133
9. Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari sanab o`ting.
10. Muloqot turlariga izoh bering hamda ularni sanab o`ting.
11.
Demokratik, avtoritar, liberal muloqot turlarini ta‟riflang.
12. Boshqarish jarayonida nizo tushunchasini ta‟riflang.
13. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradigan sabablar qaysilar?
14. Shaxslararo nizolarning kelib chiqishi qanday holatlarga bog`liq bo`ladi?
15. Ijtimoiy psixologik treninglar haqida ma‟lumot bering.
“Muloqotga kirishuvchanlik” (V.Ryaxovskiy testi)
Quyida berilgan 16 savolga “ha”, “yo`q”, “ba’zan” deb javob bering.
1. Sizni amaliy uchrashuv kutmoqda. Uni betoqatlik bilan kutasizmi?
2. Sizni biror
kasallik holdan toydirmaguncha, vrachning oldiga borishni orqaga
suravermaysizmi?
3. Sizni biror mavzudagi axborot bilan yig`ilish, majlis va shunga o`xshash
tadbirda mahruza
bilan chiqish topshirig`i xavotirga soladimi?
4. Sizga ilgari bormagan shaxringizga safarga borib kelishni taklif etishdi. SHu safarga
bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi?
5. O`zingizdagi hissiy kechinmalar bilan kimlar bilandir o`rtoqlashishni yaxshi ko`rasizmi?
6. Ko`chada sizga notanish odam biror iltimos
bilan murojaat qilsa, sizning g`ashingiz keladimi?
7. Siz “Otalar va bolalar” muammosi borligi va turli avlod vakillarining bir-birlarini
tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi?
8. Tanishingizga bir necha oy avval olgan qarz pulini eslatishga uyalasizmi?
9. Oshxona yoki restoranda sizga
yoqmaydigan taom berishdi, idishni chetga surib,
achchig`ingiz kelganini yashira olasizmi?
10. Begona odam bilan yolg`iz qolganingizda, u birinchi bo`lib
gap boshlasa, sizga javob
qaytarish malol keladimi?
11. Siz turli yerlarda odamlarning uzun navbatda turishganini ko`rsangiz,
toqatingiz toq
bo`ladimi. Navbatda turib kutishdan ko`ra, o`z niyatingizdan voz kechishni afzal ko`rasizmi?
12. Biror janjalli vaziyatni muxokama qilishi kerak bo`lgan komissiyaning a‟zosi bo`lishdan
qo`rqasizmi?
13. Sizda biror adabiyot, san‟at va madaniyat asarlarini baholashning
sof individual mezonlari
bor va bu borada boshqalarning fikrini qabul qilmaysiz. Shundaymi?
14. Sizga juda tanish bo`lgan masala bo`yicha boshqalarning noto`g`ri fikrlarini tasodifan eshitib
qolsangiz, indamay qo`ya qolasizmi?
15. U yoki bu masalada yordam berishingizni so`rashsa, siz bundan og`rinasizmi?
16. O`z nuqtai nazaringizni og`zaki bayon etgandan ko`ra, uni yozma tarzda ifodalashni afzal
ko`rasizmi?
Ballarni hisoblang: “ha” – 2 ball, “bahzan” – 1 ball, “yo`q” – 0.
Dostları ilə paylaş: