O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127
Psixologiya

Shaxsning ijtimoiylashuvi deganda bolaning psixologik, intellektual shaxsiy 
rivojlanishida ijtimoiy tajribalarni o‟zlashtirishning natijalaridir, ya‟ni ta‟lim tarbiya 
ta‟sirida psixik funksiyalarni o‟zgartirish, ijtimoiy ma‟naviy qadriyatlarni, 
dunyoqarashni xulq-atvordagi norma va qonunlarni shakllantirishdan iborat. 
Shaxs o‟z hayot yo‟lini, maqsadlarini kasbini mustaqil tanlash, o‟zining 
psixologik va fiziologik xatti-harakatlarini boshqara olishi va amalda o‟z qobiliyati, 
layoqatlaridan to‟la foydalana olishi, doim o‟zini mukammallashtirishga intilishi zarur. 
Shaxsning o‟zi, o‟z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur 
qilishdan hosil bo‟lgan obraz - “Men” obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi 
va reallikka yaqinligi shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va uning 
barkamollik mezonlaridan hisoblanadi. 


33 
“Men” obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining 
va tarbiyalanganligining muhim omilidir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, 
tarbiyaga shaxsni o‟zi o‟z sifatlari to‟g‟risidagi tasavvurlarini shakllantirish jarayonidir, 
deb ta‟rif berish mumkin. Demak, har bir inson, o‟zligini qanchalik aniq va to‟g‟ri 
bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham 
shunchalik kam bo‟ladi, ya‟ni u tarbiyalangan bo‟ladi. 
“Men” obrazining shakllanishi, rivojlanishi va o‟zgarishi ichki va tashqi 
qoidalarga bog‟liq. Tashqi muhit (oila, maktab, rasmiy va norasmiy guruhlar) “Men”
obrazining shakllanishiga kuchli ta‟sir ko‟rsatadi. Ijtimoiylashuv jarayonida “Men” 
obrazining shakllanishida oila asosiy rol o‟ynaydi. 
Shaxs faoliyati va ijtimoiy xulq motivlari. 
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‟z-o‟zini anglab, har bir 
harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo‟lgan eng muhim va umumiy xususiyat - 
bu uning faolligidir.
Faollik (lotincha “actus” - harakat, “activus” - faol so‟zlaridan kelib chiqqan 
tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini 
tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - oddiy qo‟limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish 
bilan bog‟liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‟onish paytlarimizda 
amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‟lgan murakkab harakatlarga 
aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs
uning ongi va o‟z-o‟zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat 
turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. 
Inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: 
3-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin