2. Qaytarish yoki takrorlash - qadimda ko‟pchilik olimlar kichik yoshligidayoq
butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o’xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali
eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‟ilgan
yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya
qilishingiz mumkin.
Tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror matnni yod olgach, miyani dam
oldirish kerakligini ta‟kidlashadi. Tin olish jarayonida miya ma‟lumotlarni o‟z-o‟zidan
takrorlar ekan. Bu jarayon ma‟lumot yodlanganidan keyin o‟rinsiz qaytarilaversa ham
buziladi.
Natijada miyada hech qanday «muhrlanish» jarayoni yuz bermaydi. Xo‟sh,
ma‟lumotni yodlash bilan mustahkamlash orasida miya qancha vaqt tin olishi kerak?
Bu savolga ruhshunos olim Peron javob topgan. U bir necha kishilar ustida tajriba
o‟tkazib, ularga 18 ta notanish so‟zlarni yodlashni va quyidagi jadval asosida takrorlab
turishni buyuradi: Tajribada so‟zlar 30 soniyadan keyin 14 marta qaytarilganda yaxshi
samara bergan. Tanaffus 10 daqiqani tashkil qilganda esa 4 marta takrorlash kifoya
qilgan. 10 daqiqadan 24 soatgacha bo‟lgan tanaffusda ma‟lumotlar qisqa muddatli
xotirada mustahkamlangan. 24 soatdan ortiq tanaffuslarda takrorlash miqdori ko‟payib
boradi va 48 soatga etganida 8 marta qaytarish talab qilinadi. Chunki, bu vaqt ichida
xotiraga o‟rnashgan qo‟shimcha ma‟lumotlar xotira quvvatini susaytiradi. Shuning
uchun har 24 soatda yodlangan so‟zlarni qaytarib turish maqsadga muvofiq.
Psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga muvofiq ravishda turlarga, ajratiladi:
80
4-shakl 1.
Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira turlari a) harakat yoki motor harakat xotirasi; b) obrazli xotira; v) his-tuyg‟u yoki hissiyot xotirasi; g) so‟z-mantiq xotira 2.