3) issiq choy, hahva, какао ichirish;
4) sovuq urgan joylarini etil spirti, atir bilan artish, toza qo'llar
bilan uqalash.
Oftob urgandagi yoki issiq elitgandagi birinchi tibbiy yordam muolajalari: bemorni soya joyga ko'chirish;
boshini balandroq qilib o'tqazish;
orqasi bilan suyanchiqqa yotqizish;
boshi va yurak sohalariga sovuq qo'yish;
novshadil spirtini hidlatish;
ko'proq qatiq, choy ichirish;
kerak bo'lsa sun'iy nafas oldirish va yurak sohasini uqalash; Is gazi urganida qilinadigan chora-tadbirlar:
Yadroviy zararlangan o'choqda dastlabki shifokor yordamini tashkil etish. Shikastlanganlarga dastlabki shifokor yordami dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi, zarar topgan o'choqda qolgan davolash-muhofaza muassasalari va fuqarolar muhofazasining harbiy qismlaridagi tibbiy bo'limlar tomonidan amalga oshiriladi.
Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining shikastlangan o'choqqa jo'natilishi shahar tumanidagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'ining buyrug'iga ko'ra ado etiladi. Buyruqda jo'natilishning boshlanish vaqti, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining o'rni, harakat yo'nalishi zararlangan o'choqning qayerida tashkil etilishi, ish boshlash joyiga yetib kelish vaqti, qaysi inshootlardan dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi shikastlanganlarni qabul qilishi hamda shikastlanganlarni tashqaridagi joyga ko'chirish yo'llari o'z ifodasini topadi.
Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi yo'lga tushishni bitta harakat guruhi bilan boshlab harakat xavfsizligi va qo'yilgan vazifalarni bajarishni ta'minlovchi eng katta tezlikda yurishni amalga oshiradi. Odatda DTYKGning tezligi kundo`z kunlari soatiga 30-40 km. kechalari esa 25-30 km ni tashkil qiladi.
Harakat qilish uchun ko'rsatma olgan DTYKGning boshlig'i haritalar bo'yicha harkatlanish yo'nalishini o'rganadi va harakat qilish chog'ida bajariladigan vazifalarni aniqlaydi. Bu paytda u quyidagilarga e'tiborini qaratadi:
harakat qilishning xususiyatlari;
DTYKGning harakat qilish tartibini to`zish;
avtotransportlarning harakat tezligi va ular orasidagi o`zoqlik (distansiya);
6) belgilar, ularni namoyon qilish tartibi, ular bo'yicha harakat qilish.
Undan tashqari DTYKGning boshlig'i har bir avtotransportdagi
nazoratchilar va guruh sardorlarini tayinlaydi. Avtotransportlar bir-birini quvib o'tishi man etiladi. Zararlangan joy qismlari aylanib yoki zudlik bilan kesib o'tiladi. Radiofaol zararlangan joyni o'tish oldidan DTYKGning boshlig'i ko'rsatmasiga binoan shaxsiy tarkib shaxsiy doridondagi birinchi sonli radiofaol himoya vositasini qabul qiladi va nafas olish a'zolarini himoyalovchi shaxsiy vositalarini kiyadi. Avtotransportlarning tezligi va ular orasidagi masofa o`zayadi. Kimyoviy va bakteriologik shikastlangan joylar odatga ko'ra aylanib o'tiladi. Radiofaol zararlangan joyni o'tib bo'lingach zarur hollarda DTYKGning boshlig'i ko'rsatmasiga binoan qisman sanitar ishlov o'tqaziladi. Qish oylarida yurish amallari bajarilsa, u holda yuqorida aytib o'tilgan amallardan tashqari shaxsiy tarkibni sovuq urib ketmaslik choralari ko'rilishi kerak.
DTYKG harakati yo'lida va shikastlangan o'choqda tibbiy nazorat-josuslikni amalga oshirish niyatida tarkibdan tashqari tibbiy nazorat guruhi tashkil etiladi. Uning tarkibi quyidagicha bo'lishi mumkin:
1 ta shifokor va 2 ta tibbiyot xodimlari. Ushbu guruh avtotransport va radiatsiyaviy hamda kimyoviy nazoratlarni amalga oshirish maqsadida qo'llaniladigan asboblar bilan ta'minlanadi. Guruh vazifalari quyidagilardan iborat:
1) harakat yo'nalishidagi va ehtimoliy faoliyat boshlanadigan
joydagi ionlovchi nurlanish dozasi quvvatini aniqlash;
2) mazkur tumanda DTYKG uchun joy tanlash;
qutqaruv ishlari olib borilayotgan joylardan shikastlanganlarni DTYKG ga olib keladigan yo'nalishni belgilash;
tibbiyot nazorati guruhi aloqa vositalari bilan ta'minlanmaydi. Shu sababli ko'ra oldida turgan vazifalarni bajargan guruh
DTYKGga yoki uni dastlabki DTYKGning boshlig'i aniqlab bergan manzilda kutib olish va olingan natijalarni unga yetkazadi. DTYKG boshlig'i nazorat guruhi keltirgan ma'lumotlar asosida o'zgartirishlar kiritishi mumkin bo'lgan guruh bilan birga nazoratchilar taklif etgan joyga qarab yo'l oladi. Ko'rsatilgan joyga yetib kelgach DTYKGning boshlig'i joyni har taraflama ko'rib chiqadi va DTYKGning faol qismlari bo'limlarini joylashtirish tarkibi haqida qaror qabul qiladi.
Joylashish yerini tanlash chog'ida tibbiy nazorat guruhi quyidagi talablarga asoslanib ish ko'radi:
DTYKG radiofaol moddalar bilan zararlanmagan joylarda yoki ionlovchi nurlanish dozasining quvvati 0,5 rentgendan oshmagan yerlarda o'z faoliyatini tashkil qilishi mumkin.
DTYKG shahar qurilmalari kuchsiz vayron bo'lgan joylarda (ortiqcha bosimi 10-20 kPa o'choqdan tashqarida) chodirlarga ega bo'lmay, saqlanib qolgan imoratlar va qurilmalarda joylashadi. Imqoniyat mavjud hollarda, ushbu maqsadda saqlanib qolgan -davolash muassasalari va ular yaqinidagi binolardan foydalaniladi;
joylashish maskani qutqaruv ishlari olib borilayotgan inshootlardan shikaslanganlarni ko'chirish yo'nalishi bo'yicha bo'lishi kerak. Imqoniyat bor joylarda DTYKG suv manbalariga yaqin bo'lgani yaxshi. Ammo bu talab asosiylar qatoriga kirmaydi.
DTYKGni joylashtirish vaqtida shaxsiy tarkib va shikastlanganlarni dushman tomonidan qayta qo'llaniladigan shmmaviy qirg'in qurollari (OQQ) ta'siridan himoya qilish tadbirlarini oldindan ko'ra bilishi talab qilinadi.
DTYKGga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
shahardan tashqarida DTYKG joylashgan maskanda harakat yo'nalishi va zararlangan o'choqda tibbiy nazoratni olib borish;
shikastlanganlarga qisman sanitar ishlovini berish va ularning kiyimlari va poyabzallarini qisman dezaktivatsiya qilish;
shikastlanganlarga dastlabki shifokor va imqoniyat mavjud hollarda hayot-mamot masalasi hal etilayotgan vaqtda kechiktirib bo'lmaydigan jarrohlik amalini bajarish;
o'zi yura olmaydigan og'ir bemorlarni vaqtinchalik shifoxonaga yotqizish;
yuqumli kasalliklar bilan og'rigan asabi keskinlashgan kishilami vaqtinchalik alohidalash;
shikastlanganlarni shahar tashqarisidagi joylarga davolash-muhofaza muassasalariga ko'chirish maqsadida tayyorlash;
DTYKG belgilagan inshootlarda faoliyat ko'rsatayotgan joyga SGni tibbiy anjomlar bilan ta'minlash;
DTYKGda bo'lgan shikastlanganlarning ovqatlanishini tashkil qilish;
tibbiy hisobot olib borish.
DTYKGning asosiy maqsadi shikastlanganlarga dastlabki shifokor yordamini berishdan iborat. Dastlabki shifokor yordami bajaradigan muolajalari quyidagilardan iborat bo'ladi:
1) jarohat infeksiyasi oldini olish (muhofaza zardoblarini.
antibiotiklar vab.);
2) qon oqishini mutlaq to'xtatish;
3) karaxt holatiga qarshi (shikastlanganlar tanasini ichki va tashqi
tomondan isitish, venaga dorivor moddalar, qon o'rnini bosuvchilar,
navokain to'sig'i - blokadasi, og'riq qoldiruvchilar, nafasni
rostlovchilar, yurak-qon tomir va asab tizimlari faoliyatini me'yorga
keltiruvchilar va b.) (101 -102, 103-rasmlar);