O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127
Psixologiya

Bixeviorizm - AQShda E.Torndayk, D.Uotson kabi olimlar dastlab hayvonlarda 
keyinroq odamlar xulqini o‟rganish asosida xulq- atvor psixologiyasini yaratdilar. 
Bixeviorizmning formulasi SR (Stimul Reaksiya) tasirga javob berishdan iboratdir. 
Bixeviorizm yo‟nalishlari doirasida o‟tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar avvalo 
amerikalik olimlar K.Xoll va V.Skinnerlar nomi bilan bog‟liq. Ular va ularning 
izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki 
kishi o‟rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko‟rinishlarini tadqiq qilib, 
ularda matematik o‟yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar.
Klassik bixeviorizmdan farqli o‟laroq ijtimoiy-psixologik bixevioristlar 
hayvonlar o‟rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning 
uchun ham ularning g‟oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda 
to‟plangan dalillar modelini insonlarda qo‟llash hollari kuzatildi. 
Neobixeviorizm - tajriba yo‟li bilan ta‟sirni o‟rganish, oraliq uzilishlar bo‟lishi 
haqida, buning asosida geshtalt, ya‟ni tasvir haqidagi ta‟limotdir. Uning asoschilari 
E.Tolmen hisoblanadi, xuddi shu ta‟limot asosida avstriyalik vrach psixiatr Z.Freyd 
psixoanaliz ta‟limotini yaratdi.Tushunish psixologiyasi - bu oldindan his etish ya‟ni 
intuitsiyaga asoslangan qarash bo‟lib, uning asoschisi V.Dilten (1833-1911) 
hisoblanadi. U tabiiy ilmiy va diniy ilmiy degan ikki yo‟nalishdagi fanlar tizimini taklif 
qildi.
Freydizmning jahon ilmi va malakiyoti uchun ta‟siri shu qadar katta bo‟ldi-ki, 
jamoadagi yoki guruhiy ongsizlik g‟oyasini ilgarni surgan K. Yung hamda individual 
psixologiyani targ‟ib etgan, A.Adler va ularning izdoshlari bu kontseptsiyani yanada 
rivojlantirishga o‟z hissalarini qo‟shdilar. Bu nazariya va kontseptsiya hanuzgacha 


18 
shaxs psixologiyasini, psixoanaliz esa psixoterapiyani o‟rganishda asosiy metodlardan 
biri sifatida qo‟llanilib kelinmoqda.
Neofreydizm - avstriyalik A.Alfred (1870-1937) shveytsariyalik Yung Karl 
Gustav analitik psixologiyani, amerikalik Xorney (1885-1952) psixoanaliz ta‟limoti 
asosida o‟z nazariyalarini yaratdilar, unga muvofiq odam tashqi ta‟sirga javoban o‟z 
strategiyasini ishlab chiqadi, ya‟ni odamlarga intilish yoki odamlardan qochish, unga 
qarshi chiqish yoki yonbosish ishtiyoqida bo‟ladi. Har doim nevrotik, konflikt 
holatidan chiqish yo‟llarini qidiradi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin