Ma‟lumotning anglanganligi
Xotira faol jarayon bo‟lib, u shaxsning u yoki bu turli ma‟lumotlar bilan ishlash
malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga bevosita
bog‟liq bo‟ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan ma‟lumotining 10
foizini, eshitgan va ko‟rgan narsasining 50 foizgachasini, o‟zi faol bajargan ishlarining
deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko‟plab psixologik eksperimentlarda isbot
qilingan. Shaxsning o‟zi o‟ylab topib, o‟zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga
tushadi. Bu hodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi.
Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100
minggacha so‟zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi Bill
Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr Makedonskiy esa
askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor. O‟z navbatida kishi
xotirasi juda ko‟p omillarga bog‟liq ekanini ham unutmaslik lozim. Kimdir ko‟rganini,
kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi xotirasida qiziqqan
narsasi tezroq o‟rnashadi. Ba‟zan esa ma‟lum hissiy kechinmalar unutilgan voqealarni
qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi. Hatto til o‟rganishga qobiliyati yo‟q, deb
hisoblangan kishilar begona mamlakatga tushib qolganida, xotiralaridagi yangi qirralar
kashf etilgani ham tajribalarda o‟z isbotini topgan. Yoshi qirqdan oshgan kishilar gap
orasida «Xotira chatoq-da, qarichilik endi!» deb qo‟shib ketishi odatiy hol. Aslida esa
bunday emas. Ana shu bahonaga tayanadiganlar ko‟pincha faol o‟rganish davri
tugaganidan keyin o‟rganishga ishtiyoqni yo‟qotishadi va xotirani zo‟r berib
ishlatmasliklari natijasida shu ko‟yga tushib qolishadi. Vaholanki, xotirani charxlash
kundalik ishiga aylanib qolgan, yoshi etmishga etgan aktyorlar butun boshli matnlarni
qiynalmasdan yodlay olishlari barchaga ma‟lum. Germaniya va AQSh kabi bir qator