97
shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish, stress mavjud. Ehtiros, tor
ma‟nodagi so`z bilan aytganda, his-tuyg`ular - shaxsning emotsional soxasini tashkil
etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar
o`rtasidagi murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi.
Hissiyot yoki emotsiya deb kishining bilmoqchi va qilmoqchi bo`lgan
narsalariga o`z munosabatlarini tuyg`ularidan kechirishini, ya‟ni
muhitdagi narsa va
hodisalarga, o`z ishlariga, o`ziga va o`zining qilgan harakatlariga bo`lgan
munosabatlaridan tug`ilgan tuyg`ularga aytiladi. Bir narsadan huzurlanish yoki
behuzur bo`lish, suyunush, qayg`urish,
muhabbat, qahru-g`azab, g`ayrat va shijoat,
qo`rqish, iztirob, tashvish, xotirjamlik kabi hollarning har qaysisi hissiyot yoki
emotsiyaning bir misolidir.
Hissiyot manbalari haqiqatda mavjud bo`lgan har xil narsa va hodisalarki, odam
o`z hayoti va faoliyatida bu narsa va hodisalarga to`qnashadi.
Biroq har bir narsa va
hodisani odam bevosita o`zi idrok qilmaguncha, yoki biron boshqa yo`l bilan uni
bilmaguncha, bu narsa va hodisalar hissiyot manbai bo`lolmasligi aniqdir. Biron
narsaga qandaydir munosabatda bo`lmoq uchun uni biron jihatdan bilmoq kerak. Shu
sababli hissiyot hamisha sezgi, idrok, xotira yoki hayol obrazlari, fikr shu kabi bilish
jarayonlari bilan birgalikda kechadi.
Hissiyotlar ta‟sirchanligi bilan ajralib turadi.
Ular xatti-harakatlarga, fikr-
mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo`lib, kuch-g`ayratlarni oshirib
yuboradi va
stenik deb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar sustligi, loqaydligi
bilan
ajralib turadi, his- tuyg`ularning boshdan kechirilishi kishini bushashtirib
yuboradi va bu holat psixologiyada
astenik deb ataladi (masalan, qo`rqqanidan
oyoqlari qaltirashi, kuchli his-tuyg`uga berilib, hayolga cho`mib, o`zi bilan o`zi ovora
bo`lib qolish hollari).
Inson psixologiyasini bilish uchun, uning psixikasida hissiyot tomonidan bo`lgan
farqni bilish juda muhim. Birovni yaxshi tanimoq uchun uning fikrini va harakatlarini
bilish bilangina kifoyalanmay, balki uning hissiyoti qandayligini ham bilish kerak.
Insonlarning hissiyotidagi farqlari quyidagi bo`lishi mumkin:
1-shakl
Dostları ilə paylaş: