O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLANGAN O'CHOQ



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə39/179
tarix28.12.2021
ölçüsü5,01 Mb.
#9371
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179
BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLANGAN O'CHOQ

Bakteriyali (biologik) qurol deganda, odamlar, qishloq xo'jaligi hayvonlari va o'simliklarni qirish maqsadida kasallik paydo qiluvchi, oddiy ko'z ilg'amas jonzotlar, mikroblar va ularning hayoti jarayonida hosil bo'ladigan zaharli moddalar - toksinlar va ularni mo'ljalga olingan nishonga eltib qo'yuvchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ularni ishlab chiqishdan maqsad, albatta urush orqali bir mamlakat ikkinchi mamlakatni o'ziga tobe etishidir. Masalaning mohiyatidan kelib chiqib, bunday urushni bakterial urush desa mubolag'a bo'lmaydi. Ammo, shuni aytib o'tish joyizki, bakterial urush xaqlaro huquq bo'yicha man etilgan urushlardan biri bo'lib tan olingan.

1946-yili Nyurenbergdagi mahkama jarayonida eshittirilgan hujjatlarda aytilishicha, gitlerchilar bakterial urushga tayyorlangan-liklari ma'lum bo'lgan.

1949-yili Xabarovsk shahrida olibborilgan mahkama jarayonida, Yaponiya imperatori Xiroxito bakteriyali urushga hozirlik ko'rganligi ma'lum bo'lgan. Xiroxitoning maxsus farmoni va urush vazirligi hamda bosh shtab buyrug'i asosida, Yaponiyaning bakteriologik tuzilmalarida katta miqdorda odamlarga qiron keltiruvchi vabo, terlama, kuydirgi va boshqa xavfli epidemik kasalliklarni qo'zg'otuvchilari o'stirilgan. Ularni mo'ljallangan nishonlarga yetkazish uchun esa, snaryadlar, moslamalar, aholini, suv havzalarini, uylarni, ekinlar va hayvonlarni ommaviy zaharlovchi maxsus harbiy guruh tayyorlangan. Yaponiyalik bosqinchilar nafaqat bakterial qurollarni ishlab chiqish, balki ularni 1939-yili Mo'g'uliston, Hal-xin-Gol daryosi bo'sag'alarida, 1940-1942-yillari Xitoyning Ninbo tumanlarida va boshqa maqsadlarda bir necha bor qo'llashgan.

Urush tugagach, xaqlaro mahkama qarorlariga binoan bakteriologik qurolni tayyorlash va ularni odamlarni qirish maqsadida qo'llashda ayblangan 12 nafar yaponiyalik harbiy jinoyatchilar qilmishlariga yarasha jazoga tortilishdi.

1941 -yili maxsus tajriba markazining yaratilishida Rozberi, AQSHda shu yili biologik qurolni ishlab chiqarish va ayni maqsadda ataylab to`zilgan jamlama-lager-joy tashkil qilinganligi haqida xabar berdi. Rozberi (Kolumbiya universitetining professori) 1949-yili «Tinchlik va mamot» nomli bakteriologik urush masalalariga bag'ishlangan kitobni chop ettirdi. Shunga qaramay, bakteriologik qurolni yaratish ustidagi ilmiy izlanishlar pinhoniy ravishda davom ettirildi.

AQSH ommaviy axborot vositalarida bakteriologik urushga taalluqli «yutuqlar» yoritiladi. Bu kabi «yutuqlarga» quyidagilar kiradi:

1) kasallik tarqatuvchi qo'zg'otuvchilar va ular zaharini ommaviy ravishda olish usullari va vositalari;

2)«botulin» zaharining toza kristall holida olinganligi:

3)hayvonot va o'simliklar olamini, yerni, ekinlarni payhon etuvchi,


o'tloqlar va yemlarni zararlovchi kimyoviy birikmalarni
o'rganganliklari;

aholini ommaviy zararlash maqsadida turli vositalar va bakteriyalarning tarqalish yo'llarini o'rganish;

kuydirgi kasalining yoyilish usullari:

6) o'simliklarni shikastlovchi va hosilni payhon etuvchi


zamburug'lar, bakteriyalar, viruslar tarqalishini o'rganish haqidagi
ma'lumotlar.

Aslini olganda, bakteriologik qurolni ishlatmaslik haqidagi qaror 1907-yili o'tqazilgan 4- Gaaga anjumani hujjatlariga berilgan ilovaning 23-moddasida («Urushning qonunlari va urf-odatlari») o'z ifodasini topgan bo'lib, u bizning davrimizgacha yetib keldi.

