Mashg’ulot an’anaviy tarzda suhbat va savollarga javob berish ko’rinishida o’tkaziladi.
Ushbu mashg’ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
“mushuk qopda”
Ish uchun kerak:
Savollar va variantlar jamlamasi
Guruxdagi talabalar o’rni bo’yicha raqamlar
Toza qog’oz va ruchka
Ishning borishi
Guruxdagi barcha talabalar raqamlari bo’yicha 3tada kichik guruxchalargabo’linadilar.
Xar bir kichik guruxcha aloxida stolga o’tiradi, toza varoq va ruchka tayorlashadi.
Qog’ozga sana, gurux raqami, fakultet, qatnashuvchi talabalarning ismi sharifi yoziladi.
Gurux a’zolaridan biri o’qituvchi yoniga borib, bonvertdan savol variantini oladi. Bu variantlar alohida bo’lib, ularning qiyinlik darajasi bir xil bo’lishi lizim.
Talaba oz varog’iga savolini yozib oladi va ishni bajarish uchun 15 daqiqa vaqtni belgilab qo’yadi.
Kichik guruxlar o’zaro vazifani muxokama qilishadi, javoblarni yozishadi.
O’qituvchi talabalarni boshqa guruxlardagi talabalar bilan muloqot qilmasligi uchun qattiq nazorat qilishi lozim.
15min.dan keyin javoblar varaqasi yig’ib olinadi.
Mashg’ulot davomida o’qituvchi to’g’rilikni, vazifaning adolatli bajarilayotganligini nazorat qilib boradi.
Guruxchaning barcha a’zolari bir xil ball oladilar.
Maksimal – 0,8 ball
0,8 – 0,7 “5”
0,6 – 0,4 “4”
0,4 – 0,1 “3”
“2”
Javoblar varog’iga o’qituvchi ball va imzo qo’yadi.
Talabaning olgan balli uning shu mashg’ulatdagi teoretik qism uchun joriy baho bo’lib hisoblanadi.
Jurnal pastki qismidagi bo’sh joyga o’rkazilgan o’yin belgilab qo’yiladi va gurux sardori imzo qo’yadi.