79
xorij
mamlakatlarida esa, nafaqaga chiqqandan keyin talabaga aylanadigan qariyalar
ko‟plab topiladi. Ular odatda ijtimoiy-gumanitar fakultetlarga o‟qishga
kirishadi va
yosh hamkurslari bilan baravar mashg‟ulotlarni o‟zlashtirib, imtihonlar topshirishadi.
Demak, xotira zaiflashuviga yoshni sabab qilib ko‟rsatish asossiz bahona.
Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi doktor Marion Daymond miya faoliyati ustida
izlanishlar olib borib «Insonning qarishi xotiradagi hujayra bog‟larini yo‟qotmaydi»,
degan xulosaga keldi. Boshqa tadqiqotlar natijasi ham bu fikrni qo‟llab-
quvvatlamoqda. Hatto, agar
miya davomli ravishda ishlab, ta‟limga yo‟nalib tursa,
hujayralararo bog‟lar zichligi yanada mustahkamlanishi xususida qarashlar mavjud.
Etmish, sakson yoshli qariyalar bilan olib borilgan tadqiqotlarda aqliy faoliyatning turli
davrlarida e‟tiborga loyiq natijalarga erishish mumkin ekani isbotlangan.
Demak, xotiraning zaiflashuviga qarilikni sabab qilish o‟rinsiz. Fanda xotiraning
tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‟lib o‟rganiladi. Bular taassurot,
qaytarish va
assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko’rish va eshitish orqali ega bo’linadi. Insondagi ko‟rish hissi
boshqa hissiy a‟zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‟zdan miyaga boradigan
nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq. Masalan, Mark Tven sahnada
o‟ynashi kerak bo‟lgan rolni qaydlar yordamida
yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar
bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha engib o‟ta olgan ekan.
Dostları ilə paylaş: