hech qachon. 


136 
4. 
Yig`ilish oxirida ma‟ruzachiga savollar berasizmi? 
a) 
ha, doimo nimanidir so`rashga to`g`ri keladi; 
b) 
ba‟zan, uning fikri bilan qo`shilmaganimda; 
v) 
hech qachon. 
5. 
Do`stingiz yoki kasbdoshingiz bilan suxbatlashgandan so`ng o`sha muammo yuzasidan 
o`z qarashlaringizni o`zgartirganmisiz? 
a) 
ko`pincha shunday bo`ladi; 
b) 
ba‟zan; 
v) 
hech qachon. 
6. 
Kim bilandir suxbatlashayotganda: 
a) 
ko`proq siz gapirasiz; 
b) 
ko`proq suxbatdoshingiz gapiradi
v) 
ikkalangiz teng gapirasiz. 
7. 
Narxi bir xil bo`lganda siz nimani harid qilishni afzal ko`rasiz? 
a) 
kitobni; 
b) 
qo`shiqli diskni; 
v) 
kinoga biletni. 
8. 
Sherigingiz sizga aloqasi bo`lmagan o`z muammosi xususida gaplashmoqchi. Siz nima 
deb o`ylaysiz? 
a) 
«qimmatli vaqtni yo`qotdim-a»; 
b) 
«endi unga tapsirim kuchliroq bo`ladi»; 
v) 
«unga yordam beryapman». 
9. Quyidagi jumlalarning qay biri sizning nuqtai nazaringizga to`g`ri keladi? 
a) 
ayni muammo yuzasidan mutaxassisgina aniq fikrga ega bo`lishi mumkin; 
b) 
chiroyli gapirishni bilgan odam xohlagan mavzusida ham gapirishi mumkin; 
v) 
ko`pincha mutaxassislarga o`z muammolari va g`oyalarini bayon etish uchun notiqlik 
malakasi yetishmaydi. 
10. Suxbat chog`ida hayolingiz chalg`ib ketsa, nima qilasiz? 
a) 
gapirayotganni to`xtatib, o`sha yerni qaytarishni so`rayman; 
b) 
suxbat oxirida so`rashim uchun noaniq joyini eslab kolaman
v) 
umuman menga hamma narsa ayon. 
11. Ertalab radio orqali eshitgan axborot yoki qo`shiqni qaytara olasizmi? 
a) 
ha, doimo; 
b) 
ha, lekin esga tushirish uchun vaqt kerak; 
v) 
eslay olmayman. 
12. Estrada qo`shiqchisida sizga ko`proq nima yoqadi? 
a) 
ovozi; 
b) 
tashqi ko`rinishi; 
v) 
sahnada o`zini tutishi. 
13. Konsertlarga tushish siz uchun: 
a) 
qoniqish hosil qiladigan hodisa; 
b) 
ko`p qatori bo`lish; 
v) 
yaxshi ko`rgan xonanda bilan uchrashuv. 
14. Siz 
mehmondasiz, u yerda sizdan boshqa yana 5-6 kishi bor. Siz gap boshlaganingizda
ko`pincha: 
a) sizni hech kim tinglamaydi; 
b) hamma sizga maxliyo bo`ladi; 
v) siz suxbatning tashabbuskori emassiz. 


137 
15. Siz jamiyatda ro`y berayotgan barcha hodisalardan xabardorsiz. CHunki siz: 
a) muntazam televizor ko`rasiz; 
b) radio eshitasiz
v) gazeta o`qiysiz. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin