O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Retrospektiv epidemiologik tahlil



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Retrospektiv epidemiologik tahlil 
1. Kasallikning ko’p yillik dinamikasi va har yillik dinamikasini tahlil qilish. 
2. Shigellyoz kasalligining har xil hududlarda, har xil yoshdagi va har xil 
ijtimoiy guruhlar o’rtasida tarqalganligini tahlil qilish. 
3. 
Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalarini umumlashtirib shigellalarga 
qarshi kurash chora-tadbirlari darajasi asoslab beriladi. Epidemiologik nazoratning 
boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish retrospektiv epidemiologik tahlil 
natijalariga asoslanadi va Shu asosda shigellyozlarga qarshi kurashish uchun 
kvartal, yillik va besh yillik rejalar tuziladi. Shu rejalarni bajarilishi nazorat 
qilinadi. 
 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar 
Kasallik manbaiga qarshi o’tkaziladigan chora-tadbirlar: 
1) Ichburug’ kasalligi bilan og’rigan bemorlarni erta aniqlash. 
2) Erta diagnostika. Erta diagnostika uchun qo’llanadigan usullar: 
- bemorlarni so’rab - surishtirish, ko’zdan kechirish, laboratoriya 
tekshiruvlariga material yig’ish; 
- oilada bemor kishilar bilan muloqotda bo’lganligi aniqlanadi, bundan 
tashqari bog’chada, ishxonada va boshqa joylarda muloqotda bo’lganlar 
ovqatlanganligi hamda qaysi suv manbaidan suv ichgani haqida ma’lumot olinadi; 
- ichburug’ga Shubha tug’ilgan bo’lsa, u holda yuqumli kasalliklar kabinetida 
vrach bilan konsultaciya o’tkaziladi. 
3) Kasallik haqidagi shoshilinch xabarnoma F.058/X DSENMga yuboriladi. 


4) Infeksiya manbaini aniqlash maqsadida o’choqda epidemiologik 
tekshiruvlar o’tkaziladi, ya’ni kasallikning tarqalish yo’llari, uning chegarasi va 
unga qarshi chora-tadbirlar ko’riladi. 
5) Bemorlar shifoxonada davolanganlaridan keyin agar najas, tana harorati 
normallashsa, albatta bakteriologik tekshiruvning 1 marta javobi (-) manfiy bo’lsa, 
u holda bemorga shifoxonadan javob beriladi. Bakteriologik tekshiruv davo 
tadbirlari yakunlangach 

kundan keyin o’tkaziladi. Ovqatlanish korxonalarida 
ishlovchi xodimlarda bakteriologik tekshiruvlari 2 marta o’tkazilib manfiy javobi 
bo’lgandan keyin shifoxonadan javob beriladi. 
6) Maktabgacha bo’lgan, bog’cha va bog’cha yoshigacha bo’lgan bolalarga 
shifoxonadan javob berish uchun davolashdan keyin tana harorati va najas 
normallashsa, bakteriologik tekshiruvlari (-) manfiy bo’lsa uyga javob beriladi. 
7) Kasallikni surunkali shakliga kelganda, u holda ularni shifoxonadan javob 
berish quyidagilarga asoslangan holda, ya’ni intoksikatsiya yo’qolishi, 10 kun 
davomida najasning normallashishi, bakteriologik tekshiruvlarni 1-chi martasidagi 
manfiy javobga qarab uyga javob beriladi. 
8) Bemor shifoxonada davolangandan so’ng davolovchi vrach kasallik 
tarixidan, ko’chirmani poliklinikaga o’tkazishi lozim. Unda kasallikning kechishi, 
o’tkazilgan davo haqidagi ma’lumot, bakteriologik tekshirishlarning javoblari 
hamda bemor haqidagi klinik xarakteristikasi bayon etiladi. 
9) Ovqatlanish korxonalaridagi ishlovchi xodimlar shifoxona vrachi 
tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida qo’shimcha bakteriologik 
tekshiruvlarsiz ishga ruxsat etiladi. 
10) Agar bemorga javob berishdan oldin bakteriologik tekshiruvlari musbat 
javob bersa, u holda bunday bemorlarning davolanishi davom ettiriladi. Kontrol 
bakteriologik tekshiruvlari yana musbat natija bersa, u holda bunday bemorlar 
dispanser nazorati ostiga olinadi hamda ular o’z kasbini o’zgartirishlari lozim 
bo’ladi. Bundan tashqari, agar bemorlarda kasallik qo’zg’atuvchisi 3 oy davomida 
aniqlansa, u holda infeksionist, terapevt, emidemiolog vrachlarining xulosalariga 
asoslanib bemorlar o’z kasblarini o’zgartirishlari lozim. 
11) Bolalar uyidagilar va maktab internatdagi bolalar sog’ayganlaridan so’ng 
bolalar jamoasiga ruxsat etiladi. Lekin 2 oy mo-baynida ovqatlanish joylarida 
navbatchilik qilishlariga yo’l qo’yilmaydi 
12) Agar bolalar ichburug’ kasalligining surunkali shaklini o’tkazgan bo’lsa, 
u holda najas 5 kundan so’ng normaga qaytganligiga, tana haroratini 
normallashganligiga, klinik sog’ayishiga asoslangan holda bolalar jamoasiga 
qo’shilishiga ruxsat etiladi. 
13) Ichburug’ kasalligining surunkali shakli bilan og’rigan bemorlar 3 oy 
davomida infeksionist vrach nazorati ostiga olinadi, har oyda bakteriologik 
tekshiruvdan o’tishlari kerak. 
14) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar 3 oy davomida infeksionist 
nazorati ostida bo’lib, har oyda 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari lozim. 
15) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar agar kasallikning surunkali 
shakli bilan og’rigan bo’lsa, u holda 6 oy dispanser nazorati ostida bo’lib, har oyda 


bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tadilar. Klinik to’la-to’kis tuzalganlaridan 
keyin yana o’z joylariga ruxsat beriladi. 
16) DSENMga yuboriladigan hamma xabarlar 060 jurnaliga qayd qilinadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin