87
8-shakl
Tafakkur shakllari
psixologiyada tushuncha, hukm, xulosa chiqarish
bosqichlarida ifodalanadi.
9-shakl
Tushuncha - inson voqelikni bilish jarayonida
narsalarni bir-biri bilan
taqqoslaydi, ularning o‟xshashligi va farqini aniqlaydi: analiz va sintez yo‟li bilan narsa
va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran
ularning belgilarini ajratadi, bu belgilarni
abstraktsiyalashtiradi va umumlashtiradi. Natijada odam voqelikdagi narsa
va hodisalar
to‟g‟risida tushuncha hosil qiladi.
Hukm - narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor
qilib aytilgan fikrdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog‟liq bo‟lmagan narsa hukmda
bog‟liq qilib ko‟rsatilsa, bunday hukm
xato yoki yolgon hukm deb ataladi.
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan
sharoitlarda tasdiqlab
yoki inkor qilib aytilgan hukm
shartli hukm deb ataladi.
Tafakkur shakllari
Tushuncha
Xukm
Хulosa
Analiz
Sintez
Klassifikasiyalash
Taqqoslash
Umumlashtirish
Fikrlash
operasiyalari
Konkretlashtirish
Sistemalashtirish
88
Xulosa. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‟lanishi natijasida hosil bo‟lgan
yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Psixologiyada xulosa
chiqarish jarayonida
foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar
deyiladi, ularni taxlil qilib
chiqarilgan
yangi hukm esa xulosa deb ataladi. Xulosa chiqarish shunday tafakkur
shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan
ortiq hukmlardan yangi hukm
hosil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: