O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127
Psixologiya

ma’naviy
 
intellektual
 
estetik
 
Oddiy irodaviy 
harakatlar
 
Murakkab irodaviy 
harakatlar
 
ҳаракатлар


101 
Masalan, o`quvchi jismoniy tarbiya darsida birinchi marta tayanib sakrashga 
urinayotib, yiqilishi va lat yeyishi mumkinligi bilan bogliq bo`lgan bahzi bir 
xavfsirashlarni yengib o`tadi. Bunday irodaviy harakatlar oddiy deb ataladi. Murakkab 
irodaviy harakatlar bir qancha oddiy harakatlarni o`z ichiga oladi. Murakkab ishlab 
chiqarish faoliyatini bajarish to`g`risida qaror qabul qilarkan, yosh yigit qator ichki va 
tashqi to`siqlar va qiyinchiliklarni bartaraf etadi hamda o`z niyatini amalga oshiradi. 
O`z navbatida, murakkab harakatlar kishining ongli ravishda qo`yilgan yaqin va uzoq 
maqsadlarga erishishga qaratilgan, uyushgan irodaviy faoliyati sistemasiga kiradi. 
Unda kishining u yoki bu irodaviy fazilatlari namoyon bo`ladi. 
Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifalarning bajarilishini tahminlaydi va ularda o`zini 
namoyon qiladi: 
 4-shakl 
Irodaning undovchi vazifasi kishining faolligi bilan tahminlanadi. Harakat oldingi 
vaziyat bilan bog`liq bo`lgan paytdagi reaktivlikdan farqli o`laroq faollik harakatning 
ayni o`zida namoyon bo`ladigan ichki holatiga nisbatan subyektning o`ziga xos 
xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (zarur axborotni olishga ehtiyoj 
sezayotgan kishi o`rtogini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon atrofdagilarga qo`pollik 
qilishga yo`l qo`yadi va hokazo). 
Irodaning undovchi vazifasi bilan birgalikda harakat qiluvchi to`xtatish vazifasi 
faollikning yoqimsiz ko`rinishlarini jilovlashda namoyon bo`ladi. Shaxs uning 
dunyoqarashida, eng yuksak maqsadlariga javob bermaydigan motivlarning 
uyg`onishini va harakatlarning bajarilishini to`xtatishga qodirdir. To`xtatish bo`lmasa, 
xulq-atvorni boshqarish bo`lmas edi. 
Kishining
tavakkalchilik
sharoitidagi
xatti-harakati 
irodaning 
harakterli ko`rinishlaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Tavakkalchilik - subyekt 
uchun uning cheki noma‟lum yoki muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin 
bo`ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og`riq ta‟sirini o`tkazish, jaroxat, obro`ni 
yo`qotish) xaqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning harakteristikasidir. 
Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik 
extimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg`unlashtirilishi bilan belgilanadi. 
Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart sifatida irodaning qo`shilishini nazarda 
tutuvchi tavakkal qilish xatti-harakatning ikkita o`zaro bog`langan sababini ajratib 
ko`rsatadi. 
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda tavakkalchilikning 
birinchi turi - bu yutuqqa umid bog`lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan 
kattalikning 
muvaffaqiyatsizliklar 
oqibati 
darajasidan 
ortishidir 

situativ 
tavakkalchilik. Bu o`rinda muvaffaqiyat motivatsiyasi muvaffaqiyatsizlikdan qutilib 
qolish motivatsiyasidan kuchliroqdir. Agar kundalik xulq-atvor ishlar uchun qarama-

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin