81
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma‟lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‟p
bo‟lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‟ladi. Masalan, ilgari o‟qigan
biror kitobni qaytadan o‟qib, uni yangidan o‟qiyotganday his qilsangiz, demak, siz
ilgarigi tajribangiz etishmaganligidan uni yaxshi o‟zlashtira olmaganligingizni his
qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar
ham tajribaga aylangandagina, yangilariga
zamin bo‟la oladi.
Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni
eslab qolishdan avval,
bo‟lg‟usi aqliy ishga qanday xozirlik ko‟rgan bo‟lsangiz, shunga mos tarzda eslab
qolasiz. Masalan, fizika o‟qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma‟qul bo‟lgan
bo‟lsa, siz: “Bugun ham yangi narsa o‟rganib chiqaman”, deb o‟zingizni ishontirasiz va
oqibatda natija ham yaxshi bo‟ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. “Bir
amallab
imtixon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga tayyorlangan bo‟lsangiz,
imtixon tugagach, go‟yoki miyangizni birov “yuvib qo‟yganday”
tasavvur hosil
bo‟ladi. Agar materialni mutaxassis bo‟lishim uchun juda kerak,
deb umringiz
oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada uzoq vaqt saqlanadi.
Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan
edi.
Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham
yonma-yon bo‟ladi. Masalan, ayni konkret xona o‟sha erda ro‟y
bergan hodisalarni
ham eslatadi.
Dostları ilə paylaş: