yoshgacha. 2. Bog‟cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 3. Kichik maktab yoshidagi o‟quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha. 4. O‟rta sinf o‟quvchisi (o‟smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 5. Yuqori sinf o‟quvchisi (ilk o‟spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. Fransuz psixologi E.Dyurkgeym o‟sish - kishilarning his-tuyg‟usini o‟zlashtirish
ekanini, shu tufayli, idrok qilingan tashqi fikrlar va emotsiyalar bolaning ruhiy
faoliyatini ifodalanishini, bola tajriba, an‟ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini,
biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‟lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‟rin
tutishini uqtiradi.
Inson - ijtimoiy mavjudotdir. U tug‟ilgan kunidan boshlab o‟ziga o‟xshash
insonlar qurshovida bo‟ladi va uning butun ruhiy imkoniyatlari ana shu ijtimoiy
muhitda namoyon bo‟ladi. Odam o‟zining birinchi ijtimoiy tajribasini gapirmasdan
oldin egallaydi. Bu tajriba ijtimoiy ta‟sir natijasida subyektiv ravishda egallanadi va u
shaxsning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat
jarayonida uni faol o‟zlashtirish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiylashuv
har bir shaxsning jamiyatga qo‟shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta‟sirini
qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida namoyon etishidir.
Demak, ijtimoiylashuv jarayoni odamlarning muloqoti va ularning birgalikdagi
faoliyati bilan ajralmas bog‟liqdir. Bu tajribani egallash subyektivdir. Bir xil ijtimoiy
vaziyat har xil shaxslar tomonidan turlicha idrok qilinadi va har xil ta‟sir ko‟rsatadi.
Shuning uchun turli shaxslar bir xil obyektiv ijtimoiy vaziyatda har xil ijtimoiy
tajriba orttiradilar. Bu holat bir vaqtning o‟zida ikkita qarama-qarshi va bir xil jarayon
- ijtimoiylashuv va individuallik jarayoni asosida yotadi.