1925-yili 17-iyunda bitilgan Jeneva bayonnomasida (protokol) urush jarayonida bo'g'uvchi, zaharli va shu gazlarni ishlatishni man etish aniq va ravshan qilib berilgan.

Bakteriologik qurollar qo'llanilganligi belgilariga quyidagilar kiradi: 1) qurol solingan vositalar (snaryad, bombalar, raketalar va boshqalarning portlashi chog'ida bo'g'iq portlash ovozi chiqadi; 2) portlash yo`z bergan joylarda snaryad va bombalar, raketalarning yirik parchalari va bo'laklarini aniqlash mumkin; 3) o'choqlarda suyuqlik tomchilari yoki kukun holidagi moddalar uchraydi; 4) jangovar vositalar va qonteynerlar (maxsus idishlar) tushgan joylarda hasharotlar va kanalar to'p-to'p ko`zatiladi; 5) odamlar va hayvonlar orasida ommaviy yuqumli kasalliklar tarqaladi; 6) tahlil usullari yordamida ularning mavjudligi tasdiqlanadi.

Bakteriologik qurol ommaviy qirg'in qurollaridan biri bo'lib, u boshqa qirg'in qurollaridan ko'pgina jihatlari bilan ajralib turadi. Ularga quyidagilar kiradi:

1)yuqumli kasalliklarni vujudga keltirish qobiliyati mavjudligi:

2) yuqori darajadagi ehtimoliy samarasi, ya'ni kam miqdorda ham
tirik jonni shikastlay olishi; masalan, Ku-isitma qo'zg'otuvchisining
1 grami yer kurrasi aholisining uchdan bir qismini kasalga duchor qila
olishi; psittakoz virusining 1 millilitr suspenziyasi 20.000.000.000
odamda xastalikni chaqirish quvvatiga ega; tulyaremiya
qo'zg'otuvchisining amerika xilining 10 (o'n) donasining o'ziyoq
nafas olish jarayoni betobligiga olib boradi;

pinhoniy davrga ega bo'lish (ushbu qurollar ishlatilganida kasallik alomatlari yo`zaga chiqishi uchun ma'lum vaqt zarur bo'lib, bu davr uni latent yoki yashirin davr deyiladi);

yuqish qobiliyatiga ega bo'Iishi (bakterial qurol mikrob ko'rinishlarida qo'llanilganda, ma'lum vaqt oralig'ida ular yoyilgan va shamol tezligida atrof-muhitga tarqalgan joylarda kasal bo'lgan manbaalardan sog'lom tanaga yuqishi mumkin);

ta'sir muddatining va katta hududlar shikastlanishining davomiyligi (qurol tariqasida ishlatilishi mumkin bo'lgan mikroblar) 2 xil hayotiy jarayon shaklida: vegetativ - mazkur paytda uyg'oq holda bo'lib, faoliyatini amalga oshiradi; sporalar ko'rinishida, ya'ni ma'lum «kafanlarga» burkangan holda, yashash uchun sharoitlar vujudga kelgunga qadar, ipak pillaqurti kabi uyqu holida bo'ladi; vegetativ shakldagilar tashqi muhit omillari ta'sirida (havo harorati qanchalik baland bo'lsa, mikroblar shunchalik ko'p qirilib ketadi yoki nisbiy namlik past (20-30 %gacha) yoxud juda ko'p bo'lsa (95 %gacha), ularning nobud bo'lish tezligi ortadi; mazkur mikroblar dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamsiz bo'ladi; sporalar esa, tashqi omillari va qiron keltiruvchi kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi bilan ajralib turadi); bakteriyali qurollaming o`zoq muddatli ta'siri ayni sporalar bilan ko'p jihatdan bog'liq; ba'zi bir mikroblar kasalliklarni tarqatuvchilar tanasida o`zoq vaqt mobaynida yashash qobiliyatini saqlay oladi (o'lat mikrobi burga tanasida I yilgacha, Ku-isitmasi qo'zg'otuvchisi kanalar tanasida 3,5 yil, Koyali tog'lar lanja isitmasi sababchisi-rikketsiyalar kanalar tanasida 1 yil hayot kechirishi mumkin). E'tiborga sazovor malaka shuki, u ham bo'lsa, kanali ensefalit qo'zg'otuvchisi, kanalarda yashashi bilan birga, tuxumlari orqali bo'lajak kanachalar tanasiga o'tadi;



ularning mavjudligini aniqlashning o'ziga xos qiyinchiliklari (bakteriyali qurollar asosini tashkil etuvchi mikroblarni qisqa vaqt ichida aniqlash mushkul, chunki hozirgi paytda bunday usullar va asbob-uskunalar juda kam; umumqabul qilingan usullarda aniqlash esa, anchagina vaqt va maxsus asbob-uskunalarni talab qiladi. Mavjud lyuminessentli mikroskop orqali aniqlash esa, qo'llanilgan mikroblar haqida taxminiy ma'lumotlarni beradi. Uning natijalari 2-6 soat ichida ma'lum bo'ladi) bor.

Mikroblar mavjudligini aniqlashga oid masalalarni 3 ta asosiy guruhga ajratish mumkin: tezkor aniqlash (1-10 daqiqa ichida); qo'zg'otuvchilar va toksinlarni aniqlash hamda ularni ajratish (2-3 kun ichida); atrof-muhitni (suv havzalari, havo) nazoratini belgilash (aniq vaqt oralig'ida o'rganish tufayli) va tekshirishlar uchun namunalarni vaqti-vaqti bilan olish; aniqlash vositalari to`zilish va boshqarish jihatidan qulay, tahlillarni qaytara olish, sarf-harajatlarning kamligi, jarayonni toraytirish mumkinligini yarata oladigan bo'lishi kerak; bu jarayonda ishonchlilik asosiy mezon bo'ladi. Biologik nazoratni olib borish uchun qo'llanadigan texnik vositalar 2 xil bo'ladi: bioaerozollarni yorug'lik nurlanishiga va nurlanishning qutblarga ajralishi va tekshirilayotgan moddalarning lyuminessensiyasiga asoslangan; ayni maqsadda ultrabinafsha nurlanishning impulsi manbaalari yordamida biologik quroldan 300-1000 metr o`zoqlikda 1 litr havo tarkibida 1000 tagacha mikrob hujayralarini aniqlash mumkin; biologik aerozollarni joyli-mahalliy aniqlash imqonini beradigan xabarlovchi asboblarning ishlash prinsipini, biologik narsalarni -moddalarni nomaxsus usulda aniqlashga asoslangan; ular yordamida havo tarkibida halaqit beruvchi qo'shimchalar me'yoriga nisbatan 100-1000 marta ko'pligida ham 1 daqiqa ichida aniqlash imqonini beradi; agar bunda asboblar samolyotlarga o'rnatilsa, и holda yerdan 1-2 km balandlikdagi havo tarkibidagi bioaerozollarni nazorat qilish mumkin; aniqlash jarayonida fizikaviy prinsiplar ichida masalaga tezda aydinlik kiritish bo'yicha lyuminessentli - optik usullarning ustuvorligi ma'Ium; keyingi 25 yil ichida bor-yo'g'i 4 ta asbob yaratilib, ular bir-biridan aytarli darajada farqlanadi; bu asboblarning sezgirligi va chidamliligi oldingi asboblarga nisbatan 100 martadan ortiq; tekshirish namunalarini olish va yetkazish vositalari tarzida so`zg'ichlar, impenjerlar, ipaktorlar, barboterlar qo'llaniladi; bakteriyali qurollarni tezkor aniqlash va ajratishda ba'zi bir muammolar bo'lib. ular asosida biologik xavf-xatar manbalarining ko'pligi yotadi; masalan, harbiy xavf va terrorizm xavfi biologik qurollar ishlatilishi bilan bog'liq; Malkoln Dandoning tahliliga ko'ra biologik qurollar qatoriga 22 xil bakteriyalar, 25 xil viruslar va 13 xil toksinlar kiradi; biologik xavf-xatarning bisyorligi tahlil ishlarini bajarish uchun tezda aniqlash imqonini beradigan tahliliy vositalarni yaratishni talab qiladi; mazkur muammoni hal etish uchun 3 guruhga ajratish ma'qul: 1) maxsus aniqlashning biotexnologiyasini takomillashtirish (immun-kimyoviy, molekular-genetik va membran-reseptorli tahlil); 2) fizikaviy aniqlash tizimini takomillashtirish (lyuminessensiyali tahlil, kahrabo rezonansli spektroskopiya, elektr-kimyo, xromat-massa-spektrometrlash, tunelli mikroskopiya yuqori darajada tarqatuvchi tunelli mikroskoplash va boshqa optik hamda yarim o'tqazgichli ainqlash usullari); 3) nazorat qilish va boshqalarning tuzilishini me'yorlash (оптимизация), maxsus aniqlash uchun texnik va tashkiliy vositalarni ishlab chiqarish.

tanlab shikastlashi (bakteriyali qurollarning tanlab shikastlashi deyilganda, ularni ma'Ium maqsadlarda qo'llash tushuniladi; chunki odamlar, hayvonlar va o'simliklar uchun xavf-xatarli bo'lgan mikroblarning soni ko'p; shunga ko'ra ularning sifati ham turlicha bo'ladi; masalan, odamlar va hayvonlar uchun chechak, o'lat, kuydirgi va boshqalar; manqa (can) - hayvonlar, fitoftorozlar esa, o'simliklar uchun xavflidir;

nerv tizimiga kuchli salbiy ta'sir o'tqazishi (bakteriyali qurollar ishlatilganida, odamlar orasida vahimali holat vujudga kelishi mumkin).

Ushbu fikrning naqadar to'g'riligini isbotlash maqsadida ko'pgina misollarni keltirsa bo'ladi. Masalan, kuydirgi kasalligi tarqalgan paytlarda Amerika Qo'shma Shtatlaridan birida xat jo'natish jarayoniga qarashli muassasalarda 36 xat tashish xodimi vafot etganligi haqida xabar tarqalgan edi. Taxminlarga ko'ra, kuydirgi qo'zg'otuvchisi nomalar bitilgan qog'ozlarga shimdirilgan bo'lib, ular bilan muomalada bo'lgan kimsalarga yuqqan. Rossiyada ham 2005-yili qaysi bir shaharda «Parranda» grippi aniqlanganligi ommaviy axborot vositalarida, oynai jahon dasturlaridan birida aytilgan edi. Ammo, keyinchalik olib borilgan tahlillar, ushbu hodisani tasdiqlay olmadi. «Parranda» grippi Xitoy shaharlarida ham tarqalganligi haqida ma'lumotlar ma'Ium. Aytib o'tilgan misollar oxirgi 23 yillar orasida bo'lgan bo'lsa, bundan chamasi 60 yil muqaddam ham shu kabi voqealar ro'y berganligi haqida ayrim ma'lumotlar ma'Ium.

Masalan, 1947-yili Nyu York shahrida 12 ta chin chechak bilan og'riganlar aniqlanib, mavjud aholining barchasini oyoqqa turg'izib yubordi;

9) yadroviy va kimyoviy qurollarga nisbatan sarf-harajatlarning


kamligi;

bakteriyalar turlarining ko'pligi (60 ta M.Dandonning tahlili asosida);

bir vaqtning o'zida bir necha xil yuqumli kasalliklar mikroblaridan foydalanish imqoniyati;

nomaxsus kasallik tarqatuvchilardan foydalanish;

yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash chora-tadbirlariga chidamli xillarini (shtamm) yaratish mumkinligi;

14) qo'llanilgan mikrob turi observatsiya va karantin chora-tadbirlarining umumiy tizimini aniqlash va ularga barham berish muddatini aniqlash imqonini yaratish mumkinligi.

Dushman tomonidan qo'llaniladigan bakterial qurollar boshqa ommaviy qurollar singari 2 yo'nalishda ishlatiladi:

1) odamlarni nobud qilish (o'lat, chin chechak, kuydirgi);

2) odamlarning ishlash qobiliyatini pasaytirish, ularni qatordan
chiqarish.

Yuqumli kasalliklarni tarqalib ketish xavf-xatariga ko'ra yuqori, kam va yuqmaydigan xillarga ajratish mumkin.

Jangovar sharoitlarda dushman tomonidan yuqumli va yuqori darajada yuqumli boigan kasalliklar tarqatish ehtimoli bo'ladi. Uning asl niyati, kasalliklarni yoyilib ketishini ta'minlash.

Kasallikning og'irligi va muddati hamda odamning nobud bo'Iishi, pinhoniy dard o`zun-qisqaligining mikroblar miqdoriga bog'liqligi bakterial qurol uchun muhim omillardan hisoblanadi. Masalan, o'lat kasalligi bilan og'rigan bemor, ayniqsa o'pka shakldagisi bilan, uning dardi og'ir kechadi va davolanmasa, odatda o'limga olib keladi. Odamlarda chin chechak ham og'ir kechadi, uni davolashning maxsus usuli ishlab chiqilmagan. Ku-isitmasi nisbatan yengil ko'rinishda kechadi va antibiotiklar yordamida davolanadi.

Tulyaremiyaning 10 dona mikrobi bilan odam kasallangan taqdirda pinhoniy davr 5 kun, 25.000 donasi bilan zararlanganda esa, pinhoniy davr 2 marta qisqaradi (2-3 kun).

Bakteriologik qurollarni qo'llash usullari 3 ta bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

1) bakterial aerozollarni hosil qilish;

2) xona havosini, oziq-ovqatlarni, suv havzalarini bevosita ataylab


zararlash - diversiya;

3) hasharotlarni qo'llash.

Ular ichida eng samaralisi - bakterial aerozollarni hosil qilish usulidir. Ularni yaratish maqsadida jangovar vositalar, mexaniq generatorlar va purkovich uskunalari qo'llaniladi.

Tabiiy sharoitlarda epidemiologik jarayonlarning rivojlanishi quyidagi 4 ta omilning ayni bir vaqtda bo'lishiga bog'liq: 1) kasallik qo'zg'otuvchisi; 2) kasallik manbayi; 3) tarqalish yo'llari; 4) kasallikka moyil odamlar.

Ushbu qoidalardan xabardor bo'lish epidemiyalarga qarshi usullarni chamalab olish uchun imqoniyat yaratadi. Ular orasida alohida e'tiborga sazovor bo'lganlari quyidagilar: 1) dezinfeksiya -qo'zg'otuvchilarga qiron keltirish; 2) dezinseksiya - hasharotlarni qirish; 3) deratizatsiya - kemiruvchi hayvonlarni nobud qilish; kasallik qo'zg'otuvchilarini va ularni tashuvchilarini qirib tashlash uchun sanitar-ishlov berish; 5) oziq-ovqatlar va suvni bakterial vositalar bilan ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlari; 6) shaxsiy va jamoa gigiyena qoidalariga rioya qilish; 7) shaxsiy himoya vositalaridan ifloslanishning oldini olish uchun foydalanish; 8) dushman tomonidan aholini yuqish jarayonini amalga oshiradigan ishlarda qo'llaniladigan kasallik qo'zg'otuvchilariga nisbatan tana chidamliligini oshirish niyatida shoshilinch nomaxsus va maxsus himoya ishlarini bajarish. Ammo, shuni hisobga olish kerakki, dushman bakteriologik qurollarni qo'llashda turli usullardan foydalanishi mumkin. Bunday vaziyat, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish jarayonini murakkablashtirib yuboradi.

Odamlarning kasallanishi uchun qo'shimcha manbaalarni tashkil qiluvchi chidamli qo'zg'otuvchilarni qo'llash, shikastlovchi ikqilamchi manbaalarini hosil qilishi mumkinligi yuqumli kasalliklarning qaytadan tarqalishiga sabab bo'ladi.

Kasallik chaqiruvchi qo'zg'otuvchilarni aerozol usulida tarqalganligini aniqlash uchun 2 holatga e'tibor berish kerak:

1) bir vaqtning o'zida aholining ko'p qismi kasalga duchor bo'Iishi;

2) qisqa pinhoniy davrdan (1,5-2 kecha-kundo`z) so'ng ko'pchilik
orasida kasallikning tarqalganligi.

Ushbu holatlar epidemik jarayonni katta tezlikda rivojlanishiga olib keladi.

Dushman tomonidan bakteriologik qurol qo'llanilganda, zararlangan joy - o'choq paydo bo'ladi. Bu joyni, bakteriyalar bilan ifloslangan o'choq deyiladi. Uning ichidagi odamlar, hayvonlar va o'simliklar orasida ommaviy yuqumli kasalliklar tarqaladi. O'choq chegaralarini aniqlash maqsadida bakteriologik nazorat, tahlillar, kasallarni aniqlash, tashqi muhitdagi narsalardan olingan namunalarni tekshirish, kasallikni qaysi yo'l bilan tarqalganligini bilish kerak bo'ladi.

Ammo tibbiyot xodimlari unutmasliklari kerakki, ifloslangan hududning hamma yeri bir xildagi epidemik ahamiyatni kasb etmaydi. Shaharlar, aholi turar joylari, alohida joylashgan xaql xo'jaligi inshootlari, ya'ni odamlaryashab, ishiaydigan joylari alohida epidemik e'tiborga ega. Qolgan hududlar unchalik epidemik nazarni talab qilmaydi. Bunday maskanlarda tez rivojlanadigan cpidemik jarayon yo`z bermaydi. Epidemiyaga qarshi himoyaviy tadbirlarni o'tqazish zarurati bo'lmaydi. Shuning uchun ham, barcha epidemiyaga qarshi tadbir-choralar odamlar yashab, ishlaydigan hududlarda amalga oshiriladi. Qolgan joylarda belgilar qoldiriladi vabu joylar o'z-o'zidan tabiiy usulda zararsizlanadi. Tajribalar ko'rsatadiki, katta ma'muriy markazlar chegarasiga uning bilan bevosita bog'langan, bakteriyalar bilan ifloslangan shaharga yaqin bo'lgan aholi turar joylari ham qo'shilishi lozim. Ushbu amallarga rioya qilmaslik, xaql xo'jaligi inshootlari faoliyatini izdan chiqishiga yoki kasallikni o'choqdan tashqaridagi manzilgohlarga tarqalishiga olib kelishi mumkin.

Zararlangan tashuvchilar bilan ifloslangan o'choqlar chegarasi aniq bo'lmay, kasallik sekinlik bilan tarqaladi. Bakterial shikastlangan o'choqlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati o'z ishini, kelib chiqqan sharoitni hisobga olgan holda amalga oshirishi zarur. Bunday o'choqlarni baholash quyidagi omillarni hisobga olishni taqozo qiladi: 1) qo'llanilgan qo'zg'otuvchi xili va usuli; 2) mavjudligini o'z vaqtida aniqlash; 3) ifloslangan joy va kasallikni taxminiy tarqalgan joy maydonlari; 4) ob-havo sharoitlari; 5) aholining soni va zichligi; 6) yil fasli; 7) qurilgan aholi joylarining tavsifi va zichligi; 8) aholining shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanganligi va ulardan kerakli vaqtda foydalanish; 9) emlangan odamlar soni; 10) kasallikning oldini olish va davolashning maxsus va nomaxsus vositalar bilan ta'minlanishi.

Sanab o'tilgan omillarni hisobga olish bakteriologik o'choqlarni alohidalash va unga barham berish chora-tadbirlarini tashkil qilishni aniqlash imqonini yaratadi. Bakteriologik qurollar qo'llanilgan taqdirda sanitar yo'qotishlarni hisoblash va ular tarkibini belgilash qiyinchilik tug'diradi. Bunday holat qator sharoitlar bilan belgilanadi: 1) bakteriologik qurol tariqasida, har bir o'z jihatlariga ega bo'lgan ko'pchilik qo'zg'otuvchilar qo'llanishi mumkin; 2) yuqumli kasalliklar ikki xil biologik turlar - qo'zg'otuvchilar bilan odamlarning o'zaro aloqasi natijasidir. Yuqumli kasalliklarga odamlarning chidamliligi va qo'zg'otuvchining kuchi (вирулентност) katta o'zgarishlarga moyil. Bu holat sanitar yo'qotishlar miqdoriga ta'sir etadi: 3) bemorlarda sog'lom odamlarga nisbatan kasallikning yuqishi oqibatida kelib chiqqan sanitar yo'qotishlarni oldindan aniqlash aytarli darajada qiyin.

Xorijiy mamlakat mutaxassislarining fikriga ko'ra, bakteriologik qurolning bevosita ta'siri tufayli kelib chiqqan birlamchi kasalliklar o'choqda yashayotgan odamlar sonining 25-50 %ini tashkil qilishi mumkin.

O'z vaqtida o'tqazilgan yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari va shaxsiy himoya vositalarini qo'llash. hatto o'ta yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilari qo'llanilgan taqdirda ham kasallikning keskin ravishda kamayishiga olib keladi.

Dushman tomonidan qo'llanilgan bakteriologik qurol oqibatlariga barham berish uchun fuqarolar muhofazasining barcha xizmatlarini jalb qilishni talab qiladi. Ammo, bakteriologik qurol bilan ifloslangan o'choqlarda tadbirlarning epidemiyaga qarshi yo'naltirilganligi, ularni bajarish jarayonida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining uslubiy va tashkiliy ahamiyati mavjudligini ko'rsatadi.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin