O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə10/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127
Gonadotropinli sinama

Ko’rsatma:

A) birlamchi tuxumdon yetishmovchiligiga shubxa qilinganda. Pregonal inson hayz gonadotropini 5-7 kun davomida 2 ampulladan vena ichiga qo’llaniladi.

Kontrol: estradiolni dori kiritgungacha va kiritgandan keying miqdori

Sinama musbat bo’lgan hollarda estradiolning miqdori 3-7 marta oshadi

Manfiy natija – birlamchi tuxumdon yetishmovchiligi



4. Instrumental usullar

Endoskopik usul

A) Kolonoskopiya – qopqoqni, bachadon bo’ynini qin qismi va qinni ko’rish

Biopsiya uchun joy tanlash

Shakli: Oddiy

3%li sirka kislotasi bilan bachadon bo’yniga ishlov berganda kengaygan

3%li yodning lyugolli eritmasida tirik epiteliy glikogenlari tim qora rangga bo’yaladi, turli xil displaziyalarda patologik o’zgargan hujayralarda yod negative zonalar aniqlanadi.

Xromokolposkopiya

Bachadon bo’ynini har xil bo’yoqlar bilan bo’yab ko’rish. Bu diagnostic usul bachadon bo’ynining rak oldi, rak, kasalliklari endometrioz, poliplar va endoservitsitozni aniqlashda informative usul hisoblanadi.

Gisteroskopiya – bachadon bo’shligi patalogiyalarini aniqlashda qo’llaniladi

A) Gazli(kesmalarni CO2 bilan ko’rish)

B) suyuqlikli gisteroskopiya. Gazli gisteroskopiyadan afzalligi shundaki manipulyatsiyadan keyin gazli embollar paydo bo’lish xavfi kamligi.: diagnostic tozalashni sifatini nazorat qilish, poliplarni olib tashlash.

Ko’rsatmalar:

Bachadondan qon ketish, bachadon patalogiyasiga bog’liq

Qarshi ko’rsatma :

Jinsiy a’zolar o’tkir kasalliklari, surtmada trixomanadaning topilishi, sut bezi so’rg’ichidan zamburug’lar topilishi, ko’p sonli leykositlar topilishi, umumiy kasalliklar- o’tkir tromboflebit, pielonefrit, pnevmoniya, gripp, angina, jigar, buyrak kasalliklaridagi bemorlarning og’ir holati

Laporoskopiya: pnevmo-peritonit fonida CO2 yoki havo yuborib qorin bo’shlig’ini ko’rish

A) kichik chanoq a’zolarini

B) Qorin bo’shlig’ini

Ko’rsatma

Bachadon nayi o’tkazuvchanligini aniqlash, okklyuziya darajasini aniqlash(xromopertubatsiya), SSK diagnostikasini aniqlash, bachadon anomaliyalari xarakterini aniqlash, chanoq bo’shlig’idagi og’riqlar sababini aniqlash,bepushtlik sababini aniqlash.

Turk egarini tekshirish- gipofizning suyakdagi joyini o’smalarni tashxislash uchun tekshirish.

A) turk egarini rejali surati

B) Umumiy kraniografiya

3. kompyuter tomografiyasi

4.tibbiy genetick tekshiruvlar,
Ko’rsatmalar:

1. Jinsiy rivojlanishdan orqada qolish,

2. jinsiy a’zolarning rivojlanish anamolliyalari

3. birlamchi amenoreya

4. Birlamchi xomilani ko’tara olmaslik

5. bepushtlik

Sabablari:

1. Xramosoma mutatsiyalari

2. gen mutatsiyalari

3. nasliy kasalliklarga moyillik

Xromosoma mutatsiya markerlari

Ko’p sonli displaziya va somatic anomal rivojlanish nuqsonlari

X xromatin sonini o’zgarishi

A. agar kariotip 46X yoki 45X0 – X xromatin yoq bo’lsa,

B. 47XXX – 2 ta xromatin ipchasidan, ipchalar soni xromasomalar bilan bir xil bo’ladi.

X – xromatin bachadon bo’yni shilliq qavatini qirib olib buyum oynachasiga fiksatsiya qilinib 3 qism metil spirt va 1 qism sirka kislotasi qo’shilib tekshiriladi.

Jinsiy xromasomalari anamaliya shakllari:

1. trisomiya

2. Monosomiya

3. Mozaitsizm

Sherchevskiy Terner sindromi 45X/45X0, X – xromatin miqdori kamaygan yoki aniqlanmaydi. Y xramatin aniqlanmaydi.

Toza shaklida : 46XY/ 46 XX, ayrim xollarda moziatik tiplari 45/X0/46XX, 46XX/47XXX;

Aralash shakli: 46XY/ 45X; 46XY/46XX

Quydagi darsda qo’llanilgan yangi ped texnologiyalar.


Ushbu mashg’ulotda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

mushuk qopda”

Ish uchun kerak:


  1. Savollar va variantlar jamlamasi

  2. Guruxdagi talabalar o’rni bo’yicha raqamlar

  3. Toza qog’oz va ruchka


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin