98
hayotidagi asosiy vazifasidan boshqa ishlarga chalg`itib, tanlagan yo`lidan adashtirib,
ancha to`sqinlik qilishi ham mumkin.
hissiyotning chuqurligi -
birovning hissiyotiga oid hayotini bilish uchun
uning hissiyotining qanchalik chuqurligini bilish muhimdir. Chuqur his deb, hayotning
shu odam uchun eng muhim bo`lgan tomonlariga daxil qilgan, kishining fikri, tiliga va
orzulari bilan ko`p aloqador bo`lgan va kishining butun ruhiy hayotini aks etib
ko`rinuvchi hisni aytamiz. Hissiyotning boy va mazmundorligi, inson hislarining
kuchliligidan ko`ra ko`proq chuqurligiga bog`liqdir;
hissiyotlarning barqarorligi -
ularning chuqurligi bilan juda yaqin
bog`liqdir. Chuqur his mahkam va barqaror bo`ladi; sayoz hislar esa, garchi kuchli
bo`lsa ham, umri qisqa bo`lib, tez o`tib ketadi.
Hissiy holatlar :affect,stress,kayfiyat,depressiya,ehtiros
Affektlar yoki hissiy portlashlar - kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan
o`tib ketadigan jarayonlardir. Ular ongning anchagina darajada o`zgarganligi, xatti-
harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi,
shuningdek, uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi.
Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo`lgani uchun ham
qisqa
muddatli bo`ladi: ular his-tuyg`ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga va
portlashiga o`xshatish mumkin. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy xayajonlanishni ifoda
etsa, u holda affekt bo`rondir. Har bir his organizmning ishlashiga ta‟sir ko`rsatib
o`zgaradi va inson tanasida uning turli alomatlari paydo bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: