Karantin rejimi bulardan jiddiyroq. Bunday rejim yuqish xususiyati juda yuqori bo`lgan o`ta xavfli kasalliklar ( o`lat, tabiiy chechak, vabo) paydo bo`lganida belgilanadi. Karantin rejimi hududdan asosiy chiqish joylarini qurolli soqchilar qo`yib, aylanasi bo`ylab qurshab, falokat o`chog`ini batamom ajratib qo`yishni ko`zda tutadi
Bu cheklash choralarining amal qilishi eng so`nggi kasal kishi topilgan vaqtdan boshlab, kasallikning inkubasiya davri davom etishi vaqtiga teng muddat o`tganda tamom bo`ladi.
Observasiya yoki karantin zonasida qolgan aholi ularning oldiga qo`yilgan hamma talablarni
Qatiyan bajarishi hamda vahimaga tushmasligi kerak. Bu ayniqsa vaqtinchalik kelib qolgan kishilarga tegishlidir. Rejim zonasidan shoshilinch chiqib ketish zarur bo`lib qolganida ular inkubasiya davri mobaynida izolyatorga qo`yilib, nazorat ostida bo`lganlaridan keyin zonadan tashqariga chiqishlari uchun ruxsat berilishi mumkin.
Yuqumli kasalliklarni bartaraf etish va epidemiya avj olib ketishini tugatish choralari kompleksida muhim rol o`ynaydigan tadbirlardan biri dezinfeksiya bo`ladi. Dezinfeksiya ob`ektlaridagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli kasalliklarning qo`zg`atuvchilarini yo`q qilish uchun o`tkaziladi.
Mexanik usul-bu kir yuvish, qo`llarni, badanni yuvish, polni supurish va yuvish, chang artish. Bunda odatdagi kir bilan birga kasallik qo`zg`atuvchilari ham olib tashlanadi.
Fizik usul- bu suvda qaynatish, bug`latish va uy sharoitida tez-tez qo`llanadigan dazmollashdir. Bu usulda qo`zg`atuvchilar muayyan ekspozisiyada yuqori temperaturada yo`q qilinadi, chunki qo`zg`atuvchilarning yuqori haroratga chidamligi har xil bo`ladi. Masalan, gepatitga chalingan kasallarning idishlari va ich kiyimlarini kamida 45 daqiqa qaynatish kerak.
Kimyoviy usul- turli kimyoviy moddalarning kasallik qo`zg`atuvchilarini qirib tashlash xususiyatiga asoslangan. Xlorli preparatlar- xlorli ohak, xloramin, kalsiy gipoxlorid tuzi, lizol – dezinfeksiya ishlarida eng ko`p qo`llanadigan kimyoviy moddalardandir.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari majmuida turli yuqumli kasalliklar qo`zg`atuvchilarini odamlar yuqtirmaydigan bo`lishlari uchun vaksinasiya o`tkaziladi. Buning uchun murakkab, sermehnat va qimmatbaho usullarda tayyorlanadigan vaksina, zardob va antitoksinlardan foydalaniladi. Emlash sabablari mamlakatimizda tabiiy chechak, poliomielit va boshqa kasalliklar tugatib yuborganligi vaksinasiyaning samaradorligini ko`rsatadi.
Quyidagi bo`limlardan iborat sanitary-epidemiologik razvedka halokat joylaridagi epidemic sharoitga baho berishning asosiy usuli hisoblanadi:
Ishlab chiqarishbinolari, suv taminoti va kanalizasiya tizimlari vayron bo`lishi natijasida ofat o`chog`idagi sanitariya-gigiyena va epidemiologic sharoitning yomonlashuvini, atrof muhit ifloslanishini battar qilayotgan xalq xo`jaligi obektlari (XXO) ni aniqlash va tekshirib chiqish;
Tibbiyot va veterinariya xodimlaridan, mahalliy aholidan so`rab bilish;
Aholi punktlari, suv taminoti manbalari, communal va oziq-ovqat obektlari va boshqalarini ko`rib chiqish;
To`plangan ma`lumotlarni tahlil qilish va ishlash hamda aynan shu yuqumli shakldagi epidemiya turi haqidagi mavjud materiallarga muvofiq sabab-oqibatning o`zaro bog`liqligini aniqlash.
Tabiiy ofat va halokat zonalaridagi epidemiya o`choqlarining tavsifi qandayligiga qarab, yuqumli kasalliklar o`chog`ida aholi orasidagi talafotlar mikroorganizmlar tomchili-havo yo`li bilan organizmga bevosita tutishi, organizmga suv va ovqat mahsulotlaridan yuqishidan ham paydo bo`ladi.
Talofatlar qancha bo`lishi sanitariya-gigiyena choralari, shuningdek epidemiyaga qarshi tadbirlar majmui o`z vaqtida va qanchalik to`liq o`tkazilishiga bog`liq. Odamlarning bir-biri bilan uchrashuvlari ko`p bo`lgandagi aerogen yuqishlarda sanitariya talofatlarining qanchaligi aholining shoshilinch profilaktika hamda muhofaza vositalari bilan necha foiz ta`minlahganiga bog`liq bo`ladi. Bu malumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.