O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127
Psixologiya

Demokratik usulda suxbatlar, munozaralar, mulohazalar o`zaro tenglik, o`zaro 
hurmat ruhiga bo`ysundirilib, ta‟sir o`tkazish sohalari yashiringan holda bo`ladi. Shu 
boisdan, tasodifan voqea va hodisalarning sodir bo`lishi turlicha baholanadi,
rag`batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday odilona amalga oshirilgan muloqot 
ta‟sirida o`g`il-qizlarda do`stlik, dilkashlik, xushmuomalalilik, shaxsiy xatti-harakatida 
va mulohaza yuritishida mustaqillik, shaxsiy qarashlari saqlangan holda yangi 
norma va talablarga moslashish, o`z faoliyati uchun javobgarlik, emotsional 
zo`riqish davrida o`z-o`zini qo`lga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo bo`ladi.
Muloqotning yana bir shakli avtoritar deb atalib, bunda shaxslararo teng 
huquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashabbuskorlik o`z ahamiyatini yo`qota 
boshlaydi. Masalan, boshliq tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati 
ko`pincha cheklab qo`yiladi. Boshliq tomonidan ta‟sir o`tkazishning asosiy metodi– 
jazolash hisoblanadi. Biroq onda-sonda rag`batlantirish metodidan foydalanilganda 
ham, u xodimga mahnaviy ozuqa bermaydi. Mazkur usul oilada qo`llanilsa, 
farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi kamayadi, keyinchalik bu tuyg`u
uzoqlashish, «begonalashish» kechinmasiga aylanadi. Oiladagi shaxslararo 
munosabatlar bolalarni qoniqtirmaydi; natijada odamovi, tund, ichimdagini top
tashvishlilik, xavotirlilik kabi sotsial norma va qoidalarga qiyinchilik bilan 
moslashishdan iborat xarakter hislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a‟zolari 
ruhiy dunyosida simpatiya(yoqtirish), empatiya(hamdardlik), samimiylik, hayrixohlik 
kabi yuksak insoniy his-tuyg`ular juda nursiz ifodalanadi. Ko`rko`rona va so`zsiz 
bo`ysunishga asoslangan munosabatlar negizida yotgan tarbiyaviy ta‟sir qo`rqoq va 
irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi.
Muloqot shakli ichida liberal usuli ham ko`zga tashlanib turadi. Bu usul muloqot 
jarayonida murosasoz, ko`ngilchan bo`lishlik, tashqi ko`rinishdan iliq psixologik 
iqlimni, guruhiy moslikni o`zida aks ettirgandek bo`lib tuyuladi. Afsuski, liberallik,


122 
murasasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilishga, printsipiallikdan 
uzoqlashishga, subutsizlikka olib keladi. Masalan, ota-onalarning farzandlari bilan 
bunday munosabatda bo`lishlari salbiy oqibat sari yetaklaydi: qat‟iylik, mustaqillik,
dadillik va cho`rtkesarlik singari irodaviy sifatlar farzandlar ruhiy dunyosidan
uzoqlashadi. Murosasozlik ta‟sirida yosh avlod xarakterida munofiqlik,
ikkiyuzlamachilik va masuliyatsizlik kabi illatlar tarkib topishi mumkin.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin