O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


amaliy - konkret narsalarni bevosita solishtirish;   nazariy



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127
Psixologiya

amaliy - konkret narsalarni bevosita solishtirish; 

nazariy - tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran 
taqqoslash. 
Inson shaxsiy faoliyatida, ta‟lim jarayonida taqqoslash ustida qanchalik ko‟p 
mashq qilsa, taqqoslash ko‟nikmasi paydo bo‟lsa, unda fikr yuritish shunchalik 
samarali bo‟ladi. 
7-shakl 
Umumlashtirish - umumiy va muhim sifatlariga ko‟ra predmetlarni 
guruhlashtirish, 
umumiylashtirish 
kabilar 
kiradi. 
Umumlashtirish 
deganda 
psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu 
umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi. Umumlashtirish asosida 
abstraktsiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud 
bo‟lishi mumkin, lekin abstraktsiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin 
emas. Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati 
yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan 
iborat fikr yuritish operatsiyasi - abstraktsiyalashdir. 
Konkretlashtirish - mavhumlashtirishning teskari jarayoni bo‟lib, ayrim 
xususiyatlarni konkret buyumida, predmetga qo‟llashdir.
U hodisalarni ichki 
bog‟lanish va munosabatlardan qat‟iy nazar, bir tomonlama ta‟kidlashdan iborat fikr 
yuritish operatsiyasidir. 
Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‟xshashligiga 
va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish 
tizimiga aytiladi. Fan olamida buyuk kashfiyot bo‟lib hisoblangan D.I.Mendeleyevning 
«Elementlarning davriy tizimi» jadvali klassifikatsiya uchun yorqin misoldir.
Sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va 
obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o‟rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi.
 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin