O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127
Psixologiya

ehtirosdir. Kayfiyatdan ehtirosning farqi shuki, ehtiros muayyan harakatga, muayyan 
obyektiv muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan holatdir. Bular - ijobiy 
ehtiroslarga misol bo`lib, ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yo`liga yetaklovchi kuchdir. 
Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg`ularning alohida turini tashkil etadi. 
Odamlarning bajarayotgan ishiga va hayotida yuz berayotgan narsalarga nisbatan ichki 
munosabati boshdan oxirigacha barqaror tus kasb etadi, doimiy harakat qiluvchi 
kuchga aylanadi. Bu kuch kishi tomonidan uni hayajonlantirgan narsa qanday idrok 
etilishi, tasavvur qilinishi va hayolga keltirilishi, uning bir-biri bilan almashib 
turadngan hissiyotlarni, affektlarni, kayfiyatlarni qanday boshdan kechirishi 
xususiyatlarini belgilaydi. Bu kuch muayyan harakatlarga da‟vat etuvchi va qaror 
topgan his-tuyg`uga mos kelmaydigan xatti-harakatlarga qarshi qudratli to`siq sifatida 
namoyon bo`ladi. Shunday qilib, his-tuyg`u kishining tafakkur va faol faoliyat 
ko`rsatishi jarayoniga jalb etilgan bo`ladi. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari 
yo`nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg`u – ehtirosdir. 
Depressiya - doimo g‟amgin, yomon kayfiyatda yurishdir. Bunday insonlar 
boshqalarga aralashib keta olmaydi, kam gapiradi, ko`pincha ko`zga yosh oladi. Uning 
dili mayus, yomon fikrlar va hayollar bilan band bo`ladi. Hozirgi ahvoli, o`tgan kunlari 
va 
kelajagi 
unga 
qorong`udek 
tuyuladi. 
Depressiv 
kayfiyat 
turmushdagi 
muvaffaqiyatsizliklar va ruhiy shikastlar oqibatida kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. 
Ularning sababi bo`lganda va bu holat unchalik yaqqol bo`lmaganda uni normal 
reaktsiya deb qarasa bo`ladi. Ruhiy kasal bemorda ovqatdan yuz o`giradigan, o`zini 
qatl qilishga urinishgacha olib boradigan uzoq davom etadigan og`ir depressiyalar 
kuzatiladi. 
Eyforiya - vaqtichog`lik, beg`amlik, bir oz ko`tarinki kayfiyat tushuniladi. 
Eyforiyada odam tetik, harakatchan, sergap, uning imo-ishoralari jonli, gapirganda 


100 
qo`llari harakatda, ovozini keragidan qattiqroq qilib chiqaradi. Olam ularning ko`ziga 
g`oyat chiroyli rangli buyoqlarda gavdalanadi. Odam xursand bo`lganida, 
muvaffaqiyat qozonganda va shunga o`xshash shodlik kunlarida eyforiya normal 
reaktsiya hisoblanadi. Eyforiya uchun psixologik asoslar bo`lmasa yoki u xatto salbiy 
hayotiy hodisalarda ham paydo bo`lsa, uni patologik holat deb ko`zdan kechirish 
mumkin. 
Psixologiyada his-tuyg`ular turlarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin: 
 2-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin