102
qarshi boglanishligi e‟tiborga olinadigan bo`lsa - muvaffaqiyatsizlikdan
qutulish
motivatsiyasi muvaffaqiyat motivatsiyasidan kattaroq kuchga ega bo`ladi demak,
tavakkalchilik - qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan voqeadir.
Irodaning asosini, xuddi umuman subyektning faolligi kabi,
uning xatti-
harakatlari va ishlarining ko`p tarmoqli va xilma-xil motivlashtirilishiga sabab
bo`luvchi ehtiyojlari tashkil etadi.
Irodaviy harakatda uni motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik manbai,
uning yo`nalganligi va o`z-o`zini boshqarish vositalari namoyish kilingandir.
Shunday qilib, ehtiyojlar bir xil harakatlarning bajarilishini
belgilaydigan va
boshqalarining bajarilishiga xalaqit beradigan har xil motivlarga aylanadi. Irodaviy
harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko`pmi darajada
anglanilgan harakterda
bo`ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganiga bog`liq holda intilish va
istakni ham farq qilsa bo`ladi. Yetarli darajada anglanilmagan
ehtiyojdan iborat
faoliyat motivi -
intilishdir. Faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning
yetarli darajada
tushunib yetilganligi bilan harakterlanashi -
istakdir. Malakali yosh muxandis mehnat
unumdorligini yanada oshirish istagini bildirib, yangi ilg`or texnologiya yordamida o`z
chizmalarini yanada takomillashtirish to`g`risida o`ylaydi, o`z ish jadvalini qayta
ko`rib chiqib, har bir harakatini hisobga oladi.
Irodaviy xatti-harakatning so`nggi jihati
- ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi,
irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi.
Irodaviy xatti-harakatning eng muhim bo`g`inlari - qaror
qabul qilish va uni ijro
etish - ko`pincha alohida hissiy holatning
irodaviy zo`r berish sifatida tavsiflanadigan
holatning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Irodaviy zo`r berish bu hissiy xayajon shakli
bo`lib, kishining harakatga qo`shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo`q
bo`luvchi yoki yetarli bo`lmagan ichki resurslarini (xotirasi, tafakkuri, hayoli) safarbar
etuvchi sabablardir. Irodaviy zo`r berish natijasida bir
xil motivlarning harakati
to`xtatlib, boshqalarining harakatini haddan ziyod kuchaytirish mumkin bo`ladi. Burch
hissi bilan tug`ilgan irodaviy kuch-g`ayrat tashqi to`siqlarni bartaraf etishga va harakat
qilishga safarbar etadi. Irodaviy kuch-g`ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo`rquv,
charchash kabilar ustidan qozonilgan g`alaba
anchagina hissiy zavq beradi, o`z
ustingdan erishilgan g`alaba kabi boshdan kechiriladi. Tashqi to`siq yengib o`tish
lozim bo`lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo`lsa u
irodaviy zo`r berishni talab qiladi. Irodaviy kuch-g`ayrat sarflash odati matonatli fe‟l-
atvorni shakllantirishning majburiy sharti bo`lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: