99
Stress yoki kuchli hayajonlanish - psixologik tahrifga kura affekt holatiga yaqin
turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin
bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishining aloxida shakli
(ingl. «stress» - zo`riqish)
hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan,
uyalgan, taxlika ostida qolib ketgan kabi vaziyatlarda ro`y beradi. Umuman olganda,
stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan stresslar
muqarrar va zararsiz bo`lib, xaddan tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham,
korxona va tashkilotlar
uchun ham qiyinchiliklar, qo`yilgan maqsadlarni qo`lga
kiritishda muammolar keltirib chiqaradi.
Stress deganda insonning atrofdagi stimullarga yoki tashqi ta‟sirlarga jismoniy,
kimyoviy va psixologik reaktsiyalari majmui tushuniladi. Bunda atrof-muhitdagi
kuchlar insonning fiziologik va psixologik funktsiyalarini muvozanatdan chiqaradi.
Stress
holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya‟ni
stressorlar keltirib
chiqaradi. Hayotda stresslar bo`lib turishi
tufayli ularni boshqarishni, ular keltirishi
mumkin bo`lgan zararni kamaytirishni bilish zarur.
Uzoq davom etadigan va barqaror bo`lgan emotsional holatlardan biri –
Dostları ilə paylaş: