Keltirilgan 20-jadvaldan ko'rinib turibdiki, nurlanish ta'siriga uchragan odam tanasidagi qayta tiklanish jarayoni asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Agar katta quvvatli qayta tiklanish jarayonlarini so'ndiruvchi nurlanish (350-400 rad) olinmagan bo'lsa, portlashdan keyin o'tgan bir oy mobaynida qabul qilingan umumiy nurlanishning boshlang'ich dozasiga nisbatan 50 %i kamayar ekan. Odam tanasi olgan nurlanish ta'siridan butunlay forig' bo'Iishi uchun maxsus va o`zoq muddatli davolash amallari bajarilishi shart.
Mabodo. bir marta nurlanishga duchor bo'lgan odam ikkinchi marta ham nurlanish ta'siriga uchrasa, u holda dastlabki nurlanishning qoldiq dozasini va ikkinchi galda olgan nurlanish dozasini birgalikda qo'shib, kerakli amallarni bajarish talab qilinadi.
Odamlarning zararlangan joylarda olgan taxminiy nurlanish dozasini quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:
o'rtacha D = xt,
К • „
so nish bu yerda: R0.rlach, - dozaning o'rtacha quvvati bo'lib, Rentgen/ soatlarda ifodalanadi.
Kso.njsh - odamlarni joylashish sharoitlariga bog'liq bo'lgan
ionlovchi nurlanish dozasining so'nish koeffitsiyenti.
t - odamlar nurlanish ta'sirida bo'lgan vaqtlari.
Nurlanish dozasining o'rtacha quvvati quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:
Rl +Rnihoya R. . = ,
2
bu yerda: R, - nurlanish dozasining dastlabki ish boshlash vaqtidagi
quvvati; (Rentgen/soatlarda belgilanadi)
R - nurlanish dozasi quvvatining ish tugagandan (zararlangan joydan chiqish oldida) keyingi natijasi; 2 - yo'lovchilar soni.
Dastlabki ma'lumotlar: sanitar guruhi (drujinasi) nurlanish dozasining quvvati R}(boshlang'ich) 25 Rentgen/soat bo'lgan inshootda tibbiy yordamni amalga oshirmoqda. Ish boshlangandan 1 soat o'tgach, nurlanish dozasining quvvati 18 Rentgen/soatni tashkil qildi; 2 soat o'tgandan keyin R, - nurlanish dozasining quvvati 12 Rentgen/soatga, 3 soat o'tgach esa, R, - 9 Rentgen/soatga teng bo'ldi. Zararlangan joyda xizmat vazifalarini ado etayotgan sanitar guruhining shaxsiy tarkibi 3 soat ish bajarish mobaynida qancha umumiy nurlanish dozasini qabul qilgan (K.o.n.sh) ?
Y e с h i s h: dastavval nurlanish dozasining o'rtacha quvvati R . |ha quyidagi tenglama asosida hisoblab chiqiladi: Кш^ь +*1+^+^25+18+12+9
R incha = =16 Rentgen/soat
4 4
So'ngra sanitar guruhining odamlari 3 soat mobaynida qancha miqdorda nurlanish dozalari quvvatini qabul qilganliklari aniqlanadi. Buning uchun hisoblab chiqilgan nurlanish dozasi quvvatining o'rtacha miqdori - 16 rentgen/soat nurlanish dozasini so'nish koeffitsiyentiga taqsimlanadi:
R ., . 16x3