O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Hayolning alohida bir shakli bu - orzudir



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
Psixologiya

Hayolning alohida bir shakli bu - orzudir. Ijodiy hayol singari orzu ham 
alohida, mustaqil yangi obrazlar yaratishdir. Ammo orzuning ijodiy hayoldan farq 
qilgan ikki muhim xususiyati bor:
1. Orzu - tilakdagi mavjud obrazlar yaratilishi, lekin ijodiy hayol yaratgan 
obrazlar hamma vaqt yozuvchining tilaklarida gavdalanavermaydi. Misol uchun, 
N.V.Gogol asaridagi Chichikov, Plyushkin, Nozdrevlar kabi salbiy obrazlarni, 
«Gogolning orzusi” deb bo`lmaydi. Kishining orzularida uning tilaklari, uni jalb qilgan 
narsalari, uning intilishlari obraz shaklida gavdalanadi.
2. Orzu - ijodiy faoliyat doirasiga kirmagan, ya‟ni badiiy bir asar, ilmiy 
kashfiyot, texnikaga oid ixtirochilik va boshqa buning kabi narsalarda oshkor bo`lib, 
bevosita va darhol bir samara bermagan hayoldir. Orzu kelajakka qaratilgan, kelajak 
bo`lganda ham tilakdagi kelajakka qaratilgan hayol surishdir.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt fantaziya 
qo`shilgan bo`ladi. Biroq hamma vaqt ham odamning amaliy harakatlarida hayol 
jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko`pincha hayol jarayonlari odam amalga 
oshirishni istaydigan timsollar shakliga, ya‟ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib 
oladi. Ana shunda odam kelgusida xohlaydigan timsollarni orzu deb biladi. Orzu 
odamning voqelikni o`zgartirishga qaratilgan ijodiy kuchlarni hayotga tadbiq qilishni 
zarur shartlaridir. Orzu hayotni ilmiy ko`ra bilishning elementidir.  
Psixologiyada hayol insonning ijodiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida talqin 
kilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy maxsullari orqali aks 
etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma‟lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda 
faoliyat rejasini qayta ko`rib chiqishni tahminlash imkoniyatiga ega. 
Tafakkur haqida umumiy tushuncha.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatinining yuqori shakli, real olamni aks ettirishning 
umumlashgan va bevosita usuli bo‟lib, obektlar orasidagi bog‟liqlik, bilish jarayoni, 
yangi bilimlarni ochish, ijodiy, muammoli masalalarni echishga qaratilgan jarayondir. 
Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bilvosita, umumlashgan xolda 
aks ettiruvchi psixik jarayon bo‟lib, u ijtimoiy sababiy ichki bog‟lanishlarni anglashga, 
yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‟naltirilgan aqliy faoliyatdir. 
Tafakkurning o‟ziga xos xususiyatlari uni til bilan bevosita bog‟liqligidir. 
Tafakkur nutqda namoyon bo‟ladi. Tafakkur inson hayoti tajribasida sezgi, idrok va 
tasavvurlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi. Tafakkur tufayli sezgi va idrok 
asosida olamni aks ettirish yanada aniq va to‟g‟ri bo‟ladi. Tafakkur borliqni 


85 
umumlashgan holda aks etishidir. Qachonki muammoli vaziyat paydo bulganda 
tafakkur ishga tushadi. Tafakkur yordamida biz predmetlar orasidagi bog‟liqlik va 
munosabatlarni yana ham chuqurroq anglaymiz va ochib beramiz. Tafakkur orqali biz 
bevosita kuzatmagan narsalarni ham bilishimizga imkon yaratadi.
Tafakkur - jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan 
bog‟liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni 
bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida
hissiy bilishlardan paydo bo‟ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib 
ketadi. 
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o‟tadi. 
Biroq eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan bog‟langan bo‟ladi. 
Kishi tafakkur jarayonida hissiy bilish chegarasidan chetga chiqadi.
6-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin