Teoretik qism
Bachadon fibromiomasi.
Bu kasallik xavfsiz o’sma turi xisoblanib, 20% ayollarda uchraydi.Olimlarning fikricha kasallik 40 yoshda oshgan ayollarning har 2tadan 1tasida uchrar ekan.O’smaning o’sishi xayz ko’rish vaqtidan boshlanib, menopauza vaqtida avj oladi.0.6-1% holatlarda bu o’sma havfli turiga o’tadi.Fibromioma biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lgani uchun sarkomaga aylanishi osonroq kechadi.Fibromioma har qanday yoshda uchrashi mumkin, asosan 40-50 yoshdan keyin bunday holatlar ko’p kuzatiladi.Ammo bir mioma ikkinchisidan farq qiladi.Bir tizimli miomalardan ko’ra tarqalgan miomalar ko’proq uchrashi mumkin.
Bachadon fibromiomasi silliq mushak hujayralari local proliferatsiyasinatijasida rivojlanadi.O’sma o’sishi bilian strukturasida fibroz elementlar ko’paya boradi.Bachadonning qisqarishi miometriyda taranglashish maydonini yuzaga keltiradi, bu esa yetilmagan hujayralarning o’sishini tezlashtiradi.Miometriyda taranglashish maydoning ko’p bo’lishi ko’p sonli bachadon fibromiomalarining paydo bo’lishiga olib keladi.Bachadon fibromiomasida qondagi esterogenlar tarkibi o’zgarmagan bo’lsa ham, ularning rivojlanishi gomonal disbolansigajumladan giperesterogeniyaga ham bog’liq. Kasallikni balog’at yoshiga yetishdan oldin va menopauzadenkeyin rivojlanish hollari ko’p uchraydi. Menopauzadan keyin bachadon fibromiomasi o’sishdan to’xtaydi va ko’p hollarda teskari rivojlanish jarayonlari boshlanadi. Homiladorlik bachadon fibromiomasini o’sishini tezlashtiradi. Ko’pincha giperesterogeniya keltirob chiqaradigan holatlarda paydo bo’ladi (anovulatsiya, poliplar va endometriy giperplaziyasi). Ba’zan bachadon fibromiomasi hayz ko’rish normada bo’lgan ayollarda ham rivojlanishi mumkin.O’smaning sarkomaga aylanishi 1% hollardagina kuzatiladi. Avvaliga o’sma mushak tolalari oralig’ida paydo bo’ladi,keyinchalik o’sish yo’nalishiga qarab bachadon fibromiomasining intramural (bachadon devoriga), submukoz (endometriyga qarab o’sadigan) va subserroz (qorin bo’shlig’iga qarAB o’sadigan) turlari farqlanadi.
Intramural (bachadon devoriga) bachadon fibromiomasi ko’proq paydo bo’lib chegaralangan, o’z kapsulasiga ega har xil kattalikdagi tugunlar ko’rinishida bo’ladi.Bachadon serbar boylamida joylashgan bachadon fibromiomasini boylam ichi bachadon fibromiomasi deb atashadi.
Submukoz (shilliq parda ostida) bachadon fibromiomasi ular ham oyoqchali va anchagina kata o’chamli bo’lib, ba’zan hech qanday belgilarsiz kuzatilishi mumkin. Odatda bunday bachadon fibromiomalar oyoqchadagi o’smalar ko’pincha charviga va ingichka ichakning ichak tutqichiga yopishgan bo’ladi. Bachadon fibromiomalari ikkilamchi yopishish joyidan qon bilan qo’shimcha ta’minlanadi va o’sish jaroyonida ushbu qo’shimcha manbaa asosiyga aylanishi mumkin. Oyoqcha nekrozlansa (masalan, buralib qolganda) o’sma qon bilan ikkilamchi ta’minlanishga bo’g’liq bo’lib, parazitar bachadon fibromiomasiga aylanadi.
|