127
ko`zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishing
bahzi jixatlarini yaxshilash, bu bilan mexnat unumdorligini oshirish istagining natijasi
sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo`lishi mumkin. Jamoa a‟zolarining printsipalligi
hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi tashabbusi
tufayli yuzaga keladi.
Ishlab chiqarishda
nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradigan turli sabablarga
ko`ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklar;
xaq to`lashning takomillashtirilmaganligi;
yomon mehnat sharoitlari;
mehnat
haqidagi qonunlarni
o`zi;
raxbarlikning qoniqarsiz saviyasi;
o`zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasi
.
Jamoa a‟zolari orasida nizolarning ko`pchiligi qo`yidagi
sabablar tufayli sodir
bo`ladi:
1.
Vazifalarni – o`zaro bog`liqligi. Mehnat taqsimot barcha bo`g`inlarni bir-biri
bilan bog`lab qo`yadi. Bunday sharoitda bir kishi yoki gurux kishilarning bajaradigan
ishi boshqa bir kishi yoki boshqa bir gurux ishiga bog`liq bo`lib qoladi. Ko`rib
turibsizki, noroziliklar hamma bug`inlarda bor. Aynan shular nizoni kelib chiqishiga
sabab bo`ladi.
2.
Erkinlik, mustaqillik va o`z qadrini bilishdagi har xillik. Bu sabab eng ko`p
hollarda uchraydigan sabablardan hisoblanadi. Masalan, bo`ysunuvchi o`z
fikrini
aytishga har doim xoxlayman deb aytsa, raxbar bunga javoban fikringizni faqat biz
«so`ragan paytda aytishingiz mumkin» desa, o`z-o`zidan nizo vaziyat tug`iladi.
3.
Manmanlik, qaysarlik. SHunday xodimlar borki, faqat o`zining fikrini
maqullaydi, murosaga xech ham bormaydi. Bunday odamlar g`alvaning ini. Ular bilan
nihoyatda extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish kerak.
4.
Kommunikatsiya. O`zaro aloqaning qoniqarsizligi. Axborotning xodimlarga
yetib bormasligi yoki uning juda ham sust bo`lishi nizo chiqish uchun ham sabab, ham
oqibat bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: