O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Shaxslararo nizolarning kelib chiqishi quyidagi holatlarga bog`liq bo`ladi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127
Psixologiya

Shaxslararo nizolarning kelib chiqishi quyidagi holatlarga bog`liq bo`ladi: 

mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish vaziyatlariga; 

jamoa a‟zolarining shaxsiy xususiyatlariga; 

turli vaziyatlarga shaxsning subyektiv munosabatiga; 

shaxslararo munosabatlarning turli vaziyatlardagi turlicha namoyon 
bo`lishiga. 
Bundan tashqari, nizolar quyidagicha toifalanadi:
 
 


128 
7-shakl 
a) 
gorizontal 
bir-biriga bo`ysunmaydigan, tobe bo`lmagan oddiy xodimlar 
o`rtasida 
b) 
vertikal 
o`zaro bir-biridan amal pog`onasi bo`yicha farq qiluvchilar, 
masalan, rahbar bilan xodim o`rtasida 
v) 
aralash 
shaxslararo munosabatlarda u va bu holat uyg`un kelganda 
Odatda ishlab chiqarish faoliyatida eng ko`p tarqalgan nizo turi vertikal va 
aralash bo`lib, ular jami nizolarning 70-80 foizini tashkil etadi. 
Nizolarning oldini olish yoki u paydo bo`lgan bo`lsa, bartaraf etish uchun uning 
kelib chiqish sababini, asosiy aybdorlarni yoki obyektiv sabablarni aniqlash lozim. 
Mutaxassislar tomonidan nizolarni bartarf etishning ko`plab usullari va yo`llari 
borasida tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shulardan biri nizoni xal qilish uchun nizo 
xaritasini tuzish taklif etiladi.
Turli nizolarni bartaraf etishga imkon beruvchi ikki guruh usullari taklif etiladi.
8-shakl 
 
 
Nizolarni xal qilishga bog`liq bo`lgan tizimiy usullar: 
1) ishga nisbatan qo`llaniladigan talablarni tushuntirish. Masalan, ishchi yoki 
xodim o`z xizmat vazifasini to`laqonli ado etolmaganligi sababli u bilan rahbar 
o`rtasida nizo kelib chiqqan bo`lsa, nizoni barataraf etishga axd qilgan kimsa shu 
xizmat lavozimiga qo`yiladigan talablar, xodimning mehnat huquqlari bilan qatorda 
uning burch va mashuliyatini ham yana bir marotaba uqtirib qo`yadi; 
2) muvofiqlashtiruvchi va birlashtirish usullari. Odatda bir xodimning ish 
samarasi boshqa bir xodimga yoki xodimlarga, qolaversa, boshqa tuzilmalarning aniq 
va yaxshi ishlashiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun bir xodim yoki xodimlar guruhida 
nizoli vaziyatning paydo bo`lishiga boshqa bir tuzilma ishidagi nomuvofiqliklar sabab 
bo`lishi mumkin. 
Bunday sharoitda rahbar nizoni barataraf etish uchun o`sha boshqa aybdor 
tuzilmaning faoliyatini aniq yo`lga qo`yishi, yoki xodimlar o`rtasida murosa bo`lishi 
uchun boshqa bir qo`shimcha muvofiqlashtiruvchi bir bo`g`inni ishlab chiqarishda 
joriy etishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish nizosining sababi – xom ashyoning 
vaqtida 
yetkazib 
berilmayotganligi 
bo`lsa, 
rahbar 
tahminotchilar 
ishini 
muvofiqlashtiradi, ular faoliyati bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida birlik va 
hamjihatlik bo`lishiga erishish yo`lida aniq yo`nalishlarni belgilaydi; 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin