O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Psixologiya

 
 
 
 
 
 


142 
Xulosa 
Ma`lumki, oliy ta`lim muassasalarida bakalavriat yo`nalaishlarda ta`lim 
olayotgan talabalarni “Psixologiya” fani asoslari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga 
egadir. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan 
biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olishmoqda. Tibbiyot bilan psixologiyaning 
o`zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Ong, shaxsning shakllanishi va 
ijtimoiylashuvi, shaxs faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy xulq motivlari, shaxsning 
individual psixologik xususiyatlari va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
tizimida tutgan o`rnini psixologiya fani orqali tushyntirib beriladi. Yangi davr har bir 
insondan psixologik bilimlarni egallashni talab etadi. Buning uchun shaxs 
psixikasining namoyon bo‟lish shakllari: psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, 
shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur.
Hozirgi kunda psixologiya fani sir-asrorlarini har bir o‟quvchi uchun zarur 
bo‟lgan jihatlarini, chunonchi: psixologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi, 
hamkorligi, bog‟liqligini; psixologiyaning zamonaviy yo‟nalishlari va tarmoqlarini; 
shaxsni psixologik diagnostika qilish usullarini; shaxs va jamiyat munosabatlarini 
uyg‟unligini; shaxs faoliyati va hatti-harakati motivlarini; faoliyati turlarini; shaxsda 
kuzatiladigan psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayolni bilish va 
ularni boshqarish qonuniyatlarini qo‟llay olishni; shaxsdagi qobiliyat, xarakter va 
temperament kabi individual psixologik xususiyatlarning shaxs faoliyati va hayotidagi 
tutgan o‟rnini; shaxsning turli yosh davrlarga bog‟liq xususiyatlarini; shaxsning 
muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o‟z navbatida 
guruhning shaxsga ta‟sirini; o‟quv va tarbiya jarayonida qo‟llash mumkin bo‟lgan 
samarali usullarni bilish, o‟rganish muhimdir.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin