O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Shaxs - idrok qiladi, esda olib qoladi, fikr yuritadi. Psixologiyada «shaxs»



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127
Psixologiya

Shaxs - idrok qiladi, esda olib qoladi, fikr yuritadi. Psixologiyada «shaxs» 
tushunchasi eng ko‟p qo‟llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya 
o‟rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy 
olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning 
ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‟lgan aloqasi masalasini chetlab o‟tolmagan. 
Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti 
bo‟lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo‟lgan eng muhim tasnif ham uning 
jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy 
faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo‟lishlikdir. 
Shaxsga taalluqli bo‟lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, shu tashqi, ijtimoiy 
ta‟sirlarni o‟z ongi va idroki bilan qabul qilib (obyektni), so‟ngra shu ta‟sirlarning 
subyekti sifatida faoliyat ko‟rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk 
yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu 
muhit o‟sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu 
muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‟analar, udumlar, turli xil tillar olami 
bo‟lib, undagi ko‟plab qoidalarga ko‟pchilik mutloq qo‟shiladi, ba‟zilar qisman 
qo‟shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo‟ysunmaslik jamiyat 
tomonidan qoralanadi, ta‟qiblanadi. Demak, “shaxs” haqida gapirganimizda, biz shu 
narsani hisobga olamiz, shaxs - ijtimoiy individ bo‟lib, ijtimoiy munosabatlar, 
faoliyatlar va muomalaga kirishuvchi subyekt. Individ termini odamning biologik 
mavjudot ekanligini bildirsa, shaxs termini - uning ijtimoiy mavjudligidir. Odam 
individ bo’lib tug’iladi, shaxs bo’lib shakllanadi.
Odamning ijtimoyligi uning biologik holati bilan ajratilgan emas. Shaxsning 
individligi boshidayoq kiritilgan va shaxsiy sifati keyinchalik yuzaga keladi. Kelgusida 
u yuqori shaxsiy darajasi bilan namoyon bo‟ladi.
XX asr psixologi va filosofi Erik Fromm shaxs tushunchasiga shunday ta‟rif 
bergan. «Shaxsda shunday yaxlit tug‟ma va orttirilgan psixik xususiyatlar borki, u 
individni xarakterlab beradi va qaytarilmasligini ifodalaydi. Shaxs xususiyatlari - 
temperament, qobiliyat, hissiy-irodaviy sifatlar va xarakterni o‟z ichiga oladi. Ammo, 
shaxsning mohiyati - bu uning yo‟nalganligi, uning motivatsiyalari, ijtimoiy 
munosabatlari va ustanovkalari (ko‟rsatmalari), shu bilan birga albatta o‟z-o‟ziga 
munosabatidir». 


30 
Mehnat tufayli hayvonot olamidan chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til 
yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga - voqelikni 
biluvchi hamda aktiv o‟zgartiruvchi subyektga aylanadi. Shaxs tushunchasini to‟la 
bilish uchun avvalambor, «Individ», «Shaxs» va «Individuallik» tushunchalarini ko‟rib 
chiqamiz. 
Individ - bu biologik, fiziologik, ijtimoiy, psixologik xususiyatlari birligida 
alohida olingan insondir. Individ bo‟lib dunyoga kelgan insonni shaxs bo‟lib 
shakllanishi uchun bir qancha shartlar zarur bo‟ladi: 
1-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin