amaliy - konkret narsalarni bevosita solishtirish;
nazariy - tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran
taqqoslash.
Inson shaxsiy faoliyatida, ta‟lim jarayonida taqqoslash ustida qanchalik ko‟p
mashq qilsa, taqqoslash ko‟nikmasi paydo bo‟lsa, unda fikr yuritish shunchalik
samarali bo‟ladi.
7-shakl Umumlashtirish - umumiy va muhim sifatlariga ko‟ra predmetlarni
guruhlashtirish,
umumiylashtirish
kabilar
kiradi.
Umumlashtirish
deganda
psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu
umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi. Umumlashtirish asosida
abstraktsiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud
bo‟lishi mumkin, lekin abstraktsiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin
emas. Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati
yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan
iborat fikr yuritish operatsiyasi - abstraktsiyalashdir.
Konkretlashtirish- mavhumlashtirishning teskari jarayoni bo‟lib, ayrim
xususiyatlarni konkret buyumida, predmetga qo‟llashdir.
U hodisalarni ichki
bog‟lanish va munosabatlardan qat‟iy nazar, bir tomonlama ta‟kidlashdan iborat fikr
yuritish operatsiyasidir.
Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‟xshashligiga
va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish
tizimiga aytiladi. Fan olamida buyuk kashfiyot bo‟lib hisoblangan D.I.Mendeleyevning
«Elementlarning davriy tizimi» jadvali klassifikatsiya uchun yorqin misoldir.
Sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va
obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o‟rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi.