O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


MAJMUAVIY ZAHARLANGAN O'CHOQNING QISQACHA TAVSIFI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə43/179
tarix28.12.2021
ölçüsü5,01 Mb.
#9371
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179
MAJMUAVIY ZAHARLANGAN O'CHOQNING QISQACHA TAVSIFI

Dushman ixtiyorida yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) va boshqa hujum qilish vositalarining bo'Iishi, unga bir vaqtning o'zida yoki ma'lum ketma-ketlikda bir necha ommaviy qirg'in qurollaridan foydalanishga imqon yaratadi. Ommaviy qirg'in qurollarini quyidagi omixta holida qo'llash ehtimoli mavjud: yadroviy va kimyoviy qurollar, yadroviy va bakteriologik (biologik) qurollar, yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollar. Undan tashqari ommaviy qirg'in qurollarini turli odamdagi qurollar bilan birgalikda qo'llash ehtimoli ham yo'q emas.

Majmuaviy zararlangan o'choq (MZO') - bu shunday hududki, undan dushman tomonidan bir vaqtda yoki ma'lum ketma-ketlikda qo'llanilgan ommaviy qirg'in qurollari yoki boshqa hujum qilish vositalari ta'sirida, qutqaruv shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish va falokat-ta'mirlash ishlarini olib borishga olib keladigan sharoit vujudga keladi.

Majmuaviy zararlangan o'choq biron-bir ommaviy qirg'in qurollari ta'sirida yo`zaga kelgan umumiy va tibbiy sharoitga nisbatan murakkab sharoitligi bilan ko'zga tashlanadi. Masalan, zamonaviy zaharlovchi moddalarning yuqori darajadagi zaharli xususiyati, ularning odamlarga qisqa vaqt ichida ta'sir o'tqazishi, qisqa muddat ichida barcha, jumladan tibbiy tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Boshqa tomondan nazar tashlanadigan bo'lsa, dushman tomonidan ishlatilgan bakteriologik (biologik) qurolni o'z vaqtida aniqlash, ularning ta'sir etish chog'ida mavjud bo'lgan pinhoniy davrning borligi, ayrim tadbirlar (bemorlarni aniqlash, ularni shifoxonaga joylashtirish) amallarini kechroq bajarishga imqon yaratadi.

Ommaviy qirg'in qurollarining jihatlaridan kelib chiqqan holda, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati faoliyatini amalga oshirishni tekzkor yordam talab qiladigan u yoki bu qurollardan zararlanishga yo'naltirish maqsadga mavofiq bo'ladi. Aytarli darajadagi murakkab sharoit, dushman tomonidan yadroviy va kimyoviy qurollarni qo'llanilgan taqdirda ko'zga tashlanadi. Bunga sabab shuki, ayni o'choqda yadroviy va kimyoviy qurollar bilan zararlangan ko'pchilikka tezlik bilan tibbiy yordam ko'rsatish kerak bo'ladi. Undan tashqari yong'inlarning kelib chiqishi, vayronagarchiliklar, hududning radiatsiyaviy va kimyoviy zararlanishi, shikastlanganlarni qidirib topish, ularga tezkorlik bilan tibbiy yordam berishni, qutqaruv amallarini bajarayotgan vaqtda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni keskin ravishda qiyinlashtirib yuboradi.

Inson tanasiga turli qurollarning hamda biron-bir qurolning turfa shikastlash xususiyatiga ega bo'lgan omillarning ta'sir etishi tufayli murakkab xususiyatli shikastlanishlar kelib chiqadi. Bir qurol ta'sirida vujudga kelgan shikastlanish boshqa qurol orqali kelib chiqqan shikastlanishning kechishini og'irlashtirib yuboradi. Murakkab shikastlarning bunday jihatlari «o'zaro og'irlashtirish alomatlar majmuasi» deb ataladi. Masalan, nurlanish dardi tananing himoyalanish xususiyatlarini pasaytiradi. Bunday hollarda bakteriologik qurol ta'sirida kelib chiqqan shikastlanishlar tashxis va davolanish jarayonini murakkablashtiradi. Ayni paytda, yuqumli kasalliklar nafaqat nurlanish betobligini og'irlashtiradi, balki yaralar va kuygan joylarning bitib ketishini orqaga suradi. Undan tashqari, turli jarohatlanishlar va kuyishlar, zararlangan kimsaning tanasiga bakteriologik (biologik) va zaharlovchi kimyoviy moddalar tushishiga qo'shimcha yo'llarni ochib beradi.

Yuqori darajadagi zaharlovchi kimyoviy moddalar zarin, VX, iprit bilan zararlanish bemorlar ahvolini keskin holda yomonlashtiradi.

Shunday qilib, murakkab zararlangan o'choqning vujudga kelishi keskin ravishda yo'qotishlarning (jumladan, sanitar) ortishi, shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatishni, ularni zararlangan hududdan ko'chirish jarayonini, shikastlanishlarning kechishini hamda shikastlanganlarning davolash jarayonini og'irlashishiga olib keladi.



XULOSA

Favqulodda vaziyat sabablari turlarini o`rganish. Ishlab chiqarish ob`ektlarida sodir bo`lishi mumkin avariya va katastrofalar turlari tartibi xususiyatlarini o`rganish. Ommaviy qirg`in qurollarining ta`sirini o`rganish. Ularni oqibatida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan sanitary yoqotishlar o`chog`ini taktik baholash tartibini o`rganish. Vrachlik kasbida muhim omildir. Tabiiy ofatlarda favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasining kuchi va vositalarini shoshilinch bajarishi zarur bo`lgan vazifalar mutaxasisslar harakat doirasini boshqarish, qutqarish, tibbiy yordam ko`rsatish tizimining asosini tashkil qiladi.

Favqulodda vaziyat avariya va katastrofalarni oldini olish ishlarida tashkilotlarda bajarilishi zarur bo`lgan vazifalarni aniqlash ularni tinch-totuv davrida fuqarolar muhofazasi favqulodda vaziyat markazi tomonidanko`rsatilgan qo`llanmalar rejasi asosida bajarish hozirgi zamon talabi ekanini har-bir mutaxasiss, har bir rahbar xodim aniq bilishiga erishish uni amalda qo`llay olishiga amin bo`lish mamlakatni yakdil tayyorligini ta`minlashga imqon beradi.

Favqulodda vaziyat o`choqlarini tibbiy taktik baholash har bir bo`lajak vrach uchun kasbiy zarurat bo`lmog`I kerak. Shuning uchun ham favqulodda hodisalardan himoyalanishda tibbiy himoyalanish etakchi bo`lmog`I zarur.

Bu boradagi bilimlarni kelgusi darslarda to`ldirish dastur rejasi asosida o`rganiladi.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin