Yurak-o’pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni o’tkazish qoidasi. Reja



Yüklə 30,41 Kb.
səhifə1/6
tarix01.12.2022
ölçüsü30,41 Kb.
#71791
  1   2   3   4   5   6
tabiiy va is gazlari bilan bogliq so


YURAK-O’PKA REANIMATSIYASI (QAYTA JONLANTIRISH)NI O’TKAZISH QOIDASI.


REJA:
1.Yurak faoliyati va nafas olish to`satdan to`xtab qolganida birinchi tibbiy yordam berish.
2.Kallistov usuli bilan sun'iy nafas oldirish.
3.Yurak faoliyati birdan to`xfab qolishining belgilari.
4.Reanimatsiya
Birinchi tibbiy yordamning vazifasi eng oddiy choralami ko`rish bilan shikastiangan odam hayotini qutqarib qolish, uning azob-uqubatlarini kamaytirish, ro`y berish ehtimoli bolgan asoratlaming oldini olish, jarohatning o`lishini yengillashtirishdan iborat. Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi ro`y bergan joyda shikastlangan odamning o`zi (o`z-o’ziga yordam berish), o’rtog'i (o`zaro yordam) va sanitar drujinachilar tomonidan berilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamga kiradigan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
- qon oqishini vaqtincha to`xtatish, badanning jarohatlangan va kuygan joyiga steril bog`lam qo`yib bog`lash, suniy nafas oldirish vayurakni bilvosita massaj qilish, antidotlar bilan ukol qilish, antibiotiklar berish, jonlantiradigan dorilar yuborish (shok - holsiz holatida), yonib turgan kiyimni o’chirish, transportda olib borish uchun shikastlangan joyni qimirlamaydigan qilib bog’lab qo`yish (transport immobilizatsiyasi), bemorning badanini isitish (sovuq urib qotib qolganda), shikastlangan kishini zaharlangan joydan olib chiqish, qisman sanitar ko`rigidan o’tkazish;

  • birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tezroq ko`rsatish kasallik va jarohatning qanday o`tishi hamda oqibati nima bilan tugashi uchun, ba'zida esa hayotni qutqarib qolish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, qon ko`p ketib turganda, odam elektr tokidan shikastlanganda, suvga cho`kkan paytida, yurak faoliyati to`xtab, nafasi chiqmay qolgan paytda birinchi tibbiy yordam darhol ko’rsatilishi kerak:

  • bolalarga va shu damning o`zida yordam olmasa o`lib qolishi mumkin bo`lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi;

  • son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turgan mahalda birinchi navbatda hayot uchun xatarli bo`lgan qon ketishini to`xtatish. keyin jarohatga steril bogiam qo`yish va shundan keyingina oyoqni qimirlamaydigan qilib bogiashga kirishish lozim. Bunda singan joyni qimirlamaydigan qilib qoo’yish uchun maxsus shina solib bogiash yoki qo`lida bor bo`lgan boshqa vositalardan foydalanish kerak.

Birinchi tibbiy yordamning hamma usul-amallarini ehtiyotkorlik bilan avaylab bajarish lozim. Qo`pol harakatlar qilinadigan bo`lsa. shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning ahvoli yomonlashib qolishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam ikki yoki bir necha kishi tomonidan ko`rsatilishi mumkin.
Vaziyatli masalalar:
1. Ko’chadan topilgan kishida hеch qanday tiriklik alomatlari kuzatilmadi, ya'ni hushsiz holatda, ko’krak qafasining harakati ko’rinmadi, uyqu artеriyasida puls yo’q, yurak urishi eshitilmadi. Odamning tirik yoki tirikmasligini qanday aniqlash mumkinq Unga BTYo ko’rsating
2. Jabrlanuvchi qulagan dеvor tagidan topildi. Unda tiriklik alomatlari yo’q edi. Bu holatda ko’rsatiladigan BTYo tadbirlarini ayting.
3. Erkak kishi stomatolog qabulida birdan oqarib kеtdi va sеkin polga yiqildi. Bеmorga nima qildi va davolash muassasasi sharoitida unga qanaqa yordam bеrish mumkinq .
4. Jabrlanuvchi qulagan dеvor tagidan topildi. Kuzatuv natijasida yuzi va shilliq qavatlari ko’kargan, hushsiz, nafas olmadi, artеriyalarda pulsni aniqlab bo’lmadi, yurak qisqarishlari yo’q. Jabrlanuvchining holatini aniqlang va unga qanday BTYO tadbirlari ko’rsatilishi lozim.

Yüklə 30,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin