Aholi zichligi. Aholining zich yashashi oqibatida bir-biriga juda yaqin bog`lanish mavjudligi zarrachalari havodan o`tadigan infeksiyalar paydo bo`lishi va tarqalishi xavfini oshiradi. Mavjud sanitariya xizmatlari aholi zichligi to`satdan ortib ketishiga ko`pincha bardosh berolmay qoladi.
Aholining ko`chib yurishi.Aholining eng xavfsiz zonaga o`tishi ko`chirilgan aholi o`rtasida ham, mahalliy aholi o`rtasida ham infeksiya tarqalishiga olib kelishi mumkin.
Mavjud kommunikasiya tarmoqlarining ishdan chiqishi. Ofat vaqtida mavjud kommunikasiya tizimlari ko`pincha shikastlanib qoladi. Suv ta`minoti, kanalizasiya, elektr ta`minoti tizimlari eng nozik tizimlar hisoblanadi.
Jamiyat sog`liqni saqlash dasturlari bajarilishining to`xtab qolishi.Ofat sodir bo`lganidan keyin, odatda, xodimlar va ijtimoiy jamg`armalar ofat oqibatlarini bartaraf etishga kirishadilar. Biroq, belgilangan rejaga muvofiq jamiyatni sog`lomlashtirish Davlat dasturi uzluksiz qo`llab-quvvatlab turilmas ekan, etarli muhofaza qilinmagan aholi o`rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalish darajasi tobora ortib ketishi mumkin.
Ofat yuz bergandan so`ng eng ko`p tarqaladigan kasalliklar yuqorida ko`rsatilgan uch omil bilan bog`liq ichak infeksiyalaridir. Infeksiya tashuvchilar tarqatadigan hamda kasallikning oldini olish uchun vaksinasiya qilingan aholi, infeksiyalar tarqatadigan kasalliklarning uzoq davom etadigan oqibatlarini to`rtinchi omil-jamiyat sog`liqni saqlash dasturlari bajarilishining to`xtab qolishi ham keltirib chiqarishi mumkin.
Infeksiyalar tarqatadigan eng tipik manba- bu ichimlik suv, ovqat mahsulotlari, ho`l meva va sabzavotlardir. Infeksiya tashuvchilar- pashsha, chivin, burgalar kasalliklar tarqatishda juda katta rol o`ynaydi. Kemiruvchilar ( kalamush va sichqonlar) ham yuqumli kasalliklar tarqatish manbalari hisoblanadi. Ofat yuz berishi natijasida aholining ko`chirilishi qaysi bir joyda odamlar haddan tashqari ko`payib ketishi, suv, ovqat etishmay qolishi hamda hayot kechirish sharoiti yomonlashib ketishiga olib kelishi mumkin. Ilgarilari bunday vaziyatlar oqibatida kasallanish va o`lim darajasi ortib, odamlar sihat- salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan to`rtta asosiy muammo ko`ndalang bo`lar edi. Ular:
-Yuqumli (emlanganlar soni ancha kam bo`ladigan qizamiq singari) kasalliklar tarqalishi;
- O`tkir ichak infeksiyasi ( ichburug`, botkin kasalligi, salmonellyoz, ich terlama, vabo) tarqalishi;
- O`tkir respirator kasalliklar, gripp tarqalishi;
- mahalliy xususiyatlar bilan bog`liq kasalliklar tarqalishi;
- oziq ovqat tanqisligi, kam ovqatlik.
Bu omillar ayniqsa bolalarga ko`proq ta`sir etadi. Quyidagi tadbirlar bunday vaziyatga tushmaslik hamda kasallanish va o`lim darajasini yuqori bo`lishi oldini olish imkonini beradi: