O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 326,5 Kb.
səhifə2/11
tarix15.06.2023
ölçüsü326,5 Kb.
#130667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Астматик холат

BOLALARDA ASTMATIK HOLAT
KLINIK PROTOKOLINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Protokolning maqsadi-reanimatsiyaning bosqichma-bosqich harakatlari va astmatik holat, gipoksik giperkapnik koma va letallikning namoyon bo‘lishini kamaytirish bo‘yicha intensiv chora-tadbirlarni ta’minlashdan iborat. Albatta, nafaqat protokol to‘g‘ri amalga oshirish bemorlarning yashovchanligini ta’minlaydi. Bu ko‘plab omillarga bog‘liq – tibbiy markazga kech kelish, uzoq muddatli gipoksiya va gipotenziya, dekompensatsiyalangan nafas yetishmovchiligi, komorbid va reanimatsiya uskunasi.




XKT kodi 10 – J46 Astmatik xolat


Qisqartmalar ro‘yxati



AB

– Arterial bosim ;




AX

- Astmatik xolat




ABT

- antibakterial terapiya




BA
SpO2

– bronxial astma
- qondagi kislorod saturatsiyasi darajasi




YuUR

– yurak o‘pka reanimatsiyasi;




KT

– Kompyuter tomografiyasi;




MRT

– Magnit-rezonans tomografiya;




KIH

Kislota-ishqor holati;

EKG

– Elektrokardiografiya;

RaSO2

– Arterial qondagi karbonad angidiridning parsial bosimi

RaO2

– Arterial qondagi kislorodning parsial bosimi

YuQS

– Yurak qisqarishlari soni;





BEMORLAR TOIFASI: kritik holatdagi 0 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar


PROTOKOLNING MAQSADLI GURUHI:
Qabul bo‘limi vrach-pediatrlari, tez yordam shifokorlari, bolalar anesteziolog-reanimatologlari, anesteziologlar-reanimatologlar.
Ta’rif.
Astmatik holat – simpatomimetik dorilarga chidamlilik rivojlanishi, bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi va gipoksemiya va giperkapniya yuzaga kelishi bilan 6 soat va undan ortiq davom etadigan bronxial astmaning doimiy xuruji.
Tasnif: [1].
Astmatik holat shakliga ko‘ra:
 Anafilaktik shakl (AS ning darhol rivojlanayotgan shakli) allergik reaksiyalarning ko‘plab mediatorlari chiqarilishi bilan immunologik yoki psevdo-allergik reaksiyalarning tarqalishi bilan tavsiflanadi. Bu shaklda gipoksiya asta-sekin ko‘payishi mumkin va shuning uchun barcha klinik ko‘rinishlar jadal va tez rivojlanib, bir-birini tez almashtirib turadi. Komatoz holatining boshlanishi bo‘g‘ilishning o‘tkir va shiddatli xuruji bilan kechadi.

* Metabolik shakl (AS ning sekin rivojlanuvchi shakli)-yetakchi o‘rinni β - adrenergik retseptorlarning funksional blokadasi egallaydi. Astmatik holatning bu shakli asta-sekin, ba’zan bir necha kun yoki hatto haftalar davomida hosil bo‘ladi. Bemorlar faoliyati (xona, dush atrofida harakati) ma’lum bir miqdorda saqlab qolish mumkin, lekin u qiyin va har doim nafas o‘tkir qisilishi va umumiy ahvoli yomonlashuvi bilan birga bo‘ladi.





Yüklə 326,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin